Toshkent
2010-2011 o’quv yili
Sana: ___________________
Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari. Disklar
Darsning maqsadlari.
Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni egiluvchan disk, qattiq disk (vincester) hamda kompakt disk (CD-ROM – Compakt Disk-Read Only Memory) haqida tushuncha berish, ularning ishlash prinsiplari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish va mehnatga ongli munosabatni rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning ijodkorligi va mustaqilligini rivojlantirish.
Qiziqtiruvchi maqsad:
Dars turi: Ma’ruza va savol-javob.
Fanlararo bog’lanish:
Ona tili — nutq.
Matematika – disklarning axborot sig’imlarini hisoblash, taqqoslash.
Fizika – diskning ishlash jarayonidagi fizik hodisalar (qaytaruvchi qatlam, himoya qatlami, qayd etuvchi qatlam)
Kimyo – Disk tarkibida mavjud bo’lgan kimyoviy elementlar va ularning xususiyatlari.
Mashg’ulotning ta’minlanishi:
Chizmali plakatlar, egiluvchan disklar, qattiq disklar hamda kompakt disklar, test.
Darsda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar:
“Klaster”(Tarmoqlar) metodi.
Dars bosqichlari.
Tashkiliy qism:
O’quv xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirsh.
Davomatni tekshirish .
Dars maqsadini aytish va tushuntirish.
Oldingi mavzuni tekshirish:
O’quvchilar bilimini quyidagi vositalar yordamida tekshirish.
Oldingi mavzuni umumlashtirish: O’quvchilar javoblari natijalari tahlil qilinadi, xatolar va kamchiliklar aytiladi hamda tuzatiladi, javoblar baholanadi.
Yangi mavzuni tushuntirish:
Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari. Disklar.
Reja:
Egiluvchan disk.
Qattiq disk
Compakt disk
Har birimiz kundalik turmushimizda Floppy disk yoki disketa, CD-ROM, CD-R, CD-RW, Hard disk kabi so’zlarni ko’p eshitganmiz va bu iboralarga o’rganib qolganmiz. Avval bu iboralar zamiridagi ob’ektlarni ajratib olsak. Shunday qilib, ular:
Egiluvchan disklar: HDD, Floppy, disketa.
Qattiq disk: Vinchester, Hard disk.
Kompakt disklar: CD-ROM, CD-R, CD-RW;
Fizik qurilmalar: CD-ROM, CD-RW.
Egiluvchan va qattiq disklarga axborotlar sektorlarga bo’lingan halqasimon yo’lchalar bo’ylab yoziladi, disklar temir moddasini saqlovchi qotishmadan tayyorlanib, ularning magnitlangan qismi bir, qolgani esa nollarni ifoda qiladi. Sektor va yo’lcalar tartib raqamiga ega. Har bir sector sig’imi 0,5 Kbaytni tashkil qiladi. 3,5 duymli – 89 mm, axborot sig’imi1,44 Mbayt; 5,25 duymli _ 133 mm, axborot sig’imi 1,2 Mbayt.
Qattiq disk (vinchester)lar sistema blokining ichida joylashgan bo’lib, uning hajmi bir necha yuz Gbaytgacha boradi. Kompyuer ichida birdaniga bir necha vinchesterlar joylashishi mumkin.
Kompakt disklar: CD-ROM, CD-R, CD-RW. Fizik qurilmalar: CD-ROM, CD-RW. Birinchisiga, ya’ni disklarga ma’lumotlar yoziladi ikkinchisi, esa bu yozilgan ma’lumotlarni o’quvchi qurilmadir. Lekin, har ikkisini ham og’zaki talaffusimizda, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, CD-ROM, CD-RW deb gapiramiz.
80-chi yillar boshida deyarli barcha nufuzli, maishiy radiotexnika yangiliklarini namoyish etuvchi, xalqaro ko’rgazmalarda g’ayrioddiy eksponat-unchalik katta bo’lmagan, kamalak nurlari bilan tovlanuvchi disk paydo bo’ldi. Tez orada u lazer yoki kompakt disk deb nomlanib, uning yaratuvchilari-Philips firmasi bu “mo’jiza”ning ma’lumotni yozish va o’qish sohasidagi ustunligi haqida e’lon qilindi. Yangi texnalogiyaning asosiy yutuqlaridan biri, igna o’rniga lazer nuri qo’llanishi hisobiga, disk bilan o’quvchiqurilma orasidagi mexanik kontaktning yo’qligi edi. Ishlab chiqaruvchilarni bir ustunlik, kompakt disklarni kompyuterlarda qo’llash haqida o’ylashiga turtki bo’ldi. Shundan beri optik disklar kompyuter ma’lumotlarni saqlovchi tashqi universal xotiraga aylandi.
Endi ular qanday tuzilgan va qanday fizik qonunlarga asosan ishlashi bilan tanishaylik.
Kompakt disklar: CD-ROM
1986 yilda ishlab chiqarila boshlagan dastlabki kompakt disklar CD-ROM (inglizcha Read Only Memory-faqat o’qish uchun xotira) degan nom oldi. Uning bunday nomlanishi, unda yozilgan ma’lumot faqat o’qish uchun mo’ljallanganligi va uni o’chirish yoki yangidan biror bir ma’lumotni yozish mumkin emskigini anglatadi. Uning diametric 12 sm bo’lib, unga hajmi 680 Mb bo’lgan ma’lumotni sig’dirish mumkin bo’lgan. O’sha paytlar uchun bunday sig’im juda katta hisoblangan. Bugungi kunda sharoit o’zgardi, zamonaviy kompyuterlar qattiq diski (vinchesteri)ning sig’imi o’nlab gigabaytga yetdi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay kompakt disklar hamon keng qo’llanilib kelinmoqda.
CD-ROM disklar zvodlarga maxsus “qoliplash” yo’li bilan tayyorlanadi. CD-ROM disk asosan uch qatlam: asos(taglik), qaytaruvchi va himoya qatlamlaridan tashkil topgan. Shffof polikarbanitdan tayyorlangan taglik diskning katta qismini egallaydi. Qolip usuli bilan tayyorlanadigan taglikka, disk markazidan spiral shaklidagi ma’lumot yo’lakchasi(ariqchasi) tushiriladi. Kompakt diskda ma’lumot “pit”lar (pit-chuqurcha, o’yiq) ko’rinishda yozilgan bo’ladi. Har bir “pit”ning o’lchami juda kichik-0.6 mkm tartibda spiral izlar orasidagi masofa esa-1.6mkm. taglikning kattalashtirilgan bir bo’lagi 2-rasmda ko’rsatilgan. Natijada yupqa plastik likopcha (plastinka) paydo bo’ladi. Uning bir tomoni tekis, ikkinchi tomoniga esa ko’plab mikroskopik yo’laklar tushirilgan bo’ladi. Keyin taglikka qaytaruvchi yupqa metal qatlam, purkash usuli bilan qoplanadi. Ko’pincha, bu maqsadda alyuminiy, oltin (ma’lumot uzoq saqlanishi uchun) yoki boshqa metal va qotishmalar ishlatiladi.
Uning sirtiga yupqa qilib, polikarbonat yoki maxsus lak-himoya qatlami qoplanadi. Himoya qatlamiga ko’pincha turli poligrafiya-yozuv va turli rangli rasmlar tushiriladi. Barcha qatlamlar tayyorlangach disk ishlatish uchun tayyor bo’ladi.
Ma’lumot diskning ishchi tomonidan shaffof taglik orqali o’qiladi. Diskdan ma’lumotlarni o’qish, nurning ikki muhit chegarasida qaytish va sinish qonuniga asoslangan. Qoliplangan (taglikdagi) information yo’laklar (ulardagi “pit”lar) va qaytaruvchi qatlam, o’qiyotgan lazer nurini turli joylarda turlicha qaytaradi. Diskning “lend” deb ataluvchi tekis joylaridan lazer nuri to’la qaytib, fotopriyomnikka tushadi. “Pit” deb ataluvchi nuqtalardan ham nur qaytadi, lekin u sochilib qaytgani uchun fotopriyomnikka qisman tushadi yoki umuman tushmaydi. Har bir “pit”ning o’lchami unga fokuslanayotgan nurning diametridan kichikligi uchun, fotopriyomnikdagi tok sakrab emas, balki uzluksiz, minimal qiymatidan maksimal qiymatigacha o’zgaradi. So’ngra bu signal maxsus qurilma orqali impluslarga aylantiriladi va ma’lumot o’qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |