Darsning borishi.
Tashkiliy qism (3 min) Darsni to’g’ri tashkil etish, davomatni aniqlash.
Guruhlarga bo'lish va joylashtirish.
Guruh nomlarini ta’riflash.
Baholash me’zoni: ikkala guruh ekkan meva daraxtidan mo'l hosil
olish, ya'ni eng bilimli, kuchli guruhni aniqlash.
O’tilgan mavzuni takrorlash (10 min)
O’tilgan mavzu: Sanoat miqyosida ko’p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo’lgan mahsulotlar namunasini tayyorlash.
Har bir darsga tayyorlanib bo'lgandan so'ng o'qituvchi o’z
oldiga vazifa qilib interfaol metodi asosida darsni ochadi.
Bugungi darsimizni yangi pedtexnologiyalarimizdan biri bo'lgan noan’anaviy asosida olib boramiz.
I-guruh - "yosh dizaynerlar"
Il-guruh - "styuardessalar”
Guruh sardorlari o'zlarini va guruh a'zolarini sheriy tanishuvlar bilan boshlashdi.
Ustoz marifatning sayqali bo'lib
Ustoz har kitoning sarhali bo'lib
Donolik tarifin qancha yozmaylik
Ustoz kamtarlikni haykali bo'lur.
Chevarlikni tanlabsiz
Matolarimiz singari
Matoni siz ushlabsiz
Chin dildan ihlos bilan
Go'zal libos tikkani.
Shartimizni muloqot-u munozaralarga o'tilgan mavzularda savol va javoblardan iborat bo'lgan "Aql charhi" o'yinini klaster usulidan foydalanib davom ettiramiz.
Rivoyat va sahna ko'rinishi namoyish etiladi va maqollar aytib
mavzuni mustahkamlanadi.
Yangi mavzuning bayoni: (20 min)
"Kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta’rifi”
Kasbni to’g’ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko’p jihatdan kasbning qanchalik to’g’ri tanlanishiga bog’liq.
Kasbni to’g’ri tanlash har bir maktab o’quvchisining qiziqishiga, moyilligiga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo’lishi uchun uning sog’lig’ini, o’zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko’ra ko’proq qaror topadi va namoyon bo’ladi.
Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo’lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo’r qiziqish bilan qarasa, o’z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o’shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo’ladi, bunday holda har bir shaxs jamiyatga eng ko’p naf keltiradi. Bu fikrlardan kasb tanlashning g’oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam shug’ullanayotgan ishini yaxshi ko’rsa, bundan u xursand bo’ladi, qoniqish hosil qiladi, zo’r tashabbus ko’rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi.
Maktab o’quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo’lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo’lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo’lida shaxsiy muddaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma’lumotli bo’lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma’lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas.
Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rangbarang kasblar olamida qanday qilib mo’ljal olish kerak? Hayot yo’lini mehnat faoliyatini to’g’ri boshlash uchun qaysi kasbni tanlagan ma'qul? Bu kabi savollarga javob topish uchun avval kasblar haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak.
Mehnat predmeti bo'yicha kasblar olami 5 turga bo'linadi.
1 belgi - odam - tehnika .
Tehnik sistemalar bilan munosabatda bo'lish talab etiladigan mehnat faoliyatidir. Bunga asbobsoz-chilangar, chilangar tokar , radio-tehnik,
avomobillarni sinash, ta’mirlovchi-chilangarlar va boshqalar kiradi.
2 belgi – odam-tabiat.
Tabiat bilan munosabatda bo'lish talab etiladigan mehnat faoliyatidir. Bunga uzumchi, asalarichi, paxtakor, zootehnik, bog’bon, dehqon va boshqalar kiradi.
3 belgi - odam - odam.
Inson bilan munosabatda bo'lish talab etiladigan mehnat faoliyatidir.
Bunga tarbiyachi, o'qituvchi, shifokor va boshqalar kiradi.
4 belgi - odam - belgi tizimi.
Belgi tizimi bilan munosabatda bo'lish talab etiladigan mehnat
faoliyati. Bunga ofset bosma bosuvchi, poligrafiyada harf teruvchi,
kotiba, telegrafchi va boshqalar kiradi.
5 belgi - Odam - badiiy obraz.
Badiiy obraz bilan munosabatda bo'lish talab etiladigan mehnat faoliyatidir. Bularga rassom, kashtachi, dizayner, loyihalovchi, bastakor va boshqalar kiradi.
Shartimizning Kasblar olamining mehnat pridmeti bo'yicha joylashtirishni "To'g'ri top" deb atadik. Bu o'yin (mozaika) deb ataladi.
Odam-odam
Odam-tabiat
Odam-tehnika
Odam - belgili tizimi
Odam-badiiy obrazi bo'limlariga to'g'ri topib kirg’azishlari kerak.
So’ng o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni chet tilini qay darajada o’rganayotganini bilish maqsadida ingliz tilida savol beradi.
What do you want to be? Ya’ni kim bo’lmoqchisan?
“Kemada kasblar olamiga sayohat” o’yini. O’quvchilar turli xildagi kasblar rasmini olib, ularni ta’riflashadi. Eng chiroyli ta’rif egasi kema kapitani bo’ladi.
“Pantomima” o’yini. Bunda o’quvchilar berilgan kartochkalardagi kasblarni so’z ishlatmagan holda ko’rsatib berishadi.
O’qituvchi tomonidan ballar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |