205. Oyoqning Yuza limfa tomirlari va tugunlari.
1 – Nodi lymphatici inguinales superficiales; 2 – Fascia lata; 3 – Vasa lymphatici
superficialia; 4 – V.saphena magna; 5 – Fascia cruris; 6 – Vasa lymphatica superficialia; 7 –
V.saphena magna; 8 – Hiatus saphenus; 9 – Vasa lymphatica superficialia.
chiqqan limfa qon tomirlar bilan umumiy limfa tomirlari pariyetal limfa
tugunlaridan chiqqan limfa tugunlari (nodi lymphatici iliaci communes)ga boradi.
Bular esa aortaning ikkiga ajralgan joyida limfa tugunlari (nodi lymphatici irtica)ga
quyiladi.
Q o r i n s o h a s i d a g i l i m f a t u g u n l a r i v a t o m i l a r i (206) qorin
bo‘shlig‗ining old devoridagi limfa tomirlari (nodi lymphatici parietales)ning bir
qismi (kindikdan Yuqori qismi) – qo‘ltiq limfa tugunlariga (nodi lymphatici
axillares), kindikdan pastki qismi Chov limfa tugunlariga (nodi lymphatici inguinalis)
quyiladi.
Qorin bo‘shlig‗ining orqa devori sohasida joylashgan o‘ng va chap bel limfa
tugunlari (nodi lymphatici lumbales dextra et sinistra) o‘rtacha 40–60 ta tugunchadan
iborat bo‘lib, aortaning ikki Yonboshida joylashgan. O‘ng tomondagi bel limfa
tugunlarini old tomondan pastki kavak vena berkitib turadi. Bel limfa tugunlari va
limfa yo‘llari Yuqoriga ko‘tarilib diafragma pastida joylashgan limfa tugunlari (nodi
lymphatici phrenici inferiores) dan chiqqan yo‘llari bilan qo‘shilib, Ko‗krak qafasiga
o‘tib ketadi. Qorin bo‘shlig‗ining visseral limfa tugunlari (nodi lymphatici vicerales)
aortadan chiqqan toq arteriyalar bilan Yonma-Yon yotgan ichki a‘zolar tugunlaridan
iborat. Visseral limfa tugunlari qaysi arteriya bilan birga yo‘nalishiga qarab, o‘sha
nom bilan ataladi. Chunonchi, qorin arteriyasi poyasi atrofida joylashgan limfa
tugunlari (nodi lymphatici coeliaci), jigar arteriyasi atrofida joylashgan limfa
tugunlari (nodi lymphatici hepatici) va hokazo. Qorin arteriyasi poyasi atrofida
joylashgan limfa tugunlari me‘da atrofida joylashgan limfa tugunlari (nodi lymphatici
gastrici dextra et sinistra, nodi lymphatici cardiaci)ning kirish qismidan (nodi
lymphatici gastraomentalis), me‘da-charvi tugunlaridan, taloq limfa tugunlari (nodi
lymphatici lienalis), o‘n ikki barmoq ichak va me‘da osti bezi limfa tugunlari (nodi
lymphatici gastraomentalis) jigar limfa tugunlari (nodi lymphatici hepatici)ning
yig‗indisidan tashkil topgan.
Qorin bo‘shlig‗idan ichaktutqich ustki arteriyasi atrofida joylashgan limfa
tugunlari (nodi lymphatici mesenterici superior) ichaktutqich bag‗rida yo‘nalgan
481
ichaktutqich ustki arteriyasining tarmoqlari atrofidagi limfa tugunlarining
yig‗indisidan iborat. Shu bilan birga Yonbosh ichak limfa tugunlarining deyarli 25
foizi to‘g‗ridan-to‘g‗ri bel limfa tugunlariga yoki Ko‗krak limfa yo‘liga qo‘shilishi
kuzatiladi.
206. Me‘da, jigar, buyrak va taloqning limfa
yo‘llari va tugunlari.
1 – Nodi lymphatici pancreaticolienalis; 2 –
A.lienalis; 3 – Nodi lymphatici gastrici sinistri; 4 –
Lobus hepaticus sinister; 5 – Nodi lymphatici coeliaci;
6 – Lobus quadratus; 7 – Nodi lymphatici hepatici; 8 –
Vesica fellea; 9 – Lobus hepaticus dexter; 10 –
Glandula suprarenalis; 11 – Ren dexter; 12 – Jigardan,
buyrak va buyrak usti bezlaridan limfa yig‗uvchi limfa
tugunlari; 13 – V.cava inferior; 14 – Aorta; 15 –
A.gastroepiploica dextra; 16 – Ren sinister; 17 – Nodi
lymphatici gastroepiploica dextri; 18 – Me‘daning seroz parda ostidagi limfa
chigallari; 19 – A.gastroepiploica sinistra; 20 – Lien.
Ichaktutqich pastki arteriyasi atrofida joylashgan limfa tugunlari (nodi
lymphatici mesenterici inferior) ichaktutqich oralig‗ida joylashgan deyarli yo‘g‗on
ichak qismlariga boruvchi qon tomirlar nomi bilan ataladi.
Ingichka va yo‘g‗on ichaklardagi limfa tugunlarining soni 150–200 taga yetadi.
Qorin bo‘shlig‗ining orqa devorida esa tugunlar soni o‘rtacha 40–60 taga yaqin
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |