Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash ishi 1-fakulteti 314- b-guruh talabasi xushanazarov sherzodning mustaqil ishi Mavzu: Yuzdagi plastic operatsiyalar xususiyatlari Reja



Download 34,11 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2022
Hajmi34,11 Kb.
#547923
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash ishi 1-fakulteti 314- b-g



TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Davolash ishi 1-FAKULTETI 314- B-GURUH TALABASI XUSHANAZAROV SHERZODNING

Mustaqil ishi
Mavzu: Yuzdagi plastic operatsiyalar xususiyatlari..
Reja:

1.Plastik operatsiya haqida tushincha

2. Yuzni plastic operatsiya qilish

3.Yuzni parvarishlash



4. Plastik operatsiyaning biologic xususiyati.


Plastik jarrohlik — jarrohlikning bir bo’limi bo’lib, u insonning a’zolari, to’qimalari yoki tanasi yuzasining deformatsiyalari va nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan operativ aralashuvlar bilan shug’ullanadi. Ko’pincha quyidagi plastik operatsiyalar o’tkaziladi: burunni, iyakni va quloqlarni
korrektsiya qilish, peshona va bo’yin terisini torttirish, blefaroplastika, qoshlar plastikasi, lablarni korrektsiya qilish, botoks bilan in’yektsiya qilish, qorin va bel sohasida liposaktsiya, ko’krakni kichraytirish va korrektsiya qilish, qo’llarni yoshartirish; «Galife» sohasida liposkatsiya, dumbalarni kattalashtirish, kichik va katta jinsiy lablarning shaklini o’zgartirish. Yunonchadan tarjima qilinganda, «Plastikos» — «shakl yaratish» degan ma’noni anglatadi, lotinchada «plastikus» — «shakllantiruvchi» degani.
Ushbu so’zlar plastik jarrohlarning nima qilishini eng yaxshi tarzda ifodalab beradi. Tibbiyot tarixi mobaynida inson qiyofasini tiklash bo’yicha amaliyotlar
amalga oshirilmagan hech qanday davr bo’lmagan. Misrda papirus ixtiro qilingan davrlarda (mil. avv. 1600 yil) ham jarrohlar operatsiyalarining estetik jihatlariga e’tibor qaratganlar. Papiruslarda ta’riflangan amaliyotlar uslubining asosi qadimgi ma’lumotlarga asoslangan deya, plastik jarrohlik yanada oldingi muddatlarda — mil. avv. 3000 yilda mavjud bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Hindistonda mil. avv. 800 yilda burunni tuzatish uchun plastik jarrohlik amaliyoti
amalga oshirila olingan, buning uchun peshona yoki yonoqlardagi teridan foydalanilgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan Qadimgi Xitoylik shifokor Bian Qu`ning saqlanib qolgan hujjatlarida u ko’z va quloqda o’tkazgan operatsiyalarini
ta’riflab bergan. Miloddan avvalgi 150-208 yillarda Xitoyda yashagan taniqli doktor Xua To, turli plastik operatsiyalarni o’tkazish bo’yicha batafsil ma’lumotlar bo’lgan yozmalar qoldirgan. Xitoy shifokorlarining qaydnomalarida «quyon lab»ni tuzatish uchun operativ aralashuvlar, shuningdek, qomat va ko’rinishni tuzatishga qaratilgan muolajalar haqida ma’lumotlar bo’lgan. XVII asrga qadar Hindiston jarrohligining yutuqlari yevropaliklarga qaraganda ustunroq edi. Yevropada bunday operatsiyalarning faqat alohida holatlari aniqlangan. Milodiy 7 asrda Iskandariyada Paulos Ayjinskiy juda katta bo’lgan erkak ko’kragini kichraytirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirgan. Bunday kasallik ginekomastiya deb nom olgan. Erkaklar ko’krak hajmini kichaytirish bo’yicha operatsiyalar zamonaviy jarrohlikda ham o’tkaziladi. Ortiqcha vazndan xalos etish uchun zamonaviy plastik jarrohlar liposaktsiya usulidan foydalanadilar. Biroq, milodiy I asrdayoq semizlik bilan kurashishning
mazkur usuli jarrohlarning saqlanib qolgan yozuvlarida ta’rilangan. Uyg’onish davrida plastik jarrohlik mustaqil tibbiyot sohasi bo’lib, unga «go’zallik jarrohligi» deb nom berilgandi. Bizgacha Italiyalik Gaspar Talyacotszi`ning 1597-yilgi shikastlangan burunni yelkadan olinadigan to’qimalar bo’laklari yordamida qayta tiklash bo’yicha traktati yetib kelgan. Talyakotszi burunni qayta tiklash uchun o’z texnikasini ishlab chiqdi va bu borada muvaffaqqiyatli operatsiyalar o’tkazdi, shu
sababli zamonaviy jarrohlar unga plastik jarrohlikning asoschisi maqomini bergan. Biroq, uning zamondoshlari birinchi iste’dodli plastik jarrohning yutuqlarini qadrlashmadi. Uning harakatlarini jinoyatchilik deb hisoblab, uni nopok (diniy nuqtai nazardan) hududga dafn etishgan, o’sha davrlarda bunday
joylarga yovuzlarni va o’z joniga qasd qilganlarni dafn etish qabul qilingan edi. Zamonaviy plastik jarrohlik asoslari XIX asrning boshlarida, jarrohlar inson tashqi ko’rinishini o’zgartirish uchun yanada ilg’or vositalar va usullarni ishlab chiqqach (antiseptik vositalarning paydo bo’lishi va tarqalishi teri, tog’ay va boshqa to’qimalarni transplantatsiya qilish imkonini berdi) qo’yilgan edi. 1920-yillarning o’rtalariga kelib, birinchi jahon urushidan keyin, Yevropada ko’pgina yaralangan insonlar paydo bo’ldi, ular o’z kamchiliklariga ko’nishni istamadi va jarrohlarga nafaqat tananing u yoki bu zarar ko’rgan qismi vazifasini tiklash bilan emas, balki tashqi qiyofasini ham yaxshilashni so’rab murojaat qildi. Plastik jarrohlar to’qima transplantatsiyasi, mikrotomirlar, yuz-jag’ jarrohligi va lipektomiya bo’yicha yuzlab innovatsion usullarni ishlab chiqishda kashshof bo’lib xizmat qildi. Plastik va rekonstruktiv jarrohlikning kashfiyotchilari va asoschilaridan biri taniqli arman-amerika xirurgi Varazdat Gazandyan hisoblanadi.
1950-yillarda, ikkinchi jahon urushidan keyin terining transplantatsiyasi texnikasining yanada takomillashishi va yangi anesteziyaning sifati (mahalliy og’riqsizlantirish ostida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati) plastik
jarrohlikni yanada xavfsizroq qildi va shuning uchun u yanada keng tarqaldi. PLASTIK JARROHLIKNING TURLARI
Plastik jarrohlik ikkita asosiy turga bo’linadi — rekonstruktiv va estetik.

Download 34,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish