Qalqonsimon bezning orqa tanachalari (glandula parathyroidea, 158) to‘rtta,
ba‘zan beshta bo‘lib, qalqonsimon bez Yon bo‘laklarining orqa Yuzasiga ikki juft –
glandula parathyroidea superior (bir juft), glandula parathyroidea inferior (bir juft)
bo‘lib yopishib yotadi. Endokrin bezlar ichida eng kichik bo‘lgan bu bezlarning
uzunligi 6 mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm ga teng. Har bir bez qon tomirlariga
boy parda bilan o‘ralgan. Gormonlari kalsiy va fosfor almashinuvini bajaradi.
Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez orqa tanachalari.
1–m. constrictor pharungis medius; 2–lig. thyrohyoideum; 3–raphe pharyngis; 4–glandula
thyroidea (lobus sinister); 5–oesophagus; 6–cartilagines tracheales; 7–glandula parathyroidea
inferior; 8–glandula thyroidea (lobus dexter); 9–glandula parathyroidea superior; 10–m. constrictor
pharyngis inferior.
Do'stlaringiz bilan baham: |