Jimjiloq tomondagi muskullar:
Jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul (m. abductor digiti minimi) oyoq
kaftining Yonbosh qismida joylashgan bo‘lib, tovon suyagidan boshlanadi va
jimjiloqning birinchi falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Jimjiloqni boshqa barmoqlardan tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. plantaris lateralis.
Jimjiloqni bukuvchi kalta muskul (m. flexor digiti minimi) beshinchi kaft
suyagining asosidan boshlanadi va jimjiloqning birinchi falangasi asosiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Oyoq kaftining lateral Yuzasini mustahkamlaydi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r i: a. plantaris lateralis.
Do'stlaringiz bilan baham: |