Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/411
Sana09.07.2021
Hajmi12,49 Mb.
#113758
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   411
Bog'liq
ANATOMIYA-MAJMUA

TIZZA BO„G„IMI 

Barcha  Bo‗g‗imlar  ichida  eng  katta  va  murakkab  tuzilgan  tizza  Bo‗g‗imi  – 

articulatio  genus  uchta  suyak,  ya‘ni  son  suyagi,  katta  boldir  suyagi  va  tizza 

qopqog‗ining hamkorligida hosil bo‘ladi. 

Son  suyagining  pastki  uchidagi  Bo‗g‗im  Yuzasi  old  qismi  salgina  botib,  tizza 

Yuza qopqog‗i bilan Bo‗g‗im hosil qilsa, Bo‗g‗im Yuzasining qolgan qismi ichki va 

tashqi  do‘nglar  bo‘ylab  orqa  tomonga  davom  etgan  va  anchagina  Yumaloqlangan. 

Shuning uchun ham son suyagidagi bu Bo‗g‗im Yuzasi katta boldir suyagining ustki 

uchidagi  Bo‗g‗im  Yuzasiga  mos  kelmaydi.  Binobarin,  ikki  suyak  o‘rtasidagi  bu 

yetishmovchilikni  tolali  tog‗aydan  tuzilgan  maxsus  yarim  oy  shaklli  plastinkalar 

(menisklar)  –  menisci  to`ldirib  turadi.  Bunday  menisklar  Bo‗g‗imda  ikkita  – 

meniscus medialis va lateralis bo‘lib, qalin bo`ladi va menisklar Bo‗g‗im xaltasi bilan 

bitishib  ketadi,  Yupqa  va  o‘tkir  qirg‗oqli  ichki  chetlari  esa  erkin  turadi.  Ularning 

uchlari  old  va  orqa  tomondan  do‘nglararo  tepalikka  kaltagina  boylamlar  bilan 

yopishgan.  Menisklar  o‘rtasidagi  kemtik  old  tomonidan  menisklarning  biridan 

ikkinchisiga  tortilgan  ko‘ndalang  tizza  boylami  (lig.  transversum  genus)  orqali 




 

266 


birlashib  turadi  va  bu  boylam  menisklarini  ushlab  turadi,  menisklar  esa  Bo‗g‗im 

bo‘shlig‗ini ustki va ostki qavatlarga ajratadi. 

Suyaklarning  gialin  tog‗ay  bilan  qoplangan  Bo‗g‗im  Yuzalari  keng  bo‘lgani 

uchun  ham  Bo‗g‗im  xaltasi  keng  va  erkin  tortilgan.  Katta  boldir  suyagida  va  tizza 

qopqog‗ida  u  tog‗ay  bilan  qoplangan  Bo‗g‗im  Yuzalarining  chegarasida  yopishsa, 

son  suyagida  Bo‗g‗im  Yuzasi  chegarasidan  birmuncha  o‘tib  yopishadi.  Xaltaning 

Yupqalashgan orqa qismida qon  tomir  o‘tadigan teshiklar bor.  Bo‗g‗im  xaltasi  tizza 

qopqog‗ining tepasida juda keng qo‘shimcha xalta (cho‘ntak) – bursa suprapatellaris 

ni  hosil  qiladi.  Bu  bo‘shliq  son  suyagi  bilan  to‘rt  boshli  muskul  orasidan  Yuqoriga 

davom etadi va Bo‗g‗im bo‘shlig‗i bilan tutashadi. 

Tizza  Bo‗g‗imi  xaltaning  ichida  va  sirtida  joylashgan  bir  nechta  kuchli 

boylamlar  vositasida  mustahkamlanadi.  Xaltaning  ichida  Yuqorida  aytilgan 

ko‘ndalang  boylamdan  tashqari  yana  ikkita  juda  pishiq  boylam  bor.  Bir-biri  bilan 

kesishgan  boylamlarning  oldingisi  –  lig.  cruciatum  anterius  son  suyagi  tashqi 

do‘ngining  ichki  Yuzasidan  boshlanib,  boldir  suyagi  do‘nglari  oralig‗ining  old 

sohasiga  yopishadi.  Orqadagi  boylam  –  lig.  cruciatum  posterius  son  suyagi  medial 

do‘ngining  ichki  Yuzasidan  boshlanib,  boldir  suyagi  do‘nglari  oralig‗ining  orqa 

sohasiga borib yopishadi. 

Bo‗g‗im  xaltasining  ichki  (sinovial)  qavati  tashqi  fibroz  qavatiga  nisbatan 

anchagina  keng  bo‘lganidan  burmalar  vujudga  keladi.  Bu  burmalarning 

qo‘shilishidan toq burma plica synovialis infrapatellaris hosil bo‘ladi.  

Lig.  collaterale  tibiale  tizza  Bo‗g‗imining  ichki  tomonida  joylashgan  son 

suyagining  ichki  do‘ngidan  katta  boldir  suyagiga  tortilgan.  Lig.  collaterale  fibulare 

esa  son  suyagining  tashqi  do‘ngidan  kichik  boldir  suyagining  boshiga  tortilgan.  Bu 

boylamlarning  ichki  Yuzasi  Bo‗g‗im  xaltasi  bilan  chatishgan.  Yonlama  boylamlar 

suyaklarning ikki Yon tomonga surilishi yoki bukilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Bo‗g‗imning orqa tomonida qiyshiq taqim boylami – lig. popliteum obliquum va 

ravoqsimon taqim boylami – lig. popliteum arcuatum Bo‗g‗im xaltasi bilan chatishib 

ketgan. Ularni alohida ajratib bo‘lmaydi. 

Patella  ning  pastki  chetidan  boldir  suyagi  g‗adir-buduriga  yo‘g‗on  va 

mustahkam  lig.  patellae  boylam  tortilgan.  Bu  boylam  sonning  to‘rt  boshli  muskul 

payi bo‘lib, keyinchalik pay ichida patella vujudga keladi. Muskul payining ana shu 

qismiga  tizza  qopqog‗i  boylami  deyiladi.  To‘rt  boshli  muskul  payining  ikki  Yon 

tomondagi tolalari esa tizza qopqog‗ini Bo‗g‗im harakati vaqtida bir me‘yorda ushlab 

turish  vazifasini  bajaradi.  Ustki  tolalar  son  suyagining  ichki  va  tashqi  do‘nglariga, 

pastkilari  esa  katta  boldir  suyagi  do‘nglariga  yopishadi.  Binobarin,  ularning  turgan 

joylariga qarab retinaculum laterale va retinaculum mediale deyiladi. 

Bo‗g‗im  atrofida  bir  nechta  shilliq  xaltachalar  joylashgan  bo‘lib,  ulardan 

ba‘zilari Bo‗g‗im bo‘shlig‗i bilan tutashgan. Ana shular hisobiga  Bo‗g‗im bo‘shlig‗i 

yana  ham  kengayadi. Masalan, tizza  qopqog‗i  yaqinida uchta xaltacha  bor: 1)  bursa 

subcutanea  prepatellaris  superficialis  –  tizza  qopqog‗i  bilan  fassiya  o‘rtasidagi 

xaltacha; 2) bursa suprapatellaris – son suyagi bilan to‘rt boshli muskul oralig‗ida; 3) 

bursa  infrapatellaris  –  tizza  qopqog‗i  boylamining  katta  boldir  suyagiga  yopishgan 

joyidagi xaltacha. Lekin bu so‘nggi xaltacha tizzadan uzoqda bo‘lgani uchun Bo‗g‗im 

bo‘shlig‗i  bilan  tutashmaydi.  Bo‗g‗imning  orqa  tomonidagi  shilliq  bo‘shliqlari 

ko‘pincha shu atrofga yopishuvchi muskullarning paylari ostida joylashgan. 




 

267 


 

Tizza  Bo‗g‗imi  (Bo‗g‗im  xaltasi  olingan,  to‘rt  boshli  muskul  payi  tizza 

qopqog‗i bilan kesilib, pastga tortilgan). 

1–facies  patellaris;  2–lig.  cruciatum  posterius;  3–lig.  cruciatum  anterius;  4–lig. 

meniscofemorale  anterius;  5–lig.  transversum  genus;  6–meniscus  medialis;  7–lig. 

collaterale  tibiale;  8–lig.  patellae;  9–facies  articularis  patellae;  10–membrana 

interossea  cruris;  11–caput  fibulae;  12–lig.  capitis  fibulae  anterius;  13–tendo  m. 

bicipitis femoris; 14–meniscus lateralis; 15–lig. collaterale fibulare. 

 

 

 




 

268 


 

 

Tizza  Bo‗g‗imi  g‗altaksimon  Bo‗g‗imlarga  kiradi.  Unda  bukilish  va  yozilish 



(frontal  o‘q  atrofida)  hamda  ichkari  va  tashqariga  buralish  (tikka  o‘q  atrofida) 

harakatlari  sodir  bo‘ladi.  Lekin  bu  so‘nggi  harakat  ancha  chegaralangan.  Bo‗g‗im 

ichidagi  kesishma  boylamlar  va  menisklar  shunday  joylashganki,  ular  Bo‗g‗imning 

bukilishiga  mutlaqo  xalaqit  bermaydi.  Tizza  Bo‗g‗imi  yozilganda  menisklar  son 

suyagi  ostida  ezilib,  prujina  holiga  keladi,  kesishgan  boylamlar  tarang  tortiladi-da, 

tizza  Bo‗g‗imining  yozilishini  chegaralab  qo‘yadi.  Bo‗g‗imning  ana  shunday 

taranglashgan holatida boldir bilan son suyagi bir butun to‘g‗ri oyoqni hosil qiladi va 

uzoq vaqt shunday qola oladi. 




Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish