Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani 286- umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi



Download 0.75 Mb.
Sana26.06.2017
Hajmi0.75 Mb.

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani

286- umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi

Mirvohidova Fotima

Abbosovnaning



ko’rik tanlovidagi innovatsion pedagogik

loyihasi

Toshkent- 2016



Loyiha mavzusi:
2- sinf o’quvchilari bilan o’qish darsida Xurshid Davronning “Alisher Navoiy” she’rini tahlil qilish

“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovi ishtirokchisi-Mirvohidova Fotima Abbosovnaning


manzilgohi:

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani “Xumoyun” ko’chasi 26/1



Loyiha maqsadi:
Ta’limiy: Xurshid Davronning “Alisher Navoiy” she’rini tahlil qilishda o’quvchilarda adabiy tahlilning boshlang’ich unsurlarini o’rgatish;

Tarbiyaviy: O’quvchilarda yuksak axloqiy sifatlarni tarkib toptirish;ajdodlarimizning boy adabiy meroslarini asrab-avaylashga o’rgatish;

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, nutq madaniyatini shakllantirish, ularga she’rni ifodali o’qishni o’rgatish.

Loyiha vazifasi: Ta’lim-tarbiya jarayonini sifat bosqichiga ko’tarish.



Loyihani amaliyotda qo’llashga oid vositalar:

tarqatma materiallar,ko’rgazmali qurollar AKT.


Loyihadan kutiladigan natijalar:
Xurshid Davronning “Alisher Navoiy” she’rini tahlil qilish jarayonida o’quvchi buyuk mutafakkir,g’azal mulkining sultoni, o’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida boshlang’ich ma’lumotlarga ega bo’ladi.She’rni ifodali o’qish ko’nikmasi shakllanadi. Yuqori sinfda o’tiladigan Adabiyot fanidan nazariy bilimlarini kengaytirib boradi.

2- sinfda o’qish darsida o’tiladigan Xurshid Davronning “Alisher Navoiy” she’rini o’tish jarayonida o’quvchilarga Alisher Navoiy portreti,uning kitoblari, dostonlari tasvirlangan lavhalarnamoyish etiladi.



O’qituvchining diqqati,avvalo,o’quvchilarda ifodali o’qish ko’nikmasini shakllantirishga qaratiladi. O’qituvchi o’quvchilarga shaxsiy namuna bo’lishi kerakligini inobatga olgan holda, Xurshid Davronning “Alisher Navoiy” she’rini audiotasmaga o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib ovozi yozdiradi va o’quvchilariga dars jarayonida eshittiriladi.



Mir Aliusher Navoiy

Bobomizning kitobi

Yoritar dilimizni

Misli bahor oftobi

Mir Alisher Navoiy

G’azal mulkin sultoni

Yaxshilikka chorlaydi

Uning she’r-u dostoni
Mir Alisher Navoiy

Merosi tamom bo’lmas

Nabiralar bor ekan

Bobomiz nomi o’lmas.


O’quvchilar matndagi so’z va mantiqiy urg’ularga e’tiborni qaratadilar. So’zning ma’no-mohiyatiga tushunib boradilar.

O’quvchilar she’r mazmuni so’zlab beradilar. She’r mazmunini so’zlash jarayonida “Men boshlayman, sen davom ettir” rukni ustida to’xtaladi. Bunda o’quvchilarda so’zlarni bir-biriga bog’lab , matn yaratish ko’nikmasi shakllanadi. Shundan so’ng “Qofiyasini toping” mashqi bajariladi.

Qofiyadosh so’zlar:

Kitobi - oftobi

Sultoni - dostoni

Bo’lmas - o’lmas


Ushbu didaktik topshiriqni bajartirishdan maqsad: o’quvchilarda ahillik bilan guruhlarda ishlash ko’nikmalari shakllantirish, yagona xulosa chiqarishdir.

Badiiy tasvir vositalarini aniqlab berishda “Mantiqiy zanjir” o’yinini o’tkazish maqsadga muvofiqdir.Unda o’quvchilar jumlalarni jonlantirish,tabiatga oid so’zlarni o’xshatish vositasi orqali ijodiy fikrlaydilar.


Mir Aliusher Navoiy

Bobomizning kitobi

Yoritar dilimizni

( Jonlantirish)


Mir Aliusher Navoiy

Bobomizning kitobi

Yoritar dilimizni

Misli bahor oftobi

(O’xshatish)

She’rdagi misralar o’qituvchi tomonidan kesilib, o’quvchilarga tarqatiladi va “O’z o’rningni top” o’yini o’tkaziladi.

“Aqliy hujum” orqali o’quvchilar o’rtasida savol - javob texnologiyasining elementi ustida ishlanadi.

T/r

Savol

T/r

Javob

1.

2016-yil Alisher Navoiy tavalludining necha yilligini nishonladik?



1

Mirzo Ulug’bek



2.


Alisher Navoiyning qanday yi-

rik asarini bilasiz?


2

575yilligini nishonladik.



3.

Alisher Navoiy kim bo’lgan?



3

Zamira Ibrohimova



4

,,Nonni ulug’ligi oldida mening

Podshohligim nima bo’libdi?!”

Ushbu gap kimga tegishli?




4

So’z mulkini sultoni,davlat arbobi,shoir bo’lgan




5

,,Kichkina Alisher”

hikoyasining muallifi kim?


5

‘’Xamsa” asari





Savol

1

2

3

4

5

Javob

2

5

4

1

3

Mavzuni mustahkamlash uchu o’quvchilar bilan “Ha”

yoki ”Yo’q” nutq o’stirish o’yini o’tkaziladi.

O’qituvchi mavzu yuzasidan gaplar aytadi. O’quvchilar bu gaplarga “Ha” yoki “Yo’q” deb munosabat bildiradi.

Savol:

- “Alisher Navoiy” she’rining muallifi- Xurshid Davron?



Javob:

- Ha.


Savol:

- Alisher Navoiy- g’azal mulkining sultoni?

Javob:

Ha.


Savol:

- Alisher Navoiyning “Xamsa”asari mashhur emas?



Javob:

-Yo’q


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa