Toshkent shahar Yangihayot tumani 330- umumiy o’rta ta’lim maktabi yanvar oyida “Sog’ligimiz boyligimiz” shiori ostida o’tkazilgan “Tabiiy fanlar oyligi” Bayonnomasi
Toshkent shahar Yangihayot tumani 330- umumiy o’rta ta’lim maktabi yanvar oyida “Sog’ligimiz boyligimiz” shiori ostida o’tkazilgan “Tabiiy fanlar oyligi” Bayonnomasi. Qatnashdilar: 9 nafar uslub birlashma a’zolari
Kun tartibi: “Tabiiy fanlar oyligi” chora tadbir rejasi ishlab chiqildi.
“Tabiiy fanlar oyligi” ga “Sog’ligimiz boyligimiz” shiori berildi.
Fan oyligini mazmunli va samarali o’tishi masalalari ko’rildi.
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan uslub birlashma raisi S. Xalliyeva so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25-yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb – hunar ta’lim tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida” va 2018 yil 5 –sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi farmonlari qabul qilindi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun 2020-2021 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv reja hamda tushuntirish xati tasdiqlanganini gapirib o’tdi.
2021-2022 o’quv yiliga uslub birlashma o’qituvchilarining dars taqsimoti tahlili ko’rib chiqildi va sinflar, fanlar kesimida taqsimlandi.
Tabiiy fanlar uslub birlashmasida yangi qaror va nizom asosida ishlar tashkil qilinishi aytib o’tildi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzliksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qaror bilan tanishtirildi.
2020 yilning 29-iyunda “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagogic mutaxasisliklari bo’yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga q’o’shimcha va o’zgartirishlar kiritish haqida”gi 3058-I –sonli qaror Adliya vazirligida davlat ro’yhatidan o’tkazilganligi aytildi.
Bundan tashqari yanvar oyida Tabiiy fanlar oyligi XTV ning 2020-yil 13-avgustdagi 183- sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida maktabimizda “Tabiiy fanlar ( kimyo, fizika , biologiya) oyligi” samarali , mazmunli , qiziqarli va foydali o’tkazish kerakligi haqida gapirilib o’tildi.
Qaror qilindi:Fan oyligini mazmunli va samarali o’tishida barcha fan o’qituvchilari birdek ishlashlashlari, fan oylining birinchi kunlaridanoq ko’rgazmalar tashkil etilishiga kelishib olindi. Maktab foyesiga fan oyligi uchun tayyorlab qo’yilgan ko’rgazmalar rasmlar , bukletlar, devoriy gazetalar osib qo’yililadigan bo’ldi. Ochiq darslar jadvali tuzildi. Fan oyligi tugashi munosabati bilan yakuniy tadbir tabiiy fanlar oyligining yopilishi bo’ladigan bo’ldi. Tadbirda 6,7,8,9,10-sinf o’quvchilari tanlanib olinadigan bo’lishdi. Tadbirda 6 –sinflar orasida fizika fanidan bellashuv o’tkazilishi rejalashtirildi. Tadbir qiziqarli tajriba bilan yakunlanadi.
Amalyotchi : Axmadjanova Dildora G'ayrat qizi