Toshkent shahar Olmazor tuman Moliya bo’limi


ILOVA Toshkent shahar Olmazor tumani hokimining Qarori Olmazor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari to‘g‘risida



Download 68,05 Kb.
bet7/8
Sana30.11.2022
Hajmi68,05 Kb.
#875534
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Toshkent shahar Olmazor tuman Moliya bo’limi

ILOVA
Toshkent shahar Olmazor tumani hokimining
Qarori
Olmazor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi SQ-241-III-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari to‘g‘risida”gi 402/46-5-sonli qarori, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 1865-sonli qarori, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi “Olmazor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari to‘g‘risida”gi 82/13/1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining 2018-yil 27-dekabrdagi 02-4-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 1865-sonli, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi “Olmazor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari to‘g‘risida”gi 82/13/1-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Olmazor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Tuman mahalliy budjetning 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Davlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar me’yorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Olmazor tuman moliya bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda mahalliy budjetga mablag‘lar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) olishda, ularning miqdorlari bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha budjet xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
4. Tuman moliya bo‘limiga Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmasining bildirishnomasiga ko‘ra, budjetning daromad va xarajat qismiga o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
5. Tuman Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi (B. Abduxamidov), Matbuot xizmati (Y. Nishantayeva):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy e’lon qilinishi va www.shilonzor.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi ta’minlansin.
6. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B. Karimov zimmasiga yuklatilsin.

Download 68,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish