MUKAMMALLIKDAN BUYUKLIKKA,
BUYUKLIKDAN ABADIYLIKKA!
A.A.B.
Tayanch so’z va iboralar:
- moliya - (finance);
- moliyaviy tizim - (financial system);
- aktivlar - (assets);
- investitsiyalar uchun aktivlar tanlash - (assets allocation);
- majburiyatlar - (liability).
- "Moliya”ni o‘rganishning obyektiv zarurligi va bozor iqtisodiyotida uning o‘rni
“Moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi.
“Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi.
“Moliya” – mazon (vaqt) va makon (noaniq sharoit)da pul mablag’larine shakllantirish (1), shakllangan pul fondlarini taqsimlash (2) va taqsimlangan moliyaviy resurslarni nazorat qilish (3) bilan bog’liq bo’lgan barcha iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarning majmuasiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |