Biznes etikasiga oid zamonaviy tadqiqotlarda etika rivojining
tarixiy tafsilotlari keltirilmaydi. Kant yoki Mill haqida ba’zan
so’z aytilmasa, boshqa ulardan oldin shakllangan fikr va
g’oyalar to’g’risida ma’lumot topish qiyin. Iqtisodiy etika –
qadimgi fan. Unga birinchi bo’lib o’zining “Etika”, “Nikomax
etikasi”, “Siyosat” kabi asarlarida Aristotel asos solgan. Bu
asarlarida Aristotel o’zining uchta asosiy tamoyillari haqida
gapirib o’tadi: xususiy mulk, ikki eng muhim ishlab chiqarish
sohalari – sanoat va qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish sohalariga
bog’liq bo’lgan savdo, sudxo’rlik va pul.
Do'stlaringiz bilan baham: |