Toshkent shahar Olmazor tuman Moliya bo’limi


Moliya bo‘limlari ish faoliyatida qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o‘rganish



Download 68,05 Kb.
bet6/8
Sana30.11.2022
Hajmi68,05 Kb.
#875534
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Toshkent shahar Olmazor tuman Moliya bo’limi

5. Moliya bo‘limlari ish faoliyatida qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o‘rganish


“UzASBO” dasturiy majmuasining byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini hisoblashga ixtisoslashtirilgan alohida moduli ishlab chiqildi. Hozirda byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarga naqd pul olishga so‘rovnomalar – g‘aznachilik organlariga, jamg‘arib boriladigan pensiya badallari bo‘yicha xodimlar reyestri – Xalq banki filiallariga, plastik vedomostlar ro‘yxati esa Ipoteka bank, Agrobank, Mikrokreditbank, Qishloqqurilishbank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Turonbank, Xalq banki va Ipak yo‘li banklariga elektron ko‘rinishda yuborilmoqda.
Bunda dasturiy komleks bilan bevosita ishlaydigan xodimlarning axborot texnologiyalari borasidagi malakasi davlat sektoridagi idora xodimlarining axborot texnologiyalari borasidagi bilim darajasida bo‘lishi kifoya. Dastur Web texnologiyaga asoslangan bo‘lib, ma’lumotlar markazlashgan holda saqlanadi;

  • Dasturdan foydalanish internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;

  • “UzASBO” dasturi g‘aznachilik dasturi bilan ma’lumotlar almashinish imkoniyatiga ega:

1-bosqichda xarajatlar tasnifi bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rish, elektron ko‘chirma(vipiska)lar olish hamda g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga olingan shartnomalar ro‘yxati kitobini ko‘rish;
2-bosqichda to‘lov topshiriqnomalarini elektron imzo orqali g‘aznachilik bo‘limlariga yuborish, shartnomalarni kiritish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yurituvchi “HUJJAT MF” dasturiy majmuasi 2011 yilda foydalanishga topshirilgan.
“HUJJAT MF” dasturiy majmuasi moloya organlariga quyidagilarda ijobiy samara keltiradi:

  • katta maydondagi joyni bo‘shatish;

  • hujjatlardan nusxa ko‘chirishdagi harajatlarni qisqartirish;

  • hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishda tashishga bo‘lgan harajatlarni qisqartirish;

  • resurslarga bo‘lgan harajatlarni qisqartirtish: xodimlar va jihozlar;

  • qog‘ozlarga ketadigan xarajatlarni qiskartirish;

  • ish unumdorligini oshirish: ishni bajarilishini tezlashtirish, umumiy bajarilgan ish hajmini oshishi, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar bilan ishlashni yaxshilanishi, qo‘shimcha turdagi ishlar bajarish imkoniyati paydo bo‘lishi va boshqalar.

Demak “HUJJAT MF” dasturiy majmuasida elektron hujjat aylanish tizimini afzalligi quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:

  • hujjatlar ustida umumiy ish qilish imkoniyati paydo bo‘ladi;

  • hujjatlarni tanlash va izlashda juda katta tezlikka ega bo‘lish;

  • axborot xavfsizligini yuqori darajada ta’minlanganligi, ya’ni elektron hujjat aylanish tizimi bilan ishlaganda qayd qilinmagan foydalanuvchiga hech qanday tizimdan foydalanishga imkon berilmasligi;

  • hujjatlarni saqlash xuddi elektron hujjatni serverda saqlaganday qulay ekanligi;

  • hujjatlar harakatini boshqarishni yaxshilanishi.

  • hujjat aylanish tizimini avtomatlashtirishning asosiy natijasini birinchi navbatda hujjatlar bilan ishlashdagi chalkashliklar bo‘lmasligi, ijri intizomoni mustahkamlanishi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish vaqtini qisqarishi va moliya organining butun ish faoliyati samaradorligini o‘sishida ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Moliya tizimini tarmog‘ida “Byudjet tashkilotlarining pasporti” dasturi foydalanishga topshirilgan bo‘lib, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” talablariga to‘liq javob beruvchi va respublikamizda Web-texnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan dasturiy majmualardan biridir. Dasturdan foydalanish bepul bo‘lib, hozirda undan 20000 dan ortiq byudjet tashkilotlar foydalanib kelmoqda. Bugungi kunda moliya organlari va byudjet tashkilotlari byudjet so‘rovnomalari va xarajatlar smetasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, dasturiy majmua buydjet mablag‘larini aniq rejalashtirish va byudjet mablaglaridan oqilona foydalananish ustidan nazorat qilishda ushbu dastur muhim sanaladi.

Xulosa
Men amaliyot dasturiga muvofiq ravishda Olmazor tuman moliya bo'limida amaliyot o'tash davomida ko'plab bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldim.


Amaliyot davomida viloyat moliya boshqarmasi nizomi bilan tanishib chiqdim. Shuningdek, viloyat daromadlar va xarajatlar ijrosi bilan tanishdim. Olmazor tuman moliya bo'limida 2021-yilda daromadlar albatta xarajatlardan ko'p bo'lib, tuman moliyaviy ahvoli ijobiy baholandi.
Olmazor tuman moliya bo'limida maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, sog'liqni saqlash muassasalari xarajatlar smetasi, shtat jadvali, uning tarkibiy xarajatlari moliyalashtirishning o'ziga xos xususiyatlari, ularni rejalashtirishda qo'llaniladigan operativ tarmoq ko'rsatkichlarini aniqlash tarkibini o'rganib chiqdim.
Amaliyotni o'tash davrida ko'plab amaliy tavsiyalarga ega bo'lishimda Olmazor tuman moliya bo'limida ishlayotgan mutaxasislar yaqindan ko'mak berishdi.
Olmazor tumani mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan umumta'lim maktablari, kasb-xunar kollejlari va akademik liseylar va tibbiyot muassasalari rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash va jixozlash jamg'armasi mablag'laridan dasturda ko'rsatilgan loyhalarni moliyalashtirish tartibini mukammal o'zlashtirishga xarakat qildim.
Byudjet mablag'laridan samarali foydalanishda moliyaviy nazoratning ahamiyati:
Byudjet mablag'laridan samarali foydalanishda moliyaviy nazoratning ahamiyati ushbu mavzu bo'yicha men o'z hisobotida moliyadan nazorat quroli sifatida foydalanishning ob'ektiv shart-sharoitlari va imkoniyatlarini, moliyaning nazorat funktsiyasi va moliyaviy nazoratni, moliyaviy nazoratning elementlarini, moliyaviy nazoratning turlari, shakllari va usullarini, moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar, bozor sharoitida ular faoliyatini muvofiqlashtirish, joriy byudjet ijrosini nazorat qilishda g'aznachilik organlarining ahamiyati, g'aznachilik organlarining byudjet ijrosini amalga oshirishdagi dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish tartibini yoritishi lozim.
Byudjet mablag'laridan tejab, samarali va aniq maqsadlarda foydalanish hamda byudjet intizomini, shtat smeta intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas'uliyatini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mablag'bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi qaror qabul qilinishi bilan byudjetdan mablag'oluvchi tashkilotlarni mablag'bilan ta'minlash mexanizmini soddalashtirish va byudjet mablag'laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish, mavjud mablag'larni oqilona taqsimlash, davlat byudjeti hisobiga mablag'bilan ta'minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag'bilan ta'minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag'batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish, kadrlarning o'rnashib qolishi uchun shart-sharoit yaratildi.
Mablag'bilan ta'minlash byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro'yxati va smetasiga kiritiladigan o'zgarishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo'yicha taqsimlangan yillik ro'yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarini respublika byudjetidan mablag' bilan ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi xarajat jadvallari va xarajatlarning har bir guruhi bo'yicha bir satrda mablag'o'tkazish uchun to'lov qog'ozi bilan rasmiylashtiriladi. Mahalliy byudjetdan mablag'bilan ta'minlash tegishli moliya tashkilotlarida belgilangan shakldagi farmoyish bilan va xarajatlarning har bir guruhi bo'yicha bir satrda mablag'o'tkazish uchun to'lov qog'ozi bilan moliyalashtiriladi.
Ushbu mavzu bo'yicha joriy byudjet ijrosini nazorat qilishda g'aznachilik organlarining ahamiyati o'rganib chiqildi.
Davlatning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag'larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir. Davlat byudjetining kassa ijrosini samarali tarzda tashkil etish, davlat byudjeti mablag'larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, davlat byudjeti mablag'larini boshqarish orqali davlat byudjetining iqtisodiyotimizdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida Davlat byudjetining g'azna ijrosi tashkil etildi.



Download 68,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish