Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Download 32,87 Kb.
Sana22.04.2017
Hajmi32,87 Kb.
#7288
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



26 Mavzu: Yurak perkussiyasi. Yurakni nisbiy va mutloq bog’liqlik chegarasini aniqlash.

Yurak konfiguratsiyasi

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

26 Mavzu: Yurak perkussiyasi. Yurakni nisbiy va mutloq bog’liqlik chegarasini aniqlash.



Yurak konfiguratsiyasi

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, yurak kasalliklari bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Tа’limiy mаqsаdi

—Tаlаbаlаr pеrkussiya tехnikаsini o’zlаshtirishi.

—Pаtоlоgiyadа Yurakni nisbiy vа mutlоq bog’iqlik chеgаrаlаrini fаrqlаy оlish.

—Yurak kоnfigurаtsiyasini аniqlаsh.

Tаrbiyaviy mаqsаdi:

Dеоntоlоgiya elеmеntlаrini shаkllаntirishni dаvоm etish. Bеmоrlаrgа individuаl yondаshish.

Rivоjlаntiruvchi mаqsаd:

Yurak chеgаrаlаrini аniqlаshni bilish, pаtоlоgik kоnfigurаtsilаrni tоpish vа ulаrni sаbаbini bilish tаlаbаlаrni fikrlаsh qоbilyatini chuqurlаshtirаdi.
4. Motivasiya.

5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Quyidagi fanlar bo'yicha integrallanadi:

Vertikal bo'yicha :

1. Normal anatomiya

2. Normal fiziologiya

3. Gistologiya

Yurak muskuldan tuzilgan a'zo bo'lib , ko'krak qafasida joylashgan .Chap bo'lmacha bilan chap qorincha yurakning chap yoki arterial bo'lagini, ong bo'lmacha bilan o'ng qorincha esa yurakning o'ng yoki vena bo'lagini tashkil etadi. Yurak bo'lmachalari bir-biriga nisbatan o'rtada joylashgan devor-septum irtteratriarum bilan, qorinchalar esa septum interventricularis bilan ajralib turadi. Lekin o'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha va chap bo'lmacha bilan chap qorincha o'zaro ostium atrioventriculare dextrum et sinistrum vositasida tutashgan bo'ladi. Normal anatomiya fani bo'yicha yurak ko'krak qafasida assemetrik joylashishga ega bolib, uning 2/3 qismi orta chiziqdan chapda joylashadi. Yurakka otkazilgan kondalang oq (yurak uchidan uning asosiga qarab) qiyshiq proyeksiyaga ega bo'lib, tepadan pastga qarab, chapdan onga, orqadan oldinga qarab notekis oringa egadir. Yurakning uchta yuzasi tafovut qilinadi: oldingi, pastki va orqa. Oldingi yuzasining katta qismini yurakning ong qorinchasi va kichik qismini chap qorincha soxasi, shuningdek bolmachalar tashkil etadi. Shu asnoda quyidagi konturlar tafovutlanadi:

Ong kontur - aorta va ong bolmachadan tashkil topgan.

Chap kontur - chap bolmacha quloqchasi va chap qorinchadan tashkil topgan.

Yuqorigi kontur- aorta, yuqorigi kovak vena, opka arteriasi va chap qorincha quloqchasidan tashkil topgan.

Yurak chap qorinchasi bo'shlig'i konus shaklida bolib ikki teshigi bor, biri chap bo'lmachani chap qorincha bilan qo'shib turadigan oval shakldagi ikki tavaqali klapan , ikkinchisi chap qorinchani aorta bilan qo'shadigan uchta yarimoysimon klapanlidir. Atrioventrikular klapan (mitral) ikki tavaqalj bo’lib, chap tomonda orqaroqda ikkinchisi kattarog'i o'ng tomonda oldinda joylashgan. Sistola vaqtida 2 tavaqali klapanlar yopilib qonni qaytib o'tishiga to'sqinlik qiladi.

Tipik mushak tolalari ayrim qisqaruvchi mushak hujayralari shaklini silindrga o'xshatish mumkin. Uning uzunligi 50-100 mkm ; diametric 17-20 mkm ga yetadi. Kardiomiositlarning markaziy qismida oval shaklida yadro joylashadYurak mushagi sarkolemma bilan qoplangan. Elektron mikroskopda sarkolemma ichki -plazmolemma va tashqi bazal membranadan iboratligai aniqlangan. Sarkolemma oraliq plastinkalarning shakllanishida ishtirok etadi. Oraliq plastinkalar mushaktolasiga nisbatan ko'ndalangiga yo'nalib ,odatdagi preparatlarda to'q bo'yaluvchi chiziqlar tarzida ko'rinadi. Ular yurak mushagining eng xarakterli tuzilmalaridir.disklar yordamida kardiomiositlar bir-biri bilan bog'lanadi. Yuraktipik mushagi mitoxondriyalarga boy. Ular cho'ziq,oval shaklda bo'lib , miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Yurakda tipik mushak tolalaridan tashqari -atipik kardiomiositlarva ishchi kardiomiositlar mavjud.

To'qima bazofillari sitoplazmasida yirik donachalarni tutgani uchun semiz hujayralar nomini olgan donachalar o'zida biologik aktiv bo'lgan moddalar: geparin, gistamin, serotoninlar tutadi. Ular asosan qon tomir kapillyarlari atrofida joylashadi. Bu hujayralar yirik noto'g'ri dumaloq shaklga ega bo’lib, fiziologik holatlarda miqdori o'zgarib turadi. To'qima bazofillariga tuzilishi va kimyoviy tarkibi jihatidan qondagi bazofil leykositlar juda yaqin turadi. Ammo bazofil leykositlarning qizil suyak ko'migidagi o'zak hujayralardan kelib chiqishi tasdiqlangan bo'lsa, to’qima bazofillarining kelib chiqish manbai hozirgacha aniq ko'rsatilmagan.

Joylashishiga qarab to'qima bazofillarni 3 turini ajratishadi:

1. Qon tomirlari atrofidagi to'qima bazofillari

2. Biriktiruvchi to'qimaning massivqavatlarida joylashgan to'qima bazofillari

3. Miositarya’ni alohida kardiomiositlarning oralig'ida joylashgan to'qima bazofillari

Bu topografik variantlar o'lchamlari va formasi bo'yicha ham farqlanadi.

1 tur to'qima bazofillari -14-24 mkm , oval shaklda

2 tur to'qima bazofillari -12-17 mkm, cho’zinchoq shaklda 3 tur to'qima bazofillari -6-10 mkm, yumaloq shaklda.



6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Perkussiya prinsipi yurakni atrofidan orab turgan, opka toqimasidan (havoli a'zo) yuzaga keladigan baland (chin opka tovushiga) asoslangan bolib, bunda yurak zich mushakli a’zo bolgani uchun bogiq tovush yuzaga chiqaradi. Shunday tovushlar farqi, yurakning nisbiy chegaralarini aniqlashda asosiy o'rin tutadi.

Yurak perkussiyasi asosan yurakning kattaligi, konfiguratsiyasi, yurakning holati va tomir tutami chegaralarini aniqlashda amalga oshiriladi. Aniqlanishicha yurakning oldi tomondan opka bilan tosilganligi sababli perkussiyada bogiqroq tovush beradi, bu soha yurakning "nisbiy chegarasi" bolib aniqlanadi. Keyingi soxa esa yurakning o'pka bilan umuman qoplanmagan ochiq soxasi bolib, perkussiyada absolut bog'iq tovush chiqaradi. Bu soxa oz navbatida yurakning "absolut bog'iqlik chegarasi" deb ataladi.

Yurak nisbiy chegaralarini perkussiyasi a'zoning aniq shaklini, kattaligini va ko'krak qafasidagi proyeksiyasini aniqlashda muhim orin tutadi.

Yurakning anatomik joylashish chegaralarini ozgarishini, yurakning ma’lum soxalarida yuzaga kelgan ozgarishlar asosida baholash mumkin yani (dillyatasiya, gipertrofiya). Shuni yodda saqlash lozimki yurak oz navbatida opka toqimasi bilan oralgan holda joylashadi va uning chegaralarini ozgarishi faqatgina yurak patologiyasida emas balki boshqa, o’pkaning patologik holatlarida kuzatilishi mumkin.

Perkussiyaning umumiy qoidalari.

Umumiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Xona yorug va temperatur normal holatda bolishi kerak.

2. Absolut tinchlik.

3. Vrach qollari iliq va tirnoqlari kalta kesilgan bolishi kerak.

4. Bemor beligacha yechingan bolishi kerak.

Perkussiyada eng asosiy ahamiyat bemorning holatiga qaratiladi. Perkussiya ko’proq vertical holatda otkaziladi. Bemor gorizontal emas balki ko’proq turgan vertical holatda bolishi darkor. Buni ahamiyati shundan iboratki, bemor holati o'zgartirilganda yurak holati ham diaphragmaga bogliq holda o'zgaradi.

5. Vrach bemoming oldi tomondan yondoshadi.

6. Bemor chetga nafas olib chiqaradi, nafas ritmi oddiy, yuzaki.

Buning ahamiyati shundaki, bemor chuqur nafas olishi natijasida opka toqimasining hajmi ortishi va bu oz navbatida yurakning nisbiy chegaralarini ozgarishiga olib keladi.

7. Plessimetr- barmoqning joylashuvi. Barmoq tanaga zich qo’yilib,doim aniqlanayotgan chegaraga parallel qoyilishi kerak.

8. Perkussiya o'tkazish kuchi o'z navbatida aniqlanayotgan chegaraga bog'liq holda beriladi, yani yurakning nisbiy chegaralarini aniqlash mobaynida - orta va sekin perkussiya, absolut chegaralarida esa juda sekin (tishayshaya) perkussiya qilinadi.

9. Perkussiyani aniq tovushdan bog'iqlashganlik tomonga qaratib, aniqlanayotgan a'zoga parallel olib boriladi.

10. Aniqlangan chegarani plessimetr barmoqning tashqi qirg’oq tomondan (aniq tovush tomondan) belgilanadi.

Yurakning nisbiy bog’iqlik cbegaralarini aniqlash qoidalari:

Yurak perkussiyasi quyidagi tartibda ofib boriladi: birinchi ong tarafdan, ikkinchi chap tarafdan va songi tepadan amalga oshiriladi.

Perkussiyani boshlashdan avval diafragmaning joylanishi haqida umumiy tasavvurga ega bolish darkor, chunki diafragmaning holati yurakning nisbiy bo'g'iqlik chegarasining o'zgarishiga ta'sir qiladi. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:

1. Ong opkaning pastki chegarasini aniqlaymiz. Plessimetr barmoqni L. medioklavicularis dextra boyicha birinchi qovurg'alar oralig'iga joylashtiramiz bunda barmoq qovurg'aga parallel qoyiladi.

2. Plessimetr barmoq kokrak qafasiga zich joylashtiriladi.

3. Perkutor zarbaning kuchi o'rtacha.

4. Perkussiya aniq tovushdan bog'iq tovushga qarab (VI qovurg'agacha) qilinadi.

5. Belgi plessimetr barmoqning tashqi tarafidan qoyiladi.

Yurakning ong nisbiy bog'iqlik chegarasini aniqlash.

1. Plessimetr barmoqni IV qovurgalar oraligiga parallel ravishda joylashtiriladi.

2. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"

3. Perkussiya tosh suyagi tomon bog'iq tovush chiqqanga qadar o'tkaziladi.

4. Belgi plessimetr barmoqning tashqi tarafidan qoyiladi.

Normada sog'lom odamning yuragining ong bog'iqlik chegarasi to'sh qirrasidan 1- 1,5 sm tashqarida joylashadi. O'ng nisbiy bog'iqlik chegarasi yurakning o'ng bo'lmachasi sohasida yuzaga keladi.

Yurakning chap nisbiy bog'iqlik chegarasini aniqlash.

1. Palpator ravishda yurak uchki turtkisi aniqlanadi. Normada u nuqta V qovurga oralig'i sohasida 1. mediclavicularis dan 1-1,5 sm ichkarida joylashadi. Perkussiya shu nuqtaga qarab chapdan olib boriladi. Agar yurak uchki turtkisi aniqlanmasa, quyidagilar amalga oshiriladi:

2. Plessimetr barmoqni V qovurg'alar oralig'iga 1. axillaries anterior sohasida to'sh suyagiga parallel joylashtiriladi.

3. Plessimetr barmoq ko'krak qafasiga zich joylashtiriladi.

4. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"

5. Perkussiya aniq tovushdan bog'iqlik tomon olib boriladi, belgi plessimetr barmoqning tashqi (aniq tovush) tomonidan qoyiladi.

Normada sog'lom odamning yuragining chap bog'iqlik chegarasi 1. mediclavicularis sinistradan 1-1,5 sm ichkarida, yurak uchki turtkisi ustiga tog'ri keladi. Yurakning chap bog'iqlik chegarasi yurak chap qorinchasi tufayli yuzaga keladi.

Yurakning yuqorigi bog'iqlik chegarasini aniqlash.

1. Plessimetr barmoqni I qovurg'alar oralig'iga 1. parasternalis sinistradan 1 sm tashqaridan qovurgalarga parallel qoyiladi.

2. Plessimetr barmoq ko'krak qafasiga zich joylashtiriladi.

3. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"

4. Perkussiya aniq tovushdan bog'iq tovushga qadar qovurg'alar ustidan va qovurg'alar oralig'ida olib boriladi.

5. Belgi plessimetr barmoqning tashqi (aniq tovush) tomonidan qoyiladi.

Normada sog'lom odam yuragining yuqorigi bog'iqlik chegarasi III qovurg'a yuqorigi chekkasida joylashadi. Yuraknning yuqorigi nisbiy bogiqlik chegarasi yurakning chap bo'lmacha quloqchasi va o'pka arteriyasi o'zani asosida yuzaga keladi.

Yurak ko'ndalang kesimini aniqlash uchun yurakning chap va o'ng bo'g'iqlik chegarasidan linea media klavikularis mediagacha aniqlanadi. Normada u 3-4 sm va 8-9 sm ni tashkil etadi va yurakni ko'ndalang kesimi 11-13 sm teng bo'ladi.

Qon tomir tutami kengligini aniqlash bir qancha qiyinchilik tug'diradi chunki u to'shni yuqorigi soxasini ortida joylashgan. Perkussiyada shu soxa ham o'ziga xos bo'g'iq tovush chiqaradi. Perkussiya quydagi tartibda olib boriladi yani bunda qon tomir tutami o'ng chegarasidan boshlanadi.

1. Plessimetr barmoq 2 qovurga' oralig' linea media klavikularis dextra soxasiga to'shga parallel joylashtiriladi.

2. Plessimetr barmoq ko'krak qafasiga zich qo'yiladi.

3. Perkutor zarba kuchi past.

4. Perkussiyani aniq tovushdan bo'g'iqlashishga qarab olib boriladi.

5. Belgi plessimetr barmoqni tashqi qirg'og'i bo'icha aniq tovush tomondan qo'yiladi. Chap tarafdan ham huddi shu bosqichlar amallga oshiriladi.

1. Plessimetr barmoq 2 qovurg' oralig' linea media clavicularis sinistrae soxasiga to'shga parallel joylashtiriladi.

2. Plissimetr barmoq ko'krak qafasiga zich qo'yiladi.

3. Perkutor zarba kuchi past.

4. Perkussiyani aniq tovushdan bo'g'iqlashishga qarab olib boriladi.

5. Belgi plessimetr barmoqni tashqi qirg'og'I bo'icha aniq tovush tomondan qo'yiladi.

O'ng va chap qon tomir tutami chegaralari to'sh suyagining 2 tomoni bo'ylab joylashadi. Normada qon tomir tutamining kondalang kesim uzunligi ortacha 5-6 smni tashkil etadi. Qon tomirlar tutami Aorta, yuqorigi kovak vena va opka arteialaridan tashkil topgan.

Patologik holatlarda yurak nisbiy bogiqlik chegarasining ozgarishi quyidagilardan iborat.

Nisbiy bogiqlik chegarasininig ozgarishi diafragmaning holatiga, yurakning ozidagi ozgarishlarga (yurak kattalashib ketishiga), opkadagi ozgarishlarga bogliq boladi. Yurakning nisbiy bogiqlik chegarasining kondalangiga ozgarishi diafragmaning yuqori joylashuvida (taning giperstenik tuzilishida, homiladorlikda, qorinning dam bolishida, astsit) kuzatiladi. Bu holatlarda yurak koproq gorizontal holatni egallaydi. Yurakning oziga bogliq bolgan nisbiy chegaralarining o'zgarishi kop hollarda yurak boshlig'ining kengayishi (dilyatatsiya) hisobiga, va qisman yurak devor miokardi gipertrofiyasida kuzatiladi.

Ajratilgan holda yurakning ong nisbiy chegarasini ozgarishi asosan ong bolmacha va qorincha kengayishi sababliy yuzaga keladi. Bularda ong bolmacha joyidan qozg'alishi (ong atrioventrikulyar klapan teshigi torayishida), uch tavaqali klapan yetishmovchiligida, opka arteriyasi ozaning torayishida va opka yuragining rivojlanish holatlarida yuzaga keladi. Mitral klapan stenozida yurak nisbiy bogiqlik chegarasining nafaqat o'nga balki chap tomonga va yuqoriga siljishi kuzatiladi.

Ajratilgan yurakninh ong nisbiy bogiqlik chegarasining siljishi yurak chap qorinchasining dillyatatsiyasi va gipertrofiyasida yuzaga kelib, katta qon aylanish doirasida stabil va uzoq mudatli yuqori qon bosimining ushlanib turishi bilan namoyon boladi (arterial gipertezsialarda).

Yurakning aortal paroklarida yurakning chap nisbiy bogiqlik chegarasining o'zgarishi bilan birga, yurakning pastga 6-7 qovurg'alar oralig'iga tushishi kuzatiladi ( aortal klaponlar yetishmovchiligida).

Yurakning chap qorincha devori anevrizmalarida a'zoning nisbiy bog'iqlik chegaralarining o'zgarishi bilan birga patologik pulsatsiyaning 4 qovurg'a oralig'ida yuzaga kelishi bilan namoyon boladi.

Mitral klapon yetishmovchiligining boshlang'ich davrida yurakning nisbiy bog'iqlik chegarasi chap va yuqori tomonga siljishi kuzatiladi. Kechki holatlarda esa o'nga ham surilish namoyon boladi.

Yurakning ong qorincha kengayishida ong bolmacha siljishi bilan bir vaqtda chap qorincha siljishi ham kuzatiladi, bu esa oz navbatida nisbiy bogiqlik chegarasini chapga surilishini belgilaydi.

Nisbiy bog'iqlik chegarasining yuqoriga siljishi chap bolmachaning kengayishi bilan kuzatilib, chap atreventrikulyar klapon torayishida kuzatiladi.

Juda chuqur otkazib yuborilgan yurak hastaliklarida (yurak klapon kasalliklarida, kardiosklerozda), dekompensatsiya holati rivojlanganda, yurak nisbiy bo'g'iqlik chegaralarinig har tomonga qarab siljishi kuzatildi. Chagaralarningjudatez kengayishi esa "buqa yurak"( cor bovinum) yuzaga kelganligi haqida dalolat beradi.

Yurak nisbiy bogiqlik chegaralarining surilishi opka kasalliklari (pnevmotoraks va gidrotoroks) da kuzatiladi. Kasal sohadan yurakning sog' tomonga surilishi yuzaga keladi. Opka atelektazida yoki opka bujmayishida, opka rakida va pievrakardial spaykalarda yurakning kasal tomonga surilishi kuzatiladi.

Yurak nisbiy bogiqlik chegaralarining torayishi asosan diafragmaning tushishi (astenik tana tuzilishli odamlarda, enteroptozda, opka emfizemasida) boladi, bunda yurak koproq vertical ("tomchiliy" yoku "osilgan" yurak) holatni egallaydi.

Qon tomir tutami nisbiy bogiqlik chegaralarining kengayishi shu soxada rivojlangan o'sma sababliy bolishi mumkin.

Qon tomir tutami ong nisbiy bogiqlik chegarasini kengayishi 2 qovurgalar oraligi ong tarafdan aorta anevrizmalarida yuzaga keladi. Opka arteriyalarini kengayishi esa chap 2 qovurg'a oraligida perkutor bogiq tovushning chegarasining kengyishiga olib keladi.



6.2.Analitik qism.

Darsning ikkinchi qismida masalani hal qilinishi bo'yicha analitik muhokama o'tkaziladi. Bu muhokamada turli hildagi masalalar va testlar qollaniladi. Talabalarga bir qancha turdagi jismlarni perkussiya qilish beriladi va shu bilan birga valantyor studentning turli tana sohalarida perkussiya mashqini otkaziladi. Masalalarni hal qilingandan song studentlarga turli jismlarning perkussiyasidan turli hildagi perkutor tovushlar yuzaga kelishi korsatiladi va shu tovushlami ajratish boyicha umumiy hulosa chiqariladi.

Testlar.

1) Quyidagi perkussiya yollarini ajrating: a. barcha qayt etilganlar tog'ri b.bilvosita

c.bevosita

d.auskultator prkussiya e.tayoqcha- plessimetrli perkussiya

2) Yurak perkussiyasida normada qanday tovushlar ajratiladi

a. aniq, opka tovushi

b. quticha tovushi

c. bogiq tovush

d. metallic tovush

e. timpanik tovush

3) Perkussiya qilish qoidalari:

a. plessimetr barmoq perkussiya qilinayotgan sohaga zich qoyiladi.

b. perkussiya faqat yotgan holda olib boriladi.

c. tokillatish turli hildagi kuchda 3-4 marta qilinadi

d. tokillatish bir hil kuchda bolib 2-3 marta qilinadi

e. perkussiya otirgan yoku yotgan holatda olib borildi.

4) Topografik perkussiyada quyidagilar aniqlanadi:

a. a'zolar chegaralari

b. opkaning havo bilan toliqligi

c. patologik holatni juft organlardan chiqayotgan tovush farqiga kora aniqlash

d. a'zolar chegaralari va organlardagi patologik ozgarishlarni

e. a'zolardagi patologik tuzilmalar kattaligini

5) Taqqoslama perkussiyada ajratiladi:

a. Patologik o'zgarishlar xarakterini juft organlarda o'tkaziladiga perkussiyada yuzaga keluvchi tovush taqqoslanishi bilan.

b.organ chegaralari

c.opka toqimasining havo bilan tolganligi.

d. a'zolar chegaralari va organlardagi patologik ozgarishlarni

e. a'zolardagi patologik tuzilmalar kattaligini

6) Perkussiya metodi bilan quyidagilar aniqlanadi.

a. yurak kattaligi

b. yurak konfiguratsiyasi с yurak uchki turtkisi

d. qon tomir tutamining kengligi.

e. "mushuk hurillashi" simptomi

7) Yurakning ong nisbiy bog'iqlik chegarasi quyidagilardan tashkil topgan.

a. ong qorincha

b. ong bolmacha c.aorta

d. yuqorigi kovak vena

e. chap bolmacha

8) Yurakning chap nisbiy bog'iqligini quyidagilar tashkil etadi.

a. aorta rovog'i

b. chap bo'lmacha с chap qorincha

d. o'ng qorincha

e. yuqorigi kovak vena

9) Perkussiyada yurakning quyidagi chegaralari aniqlanadi.

a. pastki

b. ong


c. chap

d. yuqorigi

e. oldingi

10) Yurakning nisbiy bog'iqlik chegarasi normadajoylashadi:

a. Ill qovurg'a yuqorigi qirrasi

b. II qovurg'a

с 5 qovurg'a oralig'i 1. mediaclavicularis dan 1 sm ichkarida

d. 5 qovurg'a oraligi l.mediaclavicularis dan 1 sm tashqarida

e. IV qovurg'a oralig'ida toshning ong qirrasidan 1 sm tashqarida

11) Yurak konfiguratsiyasini aniqlashda otmas burchak tashkil topadi:

a. Tomir tutami f

b. chap bolmacha с chap qorincha d. ong bolmacha e.ong qorincha

12) Yurak kondalang olchamining kattalashuvi quyidagilarda kuzatiladi:

a. bemoming vertical holatida

b. diafragmaning yuqori holatida с bemoming gorizontal holatida

d. diafragmaning past joylashuvida

e. chap qorincha gipertrofiyasida

13) Yurak nisbiy bog'iqligining kasal soxaga siljishi kuzatiladi:

a. Atelektazda

b. plevraperikardial spaykalarda с plevral boshliq patologiyasida

d. opka burishganida

e. pnevmatotaks

14) Yurakning nisbiy bog'iqlik chegarasi yuqoriga siljishi quyidagi holatlarda kuzatiladi:

a. ong bolmacha kattalashuvi

b. chap qorincha kattalashuvi

4.

c. chap bolmacha kattalashuvi



d. opka stvoli konussining kattalashuvi

e. aorta kengayishi

15) Yurakning nisbiy bog'iqlik chegarasi o'ngga siljishi quyidagi holatlarda kuzatiladi: a.aorta kengayishida

b. chap qorincha kattalashuvi с chap bolmscha kattalashuvi

d. ong qorincha kattalashuvi

e. ong bolmacha kattalashuvi ,

36) Bemoming gorizontal tekshiravida yurak nisbiy bogiqlik chegarasi qanday o'zgaradi

a.kattalashadi

b. kichiklashadi

с o'zgarmaydi °

d. hammasi tog'ri

e. tog'ri javob yoq

17) Yurakning nisbiy bog'iqlik chegarasini aniqlanish tartibini sanab korsating

a. ong, chap, yuqorigi

b. yuqorigi, chap, ong с chap,ong, yuqorigi d.yuqorigi, ong, chap e. ong, yuqorigi, chap

18) Normada yurakning o'ng nisbiy bog'iqlik chegarasi qayerda o'tadi?

a. IV qovurg'a oralig'i to'sh suyagining ong qirrasidan 1-1,5 sm tashqarida

b. V qovurg'a oralig'i to'sh suyagining ong qirrasidan 1-1,5 sm tashqarida c.IV qovurg'a oralig'i to'sh suyagining ong qirrasidan 2-2,5 sm tashqarida d.. V qovurg'a oralig'i to'sh suyagining ong qirrasidan 2-2,5 sm tashqarida e. IV qovurg'a oralig'i to'sh suyagining ong qirrasidan

19) Normada yurakning o'ng nisbiy bog'iqlik chegarasi nechiga teng?

a. ll-13sm

b. 9-10 sm с 8-9 sm

d. 7-8 sm

e. 14-16 sm

20) Tomir tutami nisbiy bog'iqlik chegarasinni aniqlash qaysi sohada olib boriladi?

a. II qovurg'a oralig'i chap va ongda

b. Ill qovurg'a oralig'i chap va ongda с II qovurg'a oralig'i chapda

d. Ill qovurg'a oralig'i chapda

e. Ill qovurg'a oralig'i ongda



6.3 Amaliy qism.

Mashg’ulotning bu qismi uning yo’naltirilganlig i zaruratini asoslash,tibbiy anjomlar bilan ishlash,tibbiy xujjatlar yuritish,bemor bilan m u loqat, maslaxat, a m al i y ko’nikmalar va malakalarni egallash nuqtai nazaridan izoxlanadi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

Amaliy mashq o'tkazishdan oldin, talabaning umumiy anatomiya, fizilogiya, fizika fanlari boyicha asos bilmlari baholash darkor. Buning eng oddiy yoli bolib didaktik forma yani (berilgan savolga javob olish) yoli bilan, yoki interaktiv pedogigik texnalogiya boyicha ("bo'sh zveno", "mushuk qopda” va boshqalar) kabi oyin sor'ovlar o'tkazilib aniqlanadi.

Shunga e'tibor qaratish darkorki, bunda savollar bir xil spesifika boyicha yani hammaga birinchi navbatda fizikadan, anatomiyadan va so'ngi navbatda fizilogiyadan beriladi.

Masalan:


Yurak qanday qismlardan tashkil topgan?

- Timpanik tovush nima?

- Bo'sh metal idishdan, uning tolgan holatidan va taxtali stoldan qanday tovushlar chiqadi? Va boshqalar. Agar talabaning bilm darajasi yetarli bolmasa, qisqacha bolgan tushuntirish beriladi. Busiz keying qadam nisbatan qiyinchilik yaratishi mumkin. Bu holatni tuzatishda bir qator oddiy savollardan foydalaniladi.

Masalan:


Kokrak qafasida yurak qanday joylashadi?

- Nima deb oylaysiz, qanday tovush bog'iq tovush hisoblanadi? Qanday turdagi tovushlami inson qulog'i ajrata oladi?

Bu qism davomida talabalar ichida bilm darajasi yuqori bolgan lari va nisbatan pastroq bilmga ega bolga talabalar ajratiladi. Bu turdaagi grappalarga ajratish keyinroq kuchliroq talabalarni nisbatan kuchsizroq talabar bilan shugullanishiga imkon beradi. Song esa umumiy dars mavzusi yoritilishiga o'tiladi.

"Birlamchi suhbat" va "mushuk qopda" uslublaridan foydalanish yollari quyidagicha:

Bugungi mavzu boyicha bir necha savollar tayyorlanadi va alohida konvertlarga joylanadi.Har bir student convert tanlab, berligan savolga 1 daqiqa davomida javob yozadi. Savollarga misol qilib quyidagilar bolishi mumkin:

Perkussiya nima?

Kim Perkussiya metodini tibbiyotga olib kirgan?

Qanday perkussiya turlari farqlanadi? Va boshqalar...

Song esa barcha studentlar javoblarini muhokama qilishadi va and optimal variant tanlanadi. 6.2. 6.3 Analitik qism.

Darsning ikkinchi qismida masalani hal qilinishi bo'yicha analitik muhokama o'tkaziladi. Bu muhokamada turli hildagi masalalar va testlar qollaniladi. Talabalarga bir qancha turdagi jismlarni perkussiya qilish beriladi va shu bilan birga valantyor studentning turli tana sohalarida perkussiya mashqini otkaziladi. Masalalarni hal qilingandan song studentlarga turli jismlarning perkussiyasidan turli hildagi perkutor tovushlar yuzaga kelishi korsatiladi va shu tovushlami ajratish boyicha umumiy hulosa chiqariladi.



8. Mashgulotning xronologik xaritasi



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

1.Yurak kasali bor bemorda shish borligi nimadan dalolat beradi?

Yurak shishini xususiyatini aytib bering.

2.Yurak yetishmovchiligi,perikardidda bemor qaysi holatda bo’ladi?

3.Teri rangi oqarishi qaysi yurak yetishmovchiligiga xos?

4.Yurak kasal bemorlarda qaysi ikki xildagi sianoz uchraydi?

5.Yurak qon-tomir kasalligi bor bemorning bo’yin soxasida nimani kuzatish mumkin?

6.Simptom Musse nima? Qaysi yurak yetishmovchiligida “karotid o`yini” kuzatiladi?



11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1.”Ichki kasalliklar propidevtikasi”kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

2.Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dogyalo.O.G. va b.sh.,1986-y.

3.Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

4.ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

5.Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

6.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.

Qo’shimcha:

1. "Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.

2. "Vnutrennie bolezni. Raspoznavanie.Semiotika. Diagnostika" A.L.Shishkin, S-Peterburg, 2000.

3. “Terapevtichiskiy spravochnik” M. Vudli, A. Vallan, 1995.




Download 32,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish