264
Chanoq-son Bo‗g‗imi (articulatio coxae) Chanoq suyagidagi quymich kosasi
bilan son suyagining boshi birlashishidan vujudga keladi. Chaqaloqlarda bu
Bo‗g‗imda to‘rtta suyak ishtirok etadi, jumladan Chanoq suyagining uchta bo‘lagi
(Yonbosh, qov va quymich suyaklari) quymich chuqurida tutashib turadi, biroq bir-
biri bilan bitishmagan bo‘ladi.
Quymich kosasining atrof qirg‗og‗idagi fibroz tog‗ay halqa (labrum acetabulare)
Bo‗g‗im tomon bir oz toraygan bo‘lgani uchun son suyagi boshini qisib ushlab turadi.
Bu halqa quymich kosasining pastki chetidagi kemtik (incisura acetabuli)ni to‘ldiradi
va quymich kosasining ko‘ndalang boylami – lig. transversum acetabuli deyiladi.
Chanoq-son Bo‗g‗imi ichida yana bitta boylam (lig. capitis femoris) quymich kosasi
o‘rtasidagi chuqurchadan boshlanib, son suyagining boshidagi chuqurchaga
yopishadi. Bu boylam sinovial parda bilan o‘ralgan, uning tarkibida son suyagining
boshiga boruvchi arteriya joylashgan.
Chanoq-son Bo‗g‗imi (old tomoni).
1–capsula articularis; 2–canalis obturatorius; 3–membrana obturatoria; 4–lig.
pubofemorale; 5–lig. iliofemorale; 6–spina iliaca anterior inferior.
Chanoq-son Bo‗g‗imining xaltasi son suyagining old tomonidagi ko‘stlararo
chiziq (linea intertrochanterica) bo‘ylab, orqadan esa ko‘stlararo qirra (crista
intertrochanterica) dan boshlanib, quymich kosasi chetining tashqi aylanasiga
yopishadi.
Chanoq-son Bo‗g‗imi (Bo‗g‗im xaltasi kesilib, son suyagi boshchasi
ajratilgan).
265
1–m. rectus femoris; 2–labrum acetabulare; 3–lig. capitis femoris; 4–caput
femoris; 5–capsula articularis (kesilgan); 6–membrana obturatoria; 7–lig.
transversum acetabuli; 8–facies lunata; 9–quymich kosasidagi yog‗ qatlami.
Chanoq-son
Bo‗g‗imi xaltaning sirtidan to‘rtta boylam vositasida
mustahkamlanadi: 1) Yonbosh-son boylami – lig. iliofemorale Bo‗g‗imning eng
baquvvat va katta boylami bo‘lib, Yonbosh o‘sig‗i (spina iliaca anterior inferior) ning
pastki sohalaridan boshlanib, ko‘stlararo chiziqqa (linea intertrochanterica) kelib
yopishadi; 2) quymich-son boylami – lig. ischiofemorale orqa tomondan quymich
suyagining Bo‗g‗imga yaqin qismidan boshlanib, Yuqori va Yon tomonga
ko‘tariladi-da, katta ko‘stga borib yopishadi; 3) qov-son boylami – lig. pubofemorale
– boylamlar ichida birmuncha kichikroq bo‘lib, qov suyagi ustki shoxidan kichik
ko‘stga tortilgan; 4) Yuqorida aytilgan uchta Bo‗g‗im boylamlarining tagida, son
suyagining bo‘ynini o‘rab olgan zona orbicularis deb ataluvchi yana bir boylam
bo‘lib, u pastki-oldingi Yonbosh o‘siqdan pastki sohaga yopishadi. Bu boylam
tolalari uchta boylam tolalari bilan chatishib ketganligidan alohida ajratib bo‘lmaydi.
Boylamlarning ko‘pligi va son suyagi bo‘ynining uzunligi erkin harakatga yo‘l
bermaydi. Bu Bo‗g‗imda harakat asosan uch tomonlama sodir bo‘ladi; 1) frontal o‘q
atrofida son buqiladi va yoziladi; 2) sagittal o‘q atrofida son uzoqlashadi (70–75o
atrofida) yaqinlashadi; 3) vertikal o‘q atrofida son tashqari va ichkariga buriladi (40–
60o atrofida). Bundan tashqari, sonning pastki uchi o‘z doirasi atrofida aylanib
kelishi ham mumkin.
Bo‗g‗im xaltasi orqa tomondan son suyagining bo‘yniga yopishmaganligi tufayli
son juda erkin va yengil bukilishi mumkin (118–120o), lekin uning yozilishi ancha
chegaralangan bo‘ladi (19o), chunki taranglanuvchi Yonbosh-son boylami bunga yo‘l
qo‘ymaydi.
Chanoq-son Bo‗g‗imi atrofida juda ko‘p va kuchli muskullar bo‘lgani uchun
boylamlar harakat vaqtida uncha qattiq taranglashmaydi, bunga muskullar yo‘l
qo‘ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: