Toshkent tibbiyot akademiyasi farg‘ona filiali “ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Jamoatchilik nazoratining monitoring shakli



Download 1,58 Mb.
bet38/122
Sana21.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#571066
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
Bog'liq
МАЖМУА 6-30 ХАЛҚ ТАБ Стратегия

Jamoatchilik nazoratining monitoring shakli
Jamoatchilik nazoratining monitoring shakli dastlab atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni o‘rganishda qo‘llangan. Masalan, O‘zbekistonda nazoratning monitoring shakli Orolbo‘yi mintaqasida bir qator holat va ko‘rsatkichlarnikuzatish maqsadida o‘tkazilgan. Jamoatchilik nazoratiga ekologiya sohasidan kirib kelgan mazkur usul, keyinchalik, jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham qo‘llana boshladi.
Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida mavjud muammolarni hal qilish yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Lekin, vujudga kelayotgan yangi muammolar taraqqiyotning yangi, yuqoriroq bosqichida, shu bosqichning talablariga mos ravishda hal qilinadi. Ana shunday muammolarni samarali hal qilish uchun jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tadrijini muntazam tahlil qilish zarurati vujudga keladi. Ana shunday tahlil talablariga jamoatchilik monitoringi to‘la javob beradi. Ijtimoiy munosabatlar tadrijini tashxis qilish va bashorat qilish vazifasini bajaruvchi jamoatchilik monitoringi, ayni paytda, mazkur jarayonlarni boshqarish bo‘yicha tezkor axborot olish imkonini ham beradi.
Jamoatchilik monitoringining boshqa tadqiqot usullaridan afzalligi shundaki, uning yordamida ijtimoiy ko‘rsatkichlarning keng doirasi bo‘yicha olinadigan ma’lumotlarni muntazam to‘ldirib va uyg‘unlashtirib borish imkoni paydo bo‘ladi. Axborotlarni ana shunday to‘ldirish va uyg‘unlashtirish asosida muntazam yangilanib turuvchi axborot banki yaratiladi. Ayni mana shu afzalligi jamoatchilik monitoringining keng tarqalishi uchun asos yaratmoqda.
Jamoatchilik monitoringi jamoatchilik faolligining yangi shakli bo‘lib, muayyan tizimlar to‘g‘risida muntazam va ilgarilab boruvchi axborot olish imkonini beradi. Olingan axborotlarda tizimning holati monitoring ko‘rsatkichlari yordamida ifodalanadi. Monitoring ko‘rsatkichlari komplekslik va integrativlik mezonlari asosida shakllanadi. Komplekslik tushunchasi tizimning turli tarkibiy qismlari to‘g‘risida axborot olishni anglatsa, integrativlik mezoni olinayotgan axborotning o‘sha tarkibiy qismlari o‘zaro ta’sirini ifodalashni ta’minlaydi. Mazkur axborotlar tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarni o‘zaro aloqadorlikda ifodalaydi.
“Monitoring” tushunchasi muayyan ob’ektlarning holati to‘g‘risida maxsus tashkil etilgan tizimli kuzatishni anglatadi. Masalan, atrof-muhitni monitoring qilish tabiatdagi ob’ektlarning holati va ulardagi o‘zgarishlarni kuzatishni anglatadi.
Jamoatchilik monitoringi nodavlat notijorat tashkilotlar va umuman, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat hokimiyati organlari faoliyatining amaldagi qonunchilikka mos yoki mos emasligini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladi. Jamoatchilik monitoringi davlat hokimiyati organlari faoliyatiga baho berish bilan birga, zarur bo‘lgan hollarda ularni korreksiya qilish imkonini ham yaratadi.

  • Jamoatchilik monitoringi quyidagi tamoyillarga asoslanib o‘tkaziladi:

  • tizimlilik va xolislik;

  • qonuniylik va ochiqlik;

  • olinayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi.

Ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni jamoatchilik monitoringidan o‘tkazishning maqsadi mazkur dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Bunday tavsiyalar monitoring natijalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish asosida qabul qilinadi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni jamoatchilik monitoringidan o‘tkazish texnologiyasi o‘zaro bog‘liq va muayyan ketma-ketlikda tashkil etilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, ularni amalga oshirish manfaatdor shaxs va tashkilotlarga, birinchi navbatda, nodavlat notijorat tashkilotlarga ijtimoiy ahamiyatga molik mazkur dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Bunday ishtirok aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.
Jamoatchilik monitoringi bir necha usullardan foydalanib o‘tkaziladi. Bunday usullar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: statistik tahlil; byudjet tahlili; huquqiy tahlil; so‘rovnomalar; intervyu.
Monitoring o‘tkazish dasturimuammoli vaziyatni tavsiflashni ham qamrab oladi.Monitoring ana shu vaziyatni statistik ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan ma’lumotlar, shuningdek, boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilishni nazarda tutadi. Ana shunday tahlil asosida ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarning mazmuni, maqsadga yo‘naltirilganligi muammoni hal qilish uchun belgilangan tadbirlarning etarli yoki etarli emasligi, asoslanganligi, amalga oshirish mexanizmlari mavjudligi, jamoatchilik fikri hisobga olingani yoki olinmaganligi, uni tuzishda jamoatchilikning ishtirok etish darajasi baholanadi.
Jamoatchilik monitoringidan o‘tkazishning tashkiliy shakli tashabbuskor tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Loyihada jamoatchilik monitoringini tashkil qilishning asosiy bosqichlari ifodalangan bo‘ladi: tayyorgarlik ko‘rish bosqichi, jamoatchilik monitoringi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilish bosqichi, yakunlovchi bosqich.



Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish