Tashqi uyqu arteriyasining medial tarmoqlari
1. H a l q u m n i n g Yu q o r i g a k o‘ t a r i l u v ch i a r t e r i y a s i
(a. pharyngea ascendens) tashqi uyqu arteriyasi poyasining boshlanish qismidan
chiqib, halqum devori bo‘ylab Yuqoriga ko‘tariladi va halqum muskullarini, miya
qattiq pardasining ensa bo‘lagini, nog‗ora bo‘shlig‗ining shilliq pardasini, Yumshoq
tanglayni, eshituv nayi va mo‗rtaklarni qon bilan ta‘minlaydi.
2. Ch a k k a n i n g Yu z a a r t e r i y a s i (a. temporalis superficialis) tashqi
uyqu arteriyasining oxirgi tarmoqlaridan biri bo‘lib, yo‘nalishi jihatidan uning
davomidir. Ushbu arteriya tashqi eshituv yo‘lining oldingi tomonidan Yuqoriga
ko‘tariladi va chekkada teri ostida joylashadi. Bu esa arteriya shikastlanganda uni
Chakka suyagiga bosib, qon oqishini to‘xtatish imkonini beradi. Uning oxirgi
tarmoqlari – ramus frontalis va ramus parietalis kallaning shu nomli qismlariga
tarqaladi. Yo‘l davomida arteriyadan tashqi eshituv yo‘lining tog‗ayiga, quloq
suprasining lateral Yuzasiga, quloq oldi beziga, Yuzning orqa qismiga, ko‘zning
tashqi burchagiga, ko‘zning aylana muskuliga, Yonoqlarga va Chakka muskuliga
tarmoqlanadi.
3. J a g‗ a r t e r i y a s i (a.maxillaris) tashqi uyqu arteriyasining oxirgi yo‘g‗on
tarmoqlaridan biri bo‘lib, joylanishiga qarab Yuqori jag‗, qanotsimon va tanglay-
qanotsimon qismlarga bo‘linadi. Arteriyaning Yuqori jag‗ qismidan quyidagi
tarmoqlar chiqadi:
a) q u l o q n i n g ch u q u r a r t e r i y a s i (a. auricularis profunda) Chakka-
pastki jag‗ Bo‗g‗imiga, tashqi quloq yo‘liga va o‘rta quloqqa tarqaladi;
b) n o g‗ o r a p a r d a n i n g o l d i n g i a r t e r i y a s i (a. tympanica anterior)
o‘rta quloqning shilliq qavatiga tarqaladi;
d) p a s t k i t i sh k a t a k l a r i a r t e r i y a s i (a. alveolaris inferior) canalis
mandibulae orqali kirib pastki tishlarga tarqaladi, so‘ngra a. mentalis foramen
mentale orqali engakka chiqib, pastki lab va engak muskullariga tarqaydi. A.
alveolaris inferior pastki jag‗ kanaliga (canalis mandibulae) kirish oldida a.
mylohyoideus ni beradi. Bu arteriya tarmog‗i shu nomli muskulga, ikki qorinchali
muskulning oldingi qorinchasiga tarqaladi.
4. M i y a p a r d a s i n i n g o‘ r t a a r t e r i ya s i (a. meningea media) jag‗
arteriyasidan chiqqach, m. pterygoideus lateralis bo‘ylab ko‘tarilib, foramen
spinosum orqali miya bo‘shlig‗iga kirib miya pardasining o‘rta qismiga tarqaladi.
Jag‗ arteriyasining qanotsimon qismidan chaynov muskullariga (a. masseterica),
Chakka muskuliga (aa. temporales profundae), qanotsimon muskullarga (rr.
pterygoidei) va lunjga a. buccalis tarmoqlari chiqadi. Bulardan tashqari, Yuqori jag‗
tishlari, milklarga, sinus maxillaris larga tarqaladigan a. alveoiaris superior posterior
ham Yuqori jag‗ arteriyasidan boradi.
Arteriyaning tanglay-qanotsimon bo‘lagidan uchta tarmoq chiqadi:
1. K o‘ z k o s a s i n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. infraorbitalis) fissurae
orbitalis inferior orqali ko‘z kosasiga kirib, m. rectus inferior, m. obliguus inferior
431
larga tarmoqlar beradi, so‘ngra canalis infraorbitalis orqali Yuzaga chiqib, Yuz
arteriyasi tarmoqlari bilan qo‘shiladi. A. infraorbitalis dan Yuqori jag‗ tishlariga, aa.
alveolares superiores media et anteriores dan ko‘z Yoshi xaltasiga, sinus maxillaris
dan lab-lunjlarga tarqaluvchi tarmoq boshlanadi.
2. T a n g l a y n i n g p a s t g a y o‘ n a l u v ch i a r t e r i y a s i (a. palatina
descendens) canalis pterygoidei orqali yo‘nalib, eshitish nayi, halqumning tepa
bo‘lagi, qattiq va Yumshoq tanglaylarga (aa. palatina major et minor)lar tarqaladi.
3. P o n a s i m o n s u y a k-t a n g l a y a r t e r i y a s i (a. sphenopalatina) shu
nomli teshik orqali burun bo‘shlig‗iga kirib, uning lateral va orqa devorlariga a. septi
nasalis lateralis posterior bo‘lib tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |