YAqinlashtiruvchi mushaklar orasidagi kanal.Boldir sohosidagi kanallar.Oyoq
suprapiriforme) va pastki (foramen infrapiriforme) qismida kamgak teshiklar hosil
qiladi. Bu teshiklardan dumba muskullariga boruvchi qon tomir va nervlar o‘tadi.
Qovuq suyagidagi sulcus obturatorius yopqich parda va ichki, tashqi yopqich
muskullar yordamida yopqich kanal (kanalis obturatorius) ga aylanib, undan shu
Yonbosh suyakning Yuqoridagi old o‘sig‗i (spina iliaca anterior superior) bilan
qov suyagining o‘simtasi (tuberculum pubicum) oralig‗ida Chov boylami joylashgan.
Lig. inguinale ostidagi bo‘shliq Yonbosh fassiyasining bir tomoni Chov boylamiga,
324
ikkinchi tomoni esa eminentia iliopubica ga yopishib, Yonbosh qov-ravoqsimon
boylam yoyi (arcus iliopectineus) ni hosil qiladi. Ana shu boylam yoy vositasida
ikkita kavakka (bo‘shliqqa) bo‘linadi. Medial kavak (lacuna vasorum) dan son
arteriyasi bilan son venasi o‘tsa, ikkinchi lateral kavak (lacuna musculorum) dan m.
iliopsoas bilan son nervi (n. femoralis) o‘tadi.
Sonning old Yuzasining Yuqorigi qismida son kanali (canalis femoralis)
joylashgan bo‘lib, uning ichki teshigi (anulus femoralis) tomir kavagining medial
burchagida joylashadi. Kanalning ichki teshigini medial tomondan Chov boylamining
davomi – kavaksimon boylam (lig.lacunare) chegaralasa, lateral tomondan son venasi
(v. femoralis) hosil qiladi. Teshikning old va tepa chegarasini lig. inguinale tashkil
etsa, orqadan Chov suyagi ustidagi taroqsimon qirrali boylam (lig. pectineale – lig.
lacunare ning davomi) bilan chegaralanadi. Son kanalining ichki teshigi (sog‗lom
odamlarda) biriktiruvchi to‘qima parda, limfa tuguni va limfa tomirlari bilan
qoplangan bo‘ladi. Chov kanalining tashqi teshigi yoki hiatus saphenus son serbar
pardasining ovalsimon chuqurchasi bo‘lib hisoblanadi. Ovalsimon chuqurcha margo
falciformis (o‘roqsimon qirra) bilan chegaralanadi, cornu superius et inferius uning
tepa va pastki qismlaridir. Bu chuqurcha, odatda, g‗alvirsimon parda (lamina
cribrosa), limfa tugunlari va limfa tomirlari bilan yopilib turadi. Bundan tashqari,
ovalsimon chuqurcha orqali sonning (Yuza) teri osti venasi o‘tib, son venasiga
qo‘shilib ketadi.
Son kanalining uchta devori bo‘lib, lateral devorini son venasi (v. femoralis),
oldingi va orqa devorlarini esa son serbar fassiyasining chuqur va Yuza varaqlari
hosil qiladi. Kanalning oldingi devorini hosil qilishda son fassiyasining Yuza varag‗i,
lig. inguinale va cornu superius lar ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Sog‗lom kishilarda son kanali, uning ichki va tashqi teshiklari biriktiruvchi
to‘qima, limfa bezlari va limfa tomirlari bilan qoplanib turadi. Odamda son churrasi
bo‘lganda son kanalining ichki teshigi kengayib qorin pardasi, ichak yoki charvining
bir qismi kanaldan o‘tib, tashqi teshikdan teri ostiga chiqadi. Bu hodisa ko‘proq qorin
bosimi ortib ketganda (og‗ir Yuk ko‘tarish yoki ayollarda tug‗ish vaqtida kuchanish
paytida) bo‘ladi. Son churrasi ayollarda ko‘proq uchraydi, chunki ayollar chanog‗i
erkaklar chanog‗iga qaraganda keng bo‘ladi. Binobarin, son kanalining ichki teshigi
ham kattaroq bo‘ladi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: