Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/411
Sana09.07.2021
Hajmi12,49 Mb.
#113758
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   411
Bog'liq
ANATOMIYA-MAJMUA

 

O‟PKA 

O‟pka (pulmones, Yunoncha pneumon – pnevmoniya so‘zi shundan olingan) bir 

juft bo‘lib, Ko‗krak qafasining (cavitas thoracis) ikki tomonida joylashgan. O‘ng va 

chap  o‘pka  o‘rtasidagi  kamgakda  Yurak,  qon  tomirlar  va  ko‘ks  oralig‗i  joylashgan. 

Har  bir  o‘pka  (pulmo)  konus  shaklida  bo‘lib,  asosi  (basis  pulmonis)  past  tomondan 

diafragmaga  tegib  turadi  va  diafragma  Yuzasi  (facies  diaphragmatica)  deyiladi. 

O‘pkaning  uchi  (apex  pulmonis)  birinchi  qovurg‗adan  3–4  sm  Yuqoriroqda  turadi 

yoki  orqa  tomondan VII  bo‘yin umurtqasining  ro‘parasiga to‘g‗ri  keladi. O‘pkaning 

uchida  unchalik  botmagan  o`mrov  osti  egati  (sulcus  subclavius)  ko‘rinadi. 

O‘pkalarning  qovurg‗alarga  tegib  turgan  Yuza  (facies  costalis)  va  bir-biriga  qarab 



 

383 


turgan  ko‘ks  oralig‗idagi  medial  Yuzasi  (facies  medialis)  tafovut  qilinadi.  Bu 

Yuzalarning biri ikkinchisidan qirralararo chegaralanadi. Chap o‘pka old qirrasining 

(margo  anterior)  pastrog‗ida  Yurak  o‘ymasi  (incisura  cardiaca  pulmonis  sinistra) 

ko‘rinadi.  O‘yma  past  tomondan  o‘pka  tilchasi  (lingula  pulmonis  sinistra)  orqali 

chegaralanadi. O‘pkalarning medial (ko‘ks oralig‗i) Yuzasida o‘pka arteriyasi, venasi 

va  bronxlar  kirib  chiqadigan  o‘pka  darvozasi  (hylus  pulmonis)  joylashgan.  Ana  shu 

qon va limfa tomirlari o‘zaro qo‘shilib, o‘pka ildizi (radix pulmonis) ni hosil qiladi. 

O‘ng o‘pka chuqur egatchalar (fissura interlobares) yordamida uch bo‘lakka (Yuqori, 

o‘rta va pastki), chap o‘pka esa ikki bo‘lakka (Yuqori va pastki) bo‘lingan. Ulardan 

biri  Yuqorida  joylashgan  qiyshiq  yoriq  (fissura  obliqua)  bo‘lib,  ikkala  o‘pkada  ham 

o‘pka  uchlaridan  6–7  sm  pastroqda  boshlanadi  va  o‘pkaning  diafragma  Yuzasiga 

qarab  qiyshiq  yo‘naladi.  Natijada  o‘pkalar  ikki  bo‘lakka  bo‘linadi.  Bu  egatdan 

tashqari  o‘ng  o‘pka  taxminan  IV  qovurg‗ada  joylashgan  ikkinchi  gorizontal  yoriq 

(fissura  horizontalis)  bilan  yana  bir  bo‘lakka  bo‘linadi.  Shunday  qilib,  chap  o‘pka 

ikki  bo‘lakka  (tepa  –  lobus  superior,  pastki  –  lobus  inferior)  bo‘laklarga  bo‘linadi. 

O‘ng o‘pka esa tepa (lobus superior), o‘rta (lobus medius) va pastki bo‘laklar (lobus 

inferior)  dan  iborat.  O‘ng  o‘pkaning  tagida  (diafragma  ostida)  jigar  joylashgan. 

Shuning  uchun  o‘ng  o‘pkaning  eni  chap  o‘pkaga  qaraganda  kattaroq,  hajmi  ko‘p, 

bo‘yi  esa  qisqaroq  bo‘ladi.  O‘ng  va  chap  o‘pka  o‘n  segmentdan  iborat.  Segment 

hajmi 0,5–1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan segmentlar esa bo‘lakchalardan tashkil 

topgan.  Bu  bo‘lakchalar  bir-biridan  biriktiruvchi  to‘qimadan  tuzilgan  devorcha  va 

qon  tomir  bilan  ajralib  turadi.  Bo‘lakchalararo  devorchalar  nafas  olishda 

bo‘lakchalarning harakatchan bo‘lishini ta‘minlab turadi. 

B  r  o  n  x  l  a  r  n  i  n  g  b  o‘  l  i  n  i  s  h  i  (144).  Asosiy  bronxlar  (bronchus 

principialis)  o‘ng  va  chap  o‘pkalar  darvozasidan  kirib,  daraxt  shoxi  kabi  o‘pka 

bo‘laklari  (bronchi  lobares)  tarmoqlariga  bo‘linadi.  O‘ng  o‘pkaga  kirgan  bronx  uch 

bo‘lakka  bo‘linadi.  Bularning  bittasi  o‘pka  Yuqori  bo‘lagiga,  ikkinchisi  o‘rta 

bo‘lagiga va uchinchisi pastki o‘pka bo‘lagiga yo‘naladi. Chap o‘pkaga kirgan bronx 

ikki  bo‘lak  bronx  tarmog‗ini  beradi.  Ularning  bittasi  o‘pkaning  Yuqori  bo‘lagiga, 

ikkinchisi pastki bo‘lagiga kiradi.  

Bo‘lak bronxlar (diametri 1 mm gacha shoxlanib) o‘z navbatida segment bronx 

(bronchi  segmentales)  larga  bo‘linadi.  O‘pka  tashqarisidagi  bronxlar  devorida  halqa 

shaklida  tog‗aylar  joylashgan.  Bo‘lak  bronxlarning  o‘pka  ichidagi  skeleti  esa  panja 

shaklli  tog‗aylardan  iborat.  O‘pka  segment  bronxlari  va  ularning  tarmoqlarida 

tog‗aylar  alohida  bo‘laklar  shaklida  joylashgan  bo‘ladi.  Segment  bronxlar  8  marta 

bo‘linib,  o‘pka  bo‘lakchalari  (bronchus  lobularis)  bronxlarini  beradi.  Bronxlarda 

muskul qavat aylanma shaklda joylashgan. 

Bo‘lak  bronxlar  ikkala  o‘pkada  taxminan  1000  taga  yaqin  bo‘ladi.  O‘pka 

bo‘lakchalarining ichida bo‘lak bronxlarning har bittasi diametri 0,3–0,5 mm bo‘lgan 

12–16  tadan  oxirgi  (chegara)  bronx  (bronchioli  terminales)  larga  tarqaladi.  Oxirgi 

bronxlardan  boshlab  eng  katta  (asosiy)  bronxlar  yig‗indisi  bronxlar  daraxtini  hosil 

qiladi. Bronxlar daraxti nafas yo‘li hisoblanadi. Chegara bronxchalar devorida tog‗ay 

plastinkalar va shilliq bezlar uchramaydi. 

Har  bir  chegara  bronx  o‘z  navbatida  ikkita  nafas  bronxiolasi  (bronchioli 

respiratorii)  ga  bo‘linadi.  Nafas  bronxiolasi  torayib  nafas  naychasi  (ductuli 



 

384 


alveolares)  ga,  u  esa  kengayib,  nafas  pufakchalari  (sacculi  alveolares)  alveolalariga 

aylanadi.  

Nafas  bronxiolasi  va  undan  tarqalgan  nafas  naychasi  pufakchalari  va  alveolasi 

qo‘shilib,  uzum  boshi  shaklidagi  o‘pkaning  struktura  va  funksional  birligi  –  atsinus 

(acinus)  yoki  alveolalar  daraxtini  hosilqiladi.  12–18  atsinus  birgalikda  o‘pka 

bo‘lakchasini  (lobulus  pulmonis  primarius),  bir  necha  bo‘lakchalar  qo‘shilib,  o‘pka 

segmentini hosil qiladi. 

O‘pka  segmentlari  o‘zaro  qo‘shilib,  o‘pka  bo‘lagini,  o‘pka  bo‘laklari  o‘pkani 

hosil  qiladi.  O‘pkalarda  800  000  atsinus  yoki  300–500  mln.  alveola  bo‘ladi.  Ular 

sathi 30–100 m2. O‘pka bronxlari havo almashish jaraYonidan tashqari, organizmda 

suv, tuz va xlor miqdori bir me‘yorda saqlanishiga ham yordam beradi. 


Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish