6. Uyga vazifa: O`tilganlarni takrorlash.
O`TIBDO` __________
Sinf: VIII 102 - dars
Sana: ___________
Fan: Algebra.
Mavzu: Yakunlovchi dars.
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad:
O`quvchilarda o`tilganlar mavzular haqidagi bilimlarni shakllantirish, ularga o`tilganlar mavzular ustida misollar yechishni o`rgatish hamda matematik bilimlarni berishda davom etish.
b) tarbiyaviy maqsad:
o`quvchilarni o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad:
o`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
Mustahkamlovchi dars.
Dars o`tish metodi:
“Aqliy hujum”
Darsning jixozi:
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun gul maketlari
Darsning texnik jixozi:
Kadoskop.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil gul tasvirlaridan foydalaniladi.
Besh yulduz ichida atir gul - “5”ball.
To`rtburchak ichida lola gul - “4”ball
Uchburchak ichida chinni gul - “3”ball
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. Viyet teoremasini ayting.
2. Ikkinchi darajali eng soda tenglamalarni qanday yechamiz?
3. Kvadrat tenglamalar deb nimaga aytiladi?
4. Chala kvadrat tenglama deb nimaga aytiladi?
5. Keltirilgan kvadrat tenglama deb nimaga aytiladi?
6. Taqribiy qiymat deganda nimani tushunasiz?
7. Absolyut xatolik nima?
8. Sonning standart shaklini ayting.
3.Yangi mavzuni bayon qilish.
Tenglamalar sistemasini yeching:
Sistemaning birinchi tenglamasini bunday yozamiz:
Bunga x-y=2 ni qo`yib, x+y=8 ni hosil qilamiz. Shunday qilib,
Bu sistemani qo`shish usuli bilan yechib, x=5, y=3 ekanini topamiz.
Javob. (5; 3).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darsni mustahkamlash uchun mavzu bo`yicha misollar yechish.
Yangi mavzuga doir darslikdagi - misollarni har qatordan bittadan o`quvchilar chiqib doskada yechadilar. Qolgan o`quvchilar misollarni daftarlarida yechadilar, doskadan oldin bajargan o`quvchilarning misollari o`qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.
5. Darsni yakunlash va darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.
O`quvchilarning olgan baholarini jurnalga va kundalikka qo`yish.
6. Uyga vazifa: - misollar
O`TIBDO` __________
Do'stlaringiz bilan baham: |