CD-R va CD-RW
Kompakt disklarining asosiy kamchiligi ularga uy sharoitida ma’lumotni yozib bo’lmasligida edi. Ma’lumotlarni magnit tasmalari yoki disklarga mustaqil qayta yozib o’rganib qolgan foydalanuvchilar, optic disklardan ham shunday imkoniyatlarni kutar edilar. Tez orada bunday imkoniyat paydo bo’ldi-dastlab bir marta yozishga mo’ljallagan CD-R (CD-Recordable), keyinchalik CD-RW(CD-ReWritable) ko’p marta yozishga mo’ljallangan disklar paydo bo’ldi.
Tashqi ko’rinishidan qayta yozadigan disklar oddiy CD-ROM larga o’xshasa ham, ichki tuzilishi va ma’lumotni yozish usuli bilan ular tubdan farq qiladi.
CD-R ning plastik tagligidan foydali ma’lumot bo’lmaydi, uning o’rniga faqat bo’sh yo’laklar bo’ladi. Ular ma’lumotni o’qishda lazerli kallak(golovka) bir yo’lakdan boshqasiga o’tib ketmasligi orientatsiyani saqlashi uchun zarur. Shu ma’lumot yo’q, bo’sh yo’lakli sirt ustiga organik molekulalarning yupqa qatlami qoplanadi. Bu qatlamaktiv (qayd etuvchi) qatlam ham deb ataladi. Uning sirtiga qaytaruvchi metal qatlam, keyin himoya qatlami qoplanadi. Shunday qilib, CD-R disk CD-ROM diskdan aktiv qatlami bilan farq qilar ekan. CD-R disklarda ma’lumotlar aktiv qatlamga yoziladi. Aktiv qatlamda qo’llaniladigan organic molekulalar (tsianinlar,ftalotsianinlar) qizdirilganda, ularning optik xossalari qaytmas tarzda o’zgaradi.
Endi CD-R diskka ma’lumot qanday yozilishi va o’qilishi bilan tanishamiz. Ma’lumot yozish uchun disk sirtining ma’lum bir joylari quvvatli lazer nuri bilan yoritadi. Quvvatli yorug’lik ta’sirida o’tkazilgan aktiv qatlam moddasining shu joyi o’zining xususiyatini o’zgartiradi va natijada u nurni o’tkazmaydigan- shaffof bo’lmay qoladi. Bunday joylar ma’lumotni o’qishda CD-ROM dagi “pit”lar vazifasini bajaradi, chunki ular lazer nurini qaytarmaydi, aksincha, ularga tushgan lazer nuri sochiladi. Aktiv qatlamning lazer nuri bilan qizdirilmagan boshqa joylari shaffofligicha qoladi. Aktiv qatlamning qizdirish natijasida shaffoflik xususiyatini yo’qotgan joylarining shaffofligini qayta tiklab bo’lmaydi. Bir tomondan bu yaxshi chunki ma’lumot ishonchli saqlanadi. Boshqa tomondan, diskdagi shaffof joylarning ham shaffofligi buzilishi mumkin, masalan, katta temperaturada qizdirilsa yoki kuchli Quyosh yorug’lik nurlarita’sirida qolsa-u holda ma’lumotlar yo’qoladi. CD-R disklarga ma’lumotni qayta yozib bo’lmaydi.
Ma’lumotlarni o’chirish va qaytadan yozish uchun CD-RW lar ishlatiladi. Bunday disklarning CD-R disklaridan yagona farqi bor, xuddi ana shu farq ma’lumotni qayta yozish usulinining asosi bo’lib xizmat qiladi. CD-RW diskning qayd etuvchi (aktiv) qatlami tarkibi CD-R diskinikidan murakkabroq va qimmatbaho moddadan tayyorlanadi. Bu moddaning asosiy xossasi-fazoviy holatining o’ziga xos xususiyati, ya’ni fazoviy holatlari issiqlik ta’sirida osongina boshqariladi.
Modda krisstall va shaffof, yoki amorf va xira (shaffof bo’lmagan) bo’lishi mumkin. Amorf modda, ma’lumki, qizdirilganda suyuqlikka aylanmaydi,balki asta-sekin yumshoqlashib oquvchanligi ortib boradi. Bunday moddaga misol qilib, hammamizga ma’lum bo’lgan asal yoki plastinni keltirish mumkin. Asal misolida amorf moddalarning umumiy xossasi-vaqt o’tishi bilan kristall holatiga o’tishini ko’rishimiz mumkin. Yangi shaffof asalni bankaga solib uzoq (2-3yil) muddatga shkafga solib qo’ying, vaqti kelib uni olsangiz, asal quyuqlashib yoki umuman qattiq bo’lib qolganini ko’rasiz. Undan tashqari u xiralashib (shaffof bo’lmay) qolgan bo’ladi CD-RW disklarga ma’lumotni qayta yozish prinsipi aynan shunga asoslangan.
CD-RW diski qayd etuvchi qatlami moddasining shaffofligi, u kristall yoki amorf holatida bo’lishiga bog’liq. Biz uning bir holatdan boshqa holatga o’tishini boshqarishimiz mumkin. Agar qayd etuvchi qatlam yetarlicha yuqori haroratgacha qizdirilsa va tezda sovitilsa, unda modda amorf holatga o’tadi. Ma’lumotni yozish jarayoni xuddi shunday amalga oshiriladi. Toza diskdagi qayd etuvchi qatlam kristall holatda bo’ladi. Yozuvchi quvvatli lazer nuri sirt yuzasining ma’lum bir joyini qizdiradi va tezda o’chiriladi, disk sovib aktiv qatlamning o’sha joyi amorf holatga o’tadi. Aktiv qatlam moddasini yana kristall holatiga qaytarish uchun, u yana qizdiriladi, faqat kamroq temperaturagacha (intensivligi kamroq nuri bilan). Oqibatda modda yana kristall holatga qaytadi. Bunday jarayonni 1000 martagacha qaytarish mumkin. Xuddi shuncha marta CD-RW ga ma’lumotlarni qayta yozish mumkin. Biz yuqorida qayd etib o’tgan, amorf jismlarning vaqt o’tishi bilan kristallashish xususiyatiga asosan, CD-RW larni qanday yaxshi saqlamaylik (4-5 yil), ulardagi ma’lumot o’chib (yo’qoladi) ketadi. Ammo ma’lumotlarni yana qayta yozish mumkin.
CD-R, CD-RW disklarga ma’lumotni yozish va o’qish uchun mavzumiz boshida aytib o’tgan CD-ROM yoki CD-RW qurilmalar zarur bo’ladi. CD-ROM qurilmasi yordamida biz faqatgina diskdagi ma’lumotlarni o’qiy olamiz xolos, lekin ularga ma’lumot yoza olmaymiz. CD-RW qurilmasida esa biz ma’lumotni ham o’qiymiz, ham unga ma’lumot lar yozamiz. Ma’lumotni yozish qurilmasi ma’lumotni o’qish qurilmasiga o’xshash har ikkisida ham lazer (to’lqin uzunligi 780 nm) va qayd etuvchi optic sitemalar bor. Faqat yozish qurilmasidagi lazer quvvatliroqdir. Aktiv qatlamga ma’lumotni yozish paytidagi lazer nurining quvvati, ma’lumotni o’qish paytidagi quvvatidan taxminan 10 marta katta. Yozilgan ma’lumotlarni diskdan o’qish uchun disk sirtiga lazer nuri maxsus optic moslamalar yordamida fokuslanadi va undan qaytgan nurlar fotoqabulqilgich yordamida qayd etiladi. Ma’lumotlarni CD-ROM disklarida “pit”laridan, CD-R va CD-RW disklarda aktiv qatlamidagi xiralashgan joylardan lazer nuri yordamida “o’qiydi” va natijada kompyuter ekranida yoki ovoz chiqarish qurilmasida, siz o’zingizga zarur ma’lumot-filmni ko’rasiz yoki qo’shiqni eshitasiz.
Mavzuni mustahkamlash: “Kompakt disklar va ularning turlari” mavzusiga klaster. Oquvchilar ularni individual bajaradilar. So’ngra har bir o’quvchi o’zi bajargan ishni sherigi bilan almashadi. Eng yaxshi, eng to’g’ri deb hisoblangan 10 ta klaster baholanadi.
Uyga vazifa: Mavzuni takrorlash;
“Disklar” mavzisiga oid 5 ta test tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |