Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 100-sonli umumiy



Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana03.03.2022
Hajmi2,8 Mb.
#479917
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sirdaryo tarixi

QISHLOQ XOʻJALIGI
Paxtachilik, 
gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, 
sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 
Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 
ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga
gʻalla, 6,0 ming ga
yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 
450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari
ekiladi. 1233 ga
bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, 
sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, 
kungabokar va boshqa ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari
sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir. Viloyatda
yetishtiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va Uzok, 
Sharqdagi shaharlarga ham 
joʻnatiladi. Bogʻdorchilik va
tokchilik rivojlangan. Sirdaryo viloyatidagi jami jamoa va
shaxsiy
xoʻjaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming
sigir), 120,5 ming
qoʻy va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming
ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik
xoʻjaligi mavjud.


TRANSPORTI
Viloyat hududidagi temir yo'l uzunligi 172 km, 
qattiq qoplamali avtomobil
yoʻllari uzunligi 1,6 
ming km. Sirdaryo viloyati hududidan Toshkent

Kitob, Toshkent 
— Nukus, Toshkent — Buxoro, 
Toshkent 
— Termiz, Toshkent — Samarqand, 
Toshkent 
— Andijon, Toshkent — Xovos
poyezdlari
oʻtadi. Toshkent — Samarqand, 
Toshkent 
— Guliston elektr poyezdlari qatnovi
yoʻlga qoʻyilgan. Katta Oʻzbekiston trakti ham 
viloyat hududidan
oʻtgan. Sirdaryo viloyati orqali
Toshkentdan Jizzax, Samarqand, Navoiy, 
Buxoro, Termiz, Kitob, Shahrisabz, Urganch, 
Nukusga katnaydigan avtobuslar
oʻtadi. Bundam
tashkari, viloyat markazi bilan tuman markazlari
oʻrtasida hamda Guliston va Yangiyerdan
Toshkentga avtobuslar katnaydi.


SPORT
Sirdaryo viloyati sportchilari sportning 33 turi
boʻyicha turli darajadagi
musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Shulardan kikboksing, kurash, 
belbogʻli kurash, 
boks, akademik eshkak eshish, armrestling, taekvondo, yengil atletika, shaxmat, 
shashka, karate, velosport va boshqa turlari
boʻyicha har xil turdagi medal 
sovrindorlari
boʻlishdi.
Viloyat sportchilari vakillari Respublika terma jamoalarining 19 tasida ishtirok
etmoqdalar. Sirdaryo viloyati sportchilari turli yillarda jahon, xalqaro va Osiyo
musobaqalarida qatnashib sovrinli
oʻrinlarni egallashdi. Jumladan, kikboksing
boʻyicha Gretsiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida Jahongir Koʻchmurodov, Alisher
Abdullayevlar oltin medallar, Sobir Qodirov bronza medali, Rossiyada armrestling
boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida Farid Usmanov kumush medal, shashka
boʻyicha Hindistonda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Alisher Ortiqov kumush medal,
boks
boʻyicha Italiyadagi jahon chempionatida Sherzod Abdurahmonov kumush
hamda Boku shahridagi xalqaro turnirda bronza medal sovrindorlari
boʻlishdi.
Italiyada akademik eshkak eshish
boʻyicha xalqaro turnirda Sergey Tyan, Yuriy
Shaxsuvaryan, Sergey Yaqubov va Vitaliy Silayevlar bronza medallarini, Rossiyadagi
xalqaro shaxmat turnirida Sobir Umarov 1-
oʻrinni, Angliyadagi kurash boʻyicha "Islom
Karimov" xalqaro turnirida Alisher
Boʻronov 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Sirdaryo
viloyatida sportning texnik turlari (karting)
boʻyicha Respublika chempionatlari
oʻtkazilib kelinmoqda.


Viloyatda 22 bolalar va
oʻsmirlar sport maktabi faoliyat
koʻrsatadi. Ularda 11 mingga yaqin oʻquvchi sportning har xil turlari
bilan
shugʻullanadi. Guliston shahrida viloyag sport qoʻmitasiga
qarashli Olimpiya
oʻrinbosarlari bolalar va oʻsmirlar maxsus sport 
maktabi ishlab turibdi.
Sirdaryo viloyatida sportchilar va aholi ixtiyorida 1493 sport 
inshootlari (shu jumladan, "Alpomish" sport majmui, "Boks" saroyi, 
"Yoshlar sport markazi", tennis kortlar va boshqalar), 1230 sport 
maydonchasi, 11 suzish havzasi, 12 stadion bor. Viloyatda barcha
turdagi sport tashkilotlari sport seksiyalarida 181,3 mingdan ziyod
bola 
shugʻullanib kelmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish boʻyicha
umumiy
taʼlim maktablari, kollej va litseylar boʻyicha oʻquv dasturlari
ishlab chiqildi, tegishli choratadbirlar belgilandi. 
Taʼlim
muassasalarini, sport maktablarini malakali kadrlar bilan
taʼminlashda Guliston davlat universitetida ochilgan boshlangʻich
taʼlim va sporttarbiyaviy ishlar, jismoniytarbiya va jismoniy madaniyat
yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi boʻlimning muayyan oʻrni bor.
SPORT


Sirdaryo viloyati adabiy muhitining yuksalishida "Sirdaryo haqiqati" 
gazetaning tashkil etilishi (1963) munosabati bilan bu yerga
yuborilgan bir guruh yozuvchi va jurnalistlarning
taʼsiri katta boʻldi.
Sirdaryo adabiyoti respublika adabiyotining tarkibiy qismi sifatida
faoliyat
koʻrsatmoqda. Viloyatda "Ziyo" nashriyoti tashkil etilgan. 
Mustaqillik yillarida
oʻnlab yosh, iqtidorli shoirlar oʻz ijodi bilan viloyat
sheʼriyat muxlislarga tanilib kelmoqda.
Oʻzbekiston xalq shoiri
Toʻra Sulaymon
oʻzining 20 dan ortiq sheʼriy
toʻplamlari va dostonlari bilan oʻzbek adabiyotiga qissa qoʻshgan. 
Uning "Istar
koʻngil", "Hamqishlokdarim", "Qorasoch" va boshqa
kitoblari adabiyot muxlislarining mulkiga aylangan.
Shoira
Halima Xudoyberdiyeva
poeziyasining mavzui vatan, dala, 
bobodehqon, ayol, muhabbat, mangulikdir. "
Oʻzimizning bogʻlar", 
"Ona, seni sharaflayman", "Qalbingga chorlaysan" turkum
sheʼrlari, 
"Oq olmalar", "Chaman" va boshqa
sheʼriy toʻplamlarida insonning
ruhiy dunyosi aks etgan.

Download 2,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish