Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/411
Sana09.07.2021
Hajmi12,49 Mb.
#113758
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   411
Bog'liq
ANATOMIYA-MAJMUA

TIL 

Til (lingua, Yunoncha – glossa) muskullardan tuzilgan bo‘lib, og‗iz bo‘shlig‗ida 

joylashgan.  Til  faqat  hazm  a‘zolariga  mansub  bo‘lmasdan,  so‘zlashda,  talaffuzda 

bevosita faol qatnashadi. Tilning oldida til uchi  – apex linguae, o‘rtasida til tanasi – 

corpus  linguae  va  orqa  kengaygan  qismida  til  ildizi  –  radix  linguae  bo‘ladi.  Tilning 

uchi  va  Yon  tomonlari  (margo  linguae)  tishlarga  tegib  turadi.  Tilning  ustki 

Yuzasining  orqa  qismi  (dorsum  linguae)  bo‘rtgan  bo‘lib,  tanglayga  qaragan.  Pastki 

Yuzasi  (facies  inferior)  tilning  faqat  old  qismida  bo‘ladi.  Tilning  ustki  Yuzasining 

o‘rtasida (dorsum linguae) joylashgan egatcha (sulcus medianus linguae), orqada ko‘r 

teshik  (foramen  caecum)  bo‘lib  tugaydi  (bu  teshik  embrional  davrdagi  qalqonsimon 

bez  nayining  o‘rni)  ko‘r  teshikdan  har  ikki  tomon  bo‘ylab  uncha  chuqur  bo‘lmagan 

―V‖ raqamga o‘xshash chegaralovchi egatcha (sulcus terminalis) joylashgan. Tilning 

bu qismlari embrional davrda turli ko‗rtaklardan rivojlanishi va keyinchalik qo‘shilib 

ketishdan  darak  beruvchi  qoldiqdir.  Tilning  shilliq  pardasi  I,  II,  III  va  IV  jabra 

cho‘ntaklaridan rivojlanganligi sababli ushbu ravoqlarni innervatsiya qiluvchi V, VII, 

IX  va  X  juft  bosh  miya  nervlari  ishtirok  etadi.  Tilning  ustki  Yuzasida  to‘rt  xil 

so‘rg‗ich (papillae linguales) mavjud. 

 

Til va hiqildoqqa kirish qismi. 



1–rima glottidis; 2–plica vacalis; 3–plica vestibularis; 4–plica aryepiglottica; 5–

epiglottis;  6–plica  glossoepiglottis  lateralis;  7–tonsilla  palatina;  8–foramen  caecum 




 

346 


linguae;  9–papillae  foliatae;  10–papilla  vallatae;  11–papillae  conicae;  12–papillae 

filiformes;  13–apex  linguae;  14–sulcus  medianus  linguae;  15–dorsum  linguae;  16–

corpus linguae; 17–papillae fungiformes; 18–sulcus terminalis; 19–folliculi linguales; 

20–tonsilla  palatina;  21–radix  linguae;  22–plica  glossoepiglottica  mediana;  23–

vallecula  epiglottica;  24–recessus  piriformis;  25–tuberculum  cuneiforme;  26–

tuberculum cornicularum; 27–incisura interarytenoidea. 

 

 

1.  Ipsimon  so‟rg„ichlar  –  papillae  filiformes  et  conicae  tilning  ust  Yuzasida 



duxobasimon  tus  berib  joylashgan.  Bu  so‘rg‗ichlar  ovqatni  qabul  qilishda, 

chaynashda  va  halqumga  yo‘naltirishda  hamda  ovqat  luqmasining  Yumshoqligi  va 

uning mexanik xususiyatlarini sezishda qatnashadi. 

2.  Zamburug„simon  so‟rg„ichlar  –  papillae  fungiformes  tilning  uchi  va 

Yonlarida joylashgan bo‘lib, ta‘m bilishda xizmat qiladi. 

3. Halqa bilan o‟ralgan (tarnovsimon) so‟rg„ichlar – papillae vallatae 7–12 ta 

bo‘lib, tilning ildizi va tana chegarasida, ko‘r teshikning ikki Yonboshida rimcha ―V‖ 

raqami shaklida joylashgan. Ularda ta‘m bilish so‘g‗onlari juda ko‘p. 

4. Varaqsimon yoki bargsimon so‟rg„ichlar – papillae foliatae kitob varaqlari 

kabi tilning Yonlarida joylashib, ta‘m bilishda qatnashadi. 

Tilning  pastki  Yuzasi  faqat  oldingi  qismidagina  erkin,  qolgan  qismi  til  ildiziga 

qo‘shilib  ketgan.  Pastki  Yuzadagi  shilliq  qavat  hisobiga  ikkita  g‗ijim  burma  (plica 

sublingualis) hosil qilgan. 

Til  mo‗rtagi  –  tonsilla  lingualis  tilning  shilliq  qavatida  yakkama-yakka  yoki 

to‘planib joylashgan limfoid to‘qimadan iborat. Mo‗rtaklar ko‘proq til ildizi sohasida 

uchraydi. 

Til muskullari xususiy va skelet muskullaridan iborat. Uch juft skelet muskullari 

skeletning biror joyidan boshlanib, tilga tutashadi. 




 

347 


1.  Engak-til  osti  muskuli  –  m.  genioglossus  pastki  jag‗  suyagining  engak 

o‘simtasidan  boshlanib,  tilga  tutashadi.  Muskul  qisqarib  tilni  pastga  va  orqaga 

tortadi(123). 

2. Til osti-til muskuli  – m. hyoglossus til osti suyagidan boshlanib, tilning  Yon 

tomonlariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi(123). 

3. Bigiz-til  muskuli  –  m.  stylogossus  Chakka  suyagining bigizsimon  o‘sig‗idan 

boshlanib,  tilning  Yonboshiga  tutashadi.  Muskul  qisqarib,  tilni  Yuqoriga  va  orqaga 

tortadi(123). 

 

 

Til va halqum muskullari. 



1–m. tensor veli palatini; 2–lamina lateralis processus pterygoidei; 3–m. levator 

veli  palatini;  4–m.  constrictor  pharyngis  superior;  5–m.  stylopharyngeus;  6–lig. 

stylohyoideum;  7–m.  hyoglossus;  8–m.  constrictor  pharyngis  medius;  9–membrana 

thyrohyoidea;  10–m.  constrictor  pharyngis  inferior;  11–esophagus;  12–trachea;  13–

m.  cricothyroideus  (pars  obliqua);  14–m.  cricothyroideus  (pars  recta);  15–cartilago 

thyroidea;  16–m.  thyrohyoideus;  17–os  hyoideum;  18–m.  geniohyoideus;  19–

mandibula;  20–m.  genioglossus;  21–m.  longitudinalis  inferior;  22–lingua;  23–

maxilla; 24–m. buccinator; 25–m. styloglosus; 26–tuber maxillae. 

 



 

348 


 

Tilning xususiy muskul tolalari turli tomonga yo‘nalgan. Bu holat tilda ustki va 

pastki  bo‘ylama  muskul  m.  longitudinalis  superior  et  inferior,  ko‘ndalang  (m. 

transversus)  va  tikka  yo‘nalgan  (m.  verticalis)  muskullar  borligini  ko‘rsatadi.  Bu 

muskul tolalari o‘zaro tutashib, chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga 

burilib,  o‘z  shaklini  o‘zgartirish  xususiyatiga  ega.  Tilning  muskullari  ensa 

miotomlaridan rivojlanganligi sababli bitta – til osti nervi – n. hypoglossus (XII juft) 

hisobiga innervatsiya qilinadi. 

 


Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish