Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish va matn tuzayotganda imlo qoidalariga rioya qilishni o`rgatish
Darsda faollik qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning uslubi: Interfaol.
Dars turi: Yangi bilim berish .
Dars jihozi: Kompyuter, tarqatmalar, rasmlar, test savollari, sharlar uy bo`laklari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Sinf guruhlarga ajratilgan
O’qituvchi: Qani ayting bolalar
Kim navbatchi bo’ladi?
Bugungi kun hisobin
Menga aytib beradi?
Navbatchi: Bugun hafta kunining to`rtinchisi, dekabr oyining yigirma uchinchi sanasi bo’ladi. Olloh ushbu kunga katta nazar solibdi. Yaxshilik farishtasi yer yuzida qolibdi. Barcha ezgu niyatlar ushbu kunning o’zida ijobat ham bo’libdi. Hozir buyuk mutaffakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy asos solgan ona tili darsimiz .
O’qituvchi: Ona tilimizni madh etuvchi she’rlardan bilamizmi?
O’quvchi: Ming yillarkim, bulbul kalomi,
O’zgarmaydi, yaxlit hamisha .
Ammo sho’rlik to’tining holi,
O’zgalarga taqlid hamisha .
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo’qolgan kuning shubhasiz ,
Men ham to’ti bo’lib qolaman.
O’qituvchi: Tilimiz haqida yana qanday fikrlarni bilasiz?
O’quvchi: Til umr bo’yi o’rganiladigan fan .Sayqal bergan sayin ochilib yashnaydigan sa’nat durdonasidir. Til-millatning qalbi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho xazinadir.
O’qituvchi: Raqamlarning tilga kiritamiz.
9, 14, 21, 1, 8, 21.
9-fevral A. Navoiy tavallud topgan kun.
14-fevral Z. M. Boburning tavallud kuni.
21-fevral Xalqaro ona tili kuni.
1-mart Sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaxonimning tavallud kunlari.
8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami.
21-mart Umumxalq “Navro’z” bayrami.
O’qituvchi: Eng katta boylik- aql va zakavot.
Eng katta meros- yaxshi tarbiya.
Eng katta qashshoqlik bu bilimsizlikdir. Ushbu fikrlar kimga tegishli?
O’quvchi: Prezidentimiz SH.M. Miromonovich o’z murojaatnomalarida yoshlarga qarata shunday fikrlarni bildirganlar.
Beshta tashabbus haqida she’r
O dil qaror yurtboshimizdan
Saboq bo’lsin beshta tashabbus
Ibrat bo’lib har doim bizga
Mayoq bo’lsin beshta tashabbus.
Imkonimiz yer bilan osmon
Yuksaklarni etaylik makon
Buyuk maqsad yo’lida har on
Hamroh bo’lsin beshta tashabbus.
II. O’tilgan mavzuni so’rash
“Aqliy hujum” metodi O’quvchilarga uyquga ketgan daraxt rasmi tushirilgan oq qog’oz tarqatiladi.
Dars jarayonida o’quvchilar qish faslida uyquga ketgan daraxtni savollarga javob berish orqali daraxtni gullar bilan bezab uyg’otadilar.
Savollardan namunalar:
Nutq a’zolari nechta?
Javob: 9ta
Burun tovushlarini ayting?
Javob: M,N,Ng
SH harifi qanday undoshni ifodalaydi?
Javob: til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh.
S va H undosh yonma yon kelganda ular orasiga qaysi tinish belgi qo’yiladi?
Javob: tutuq belgisi (‘) qo’yiladi
CH harifiga ta’rif bering.
Javob: CH harflar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
Alifboda nechta harflar birikmasi bor ?
Javob: uchta Sh, CH, Ng,
Buloq so’ziga egalik qo’shimchasini qo’shsak o’zak oxirida qanday o’zgarish hosil bo’ladi ?
Javob: Q undoshi V undoshiga aylanadi. Bulog’I.
Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima?
Javob: Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so’zlarning ma’nolarini farqlashdir.
So’zlar nechta usulda bog’lanadi?
Javob: Teng va tobe bog’lanadi.
Tilning tovush tuzilishi tilshunoslik fanining qaysi bo’limida o’rganiladi?
Javob: Fonetika bo’limida .
III. Yangi mavzuning bayoni
A unlisi bilan tugagan fe’llarga -v,-q-qi-vchi qo’shimchalari qo’shilganda a unlisi o aytiladi va yoziladi : sayla – saylov, qayna- qaynoq sayra- sayroqi. Shuningdek, o`qi- o`quv, sovi- sovuq, to`qi -to`quvchi, sp`zlarida I unlisi u unlisi aylanishi mumkin
G tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar 3 xil aytiladi va yoziladi: brogan, eshikka, chiqqan
Eslatma: bargga, tog`ga, og`gan, sig`guncha, pedagogga kabi so`zlar qanday aytilishidan qat’I nazar asliday yoziladi
Boz qo`shimchasi – voz- kabi aytilsa-da , asl shakli bo’yicha yoziladi dorboz
Parvo, obro’, mavqe, mavzu, avzo so’zlariga egalik qo’shimchalari qo’shilganda y tovushi ortadi va shunday yoziladi: parvoyim, mavqeyi
Da, dan, di qo’shimchalari jarangsiz undoshlarga qo`shilganda ta, tan, ti shaklida aytilsa ham asliday yoziladi
232-mashq Berilgan so’zlarni yozing, talaffuzini tahlil qiling va farqini tushintiring bular ishtirokida gaplar tuzing .
Kitobxon Tanaffuz
Sinov Kilogramm
Bo’yoq Grammatika
Og’riq Milliard
Chirilla Million
Marra Yovvoyi
Slayd orqali o’quvchilar asos va qo`shimchada o`zgarish kuzatiladigan so’zlarga misollar tuzishadi.
IV Musthkamlash
Sinf tahtasiga ilingan doskada uyning bo`laklariga yozilgan savollar orqali mavzuni mustahkamlaymiz.
Qo’sh undoshli so’zlarni tushuntiring.
Asos nima qo`shimcha nima?
Tovush tushishi deb nimaga aytiladi
Fonetik hodisaga uchragan so`zlar ishtirok etgan gaplar tuzing
Asos va qo`shimchalar imlosi haqida gapiring?
Asos va qo’shimchalarda o`zgarish bo’lgan so’zlardan ayting
V Baholash
O’quvchilarning dars jarayonida daraxtlari qay darajada gullaganiga qarab baholanadilar. Rag’bat tariqasida qizlarni 8-mart bayrami bilan tabriklab gullar tasviri tushirilgan rasmlar tarqatildi.
VI uyga vazifa
234-mashq “Tarbiya” darsligingizdan asos va qo`shimcha qo`shilganda tovush o’zgarishi sodir bo’lgan so’zlar ishtirok etgan 5 ta gap topib ko’chiring
G’olib bo’lgan guruhga rag’bat,
Mag’lub bo’lgan guruhga jarima beriladi.
O’TIBDO’ ______________ Sattorova Munira Iskandarovna
Ekspert guruh a’zolari : _________________ Baltabayeva Manzura
___________________Hurboyeva Surayyo
Do'stlaringiz bilan baham: |