Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/411
Sana09.07.2021
Hajmi12,49 Mb.
#113758
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   411
Bog'liq
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №29 

Yurak.  Kon  aylanish  doirasi.  Yurak:  tuzilishi  o‗lchamlari,  og‗irligi.  Kameralari, 

devori, o‗tkazuv yo‗llari, Yurakning qon tomir va nervlari. Perikard. Katta va kichik 

qon aylanish doiralari qon tomirlari. 

 

Yurak (cor) muskuldan tuzilgan a‘zo bo‘lib, Ko‗krak qafasida joylashgan. Yurak 



odam  hayotining  oxirgi  daqiqasigacha  hamma  vaqt  (qisqa  pauzalardan  tashqari) 

muttasil  harakatlanib,  qisqarib  (sistola),  kengayib  (diastola)  turadi  va  butun 

organizmga  qon  yetkazib  beradi.  Shunday  qilib,  Yurak  organizmda  qon  aylanish 

sistemasining markaziy a‘zosi hisoblanadi. O‘rta yashar odamning Yuragi 1 minutda 

o‘rta  hisobda  70–75  marta,  bir  sutkada  esa  100000  marta  qisqara  oladi.  Bu  esa  shu 

vaqt ichida 20 tonna Yukni bir metr balandlikka ko‘tarish kuchiga teng demakdir.  

Odam  Yuragining  rivojlanishi  qon  tomirlar  va  platsentaning  takomil  etishiga 

chambarchas  bog`liq  bo`ladi.  Yurak  embrionining  uchinchi  haftasi  oxirlarida 

birlamchi  ichak  oldingi  qismining  ostida  mezenximadan  parasagittal  holda 



 

412 


joylashgan ikkita endokard xaltachadan takomil etadi. Keyinchalik ana shu endokard 

xaltachalari  devorida  mezenximadan  entodeliy  qavati  paydo  bo`ladi.  Rivojlanish 

davrida  endokard  xaltachalarining  medial  devorlari  o`zaro  qo`shilib,  bitta  umumiy 

Yurak  oraliq  devorini  hosil  qiladi.  Lekin  mezenximadan  hosil  bo`lgan  bu  devor  tez 

yo`qolib,  Yurak  bo`shlig`ida  qon  hujayralariga  aylanadi.  Natijada,  bitta  umumiy 

Yurak  xaltachasi  paydo  bo`ladi.  Ana  shu  birlamchi  Yurak  ichakning  bosh  qismiga 

Yurakni o`rab turgan seroz xaltacha (Yurakning orqa tutqichi) vositasida va tananing 

oldingi  devoriga  Yurakning  qorin  tutqichi  orqali  birlashgan  bo`ladi.  Keyinchalik 

Yurakning orqa tutqichi orqa ko`ks oralig`ini hosil qiladi, qorin tutqichi esa butunlay 

yo`qoladi. 

 Yurakning  muskul  qavati  –  miokard  (myocardium)  endokard  xaltasining 

atrofida  splanxnotomning  visseral  varag`idan  hosil  bo`lib,  Yurak  naychasi 

bo`shlig`ida  seroz  parda  bilan  qoplanadi.  Pirovardida  seroz  pardadan  Yurak 

xaltachasi – perikard hosil bo`ladi. 

Yurak  rivojlanishi  davrida  Yurak  naychasi  epikardga  (seroz  parda)  qaraganda 

tezroq o`sadi va "S" shaklida bo`ladi. Keyinchalik "S" shaklidagi Yurak naychasining 

oldingi  qismidan  Yurak  oldi  bo`lmachasi,  uning  qulog`i  va  sinus  venosus  paydo 

bo`ladi.  Yurak  qorinchalari  esa  "S"  shaklidagi  naychaning  pastki  bo`lagidan 

rivojlanadi.  Natijada  Yurak  naychasining  vena  va  arteriya  bo`laklarini  chegaralab 

turadigan  joyda  sulci  interventriculare  vujudga  keladi.  Yurak  boshlang`ich  davrda 

bitta bo`lmacha va bitta qorinchadan iborat bo`ladi, embrionning to`rtinchi haftasida 

qorincha  va  bo`lmachalarning  har  birini  ikkiga  ajratib  turadigan  devorcha  hosil 

bo`lib,  bunda  Yurak  to`rt  bo`lak  (kamera)  ga  bo`linadi.  Bo`lmachalar  oraliq 

devorining  o`rtasida  joylashgan  ovalsimon  teshik  –  foramen  ovale  ning  o`ng 

bo`lmachasidan embrion rivojlanish davrida qonning bir qismi to`g`ridan to`g`ri chap 

bo`lmachaga  quyiladi.  Bu  davrda  pastdan  Yuqoriga  (bo`lmachalar  oraliq  devor 

tomonga)  qarab  o`sayotgan  septum  interventriculare  ham  qorinchalarni  bir-biridan 

to`la ajratmaydi. Yurakning tavaqali va yarim oysimon klapanlari endokard hisobiga 

takomil etadi va bo`lmacha bilan qorincha o`rtasida teshik (ostium atrioventriculare) 

vujudga keladi. 



Yurak.  O‘rta  yashar  odamning  Yuragi  oldindan  orqaga  qarab  bir  oz  qisilgan, 

konus shaklida bo‘lib, hajmi odamning o‘rtacha qisilgan mushtiga teng keladi. Yurak 

to‘rt  kamera:  ikkita  bo‘lmacha  (atrium  dextrum  et  sinistrum)  va  ikkita  qorincha 

(ventriculus dexter et ventriculus sinister) dan tuzilgan bo‘lib, chap bo‘lmacha bilan 

chap  qorincha  Yurakning  chap  yoki  arteriya  bo‘lagini,  o‘ng  bo‘lmacha  bilan  o‘ng 

qorincha esa Yurakning o‘ng yoki vena bo‘lagini tashkil qiladi.

1

 

Yurakning  o‘rtacha  og‗irligi  erkaklarda  300  g,  ayollarda  220–250  g  keladi. 



Yurakning uzunligi o‘rta Yoshdagi odamlarda 10–15 sm, kengligi (asosida) 8–11 sm, 

oldingi va orqa devorining qalinligi 6–8,5 sm. Yurak tashqi Yuzasining o‘tkir (o‘ng) 

va o‘tmas (chap) chekkalari uni orqava old tomondagi Yuzalarga ajratib turadi. 

Yurakning  oldingi  va  bir  oz  Yuqoriga  hamda  chapga  qarab  turgan  to‘sh-

qovurg‗a  Yuzasi  (facies  sternocostalis)  to‘sh  suyagining  dastasi  bilan  III–VI 

qovurg‗alar  tog‗ay  qismlarining  orqa  tomoniga  to‘g‗ri  keladi.  Yurakning  ikkinchi 

yassi  Yuzasi  (facies  diaphragmatica)  orqaga  va  bir  oz  pastga  qaragan  bo‘lib, 

                                                      

1

 

Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell  AWM Elsever Churchill 



Livingstone, 2014

 



 

413 


diafragmaning  paydan  tuzilgan  markaziga  tegib  turadi.  Bundan  tashqari,  Yurakning 

Yuqoriga  qaragan  serbar  qismi  asosi  (basis  cordis)  va  pastga,  chapga  qaragan 

Yumaloqroq  uchi  (apex  cordis)  bor.  Yurak,  asosan,  basis  cordis  dan  boshlanadigan 

yirik arteriya va vena qon tomirlariga osilgan holatda ishlab turadi (164). 

 

Yurak  (old  Yuzasi).  1  –  Perikardning  epikardga  o‘tish  joyi;  2  –  V.  cava  superior;  3  –  Aorta 



ascendens;  4  –  Auricula  dextra;  5  – Sulcus coronarius;  6  –  Ventriculus  dexter;  7  –  Incisura apicis 

cordis; 8 – Apex cordis; 9 – Ventriculus sinister; 10 – Sulcus interventricularis anterior; 11 – Conus 

arteriosus;  12  –  Aorta  descendens;  13  –  Auricula  sinistra;  14  –  Truncus  pulmonalis;  15  –  A. 

pulmonalis dextra; 16 – Isthmus aortae; 17 – Arcus aortae; 18 – A. carotis communis sinistra; 19 – 

A. subclavia sinistra; 20 – Truncus brachiocephalicus. 

 

Yurakning tashqi Yuzasida bo‘lmachalar bilan qorinchalar o‘rtasidagi chegaraga 



to‘g‗ri keladigan va Yurakni hamma tomondan o‘rab turgan ko‘ndalang egat – sulcus 

coronarius va qorinchalarni bir-biridan ajratib turadigan devorlariga to‘g‗ri keladigan, 

uzunasiga  joylashgan  oldingi  egat  –  sulcus  interventricularis  anterior,  shuningdek, 

orqa  tomondagi  uzunasiga  ketgan  egat  –  sulcus  interventricularis  posterior  bor. 

Oldingi  va  orqa  tomonda  uzunasiga  joylashgan  egatlar  Yurak  uchining  o‘ng 

tomonida  o‘zaro  tutashib,  Yurak  o‘ymasi  (incisura  apicis  cordis)ni  hosil  qiladi. 

Yurakning  hamma  egatlari  Yurakni  oziqlantiruvchi  tomirlar  va  yog‗  kletchatkalari 

bilan  to‘lib  turadi.  Shuning  uchun  Yurakda  qon  tomirlar  uncha  yaxshi  ko‘rinmaydi. 

O‘ng va chap Yurak bo‘lmachalari – atrium dextrum et sinistrum bir-biriga nisbatan 

o‘rtada joylashgan bo‘lmachalararo devor (septum interatriale) bilan, o‘ng qorincha – 

ventriculus dexter, chap qorincha – ventriculus sinister, qorinchalararo devor (septum 

interventriculare)  bilan  ajralib  turadi.  Lekin  o‘ng  bo‘lmacha  bilan  o‘ng  qorincha  va 

chap  bo‘lmacha  bilan  chap  qorincha  o‘zaro  ostium  atrioventriculare  dextrum  et 

sinistrum  (Yurak  bo‘lmachalari  va  qorinchalari  o‘rtasidagi  teshiklar)  vositasida 

tutashgan bo‘ladi.  

Shunday  qilib,  to‘rt  bo‘lakli  Yurakning  o‘zaro  bir-biriga  tutashib  turgan  ikki 

qismi  tafovut  qilinadi.  Shu  jumladan,  o‘ng  bo‘lmacha  bilan  qorincha  o‘zaro  ostium 

atrioventriculare  dextrum  vositasida  qo‘shilgan  bo‘lsa,  ikkinchi  tomonda  chap 

bo‘lmacha  bilan  chap  qorincha  bir-biriga  ostium  atrioventriculare  sinistrum 

vositasida tutashadi. 




Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish