8-maslahat:
“Namunali matnlarni tahlil qiling va og’zaki
ravishda tushuntirib bering”. O’zingizga yoqqan
matnni tanlab olib (u proza yoki she’r ko’rinishida
bo’lishi mumkin), uni mazmun va uslub jihatidan
tahlil qiling, keyin og’zaki ravishda o’qib chiqing,
keyin esa yodlab olib yoddan aytib bering.
9-maslahat:
«So’zlashish usullarini o’rganing». Bunga
erishish uchun siz bir qancha mashqlarni
bajarishingiz kerak bo’ladi – bu nafasni rostlash,
tiniq va aniq talaffuzni rivojlantirish, ovoz ohangi
o’zgaruvchanligini oshirishga qaratilgan mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |