Toshkent shahar Chilonzor tumani
XTMFMT va TEB ga qarashli
“SHODLIK” nomli
526-bog`cha maktab majmuasi
Tarbiyachi: Axmedova M.
Toshkent
Zal bayramona bezatilgan, bolalar musiqa ostida kirib kelishadi va ikki tomonga turib olishadi.
Tarbiyachi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, aziz bolajonlar. Bugun bog`chamizda katta tantana, kuz faslining eng chiroyli bayramlaridan “Hosil Mehrjon” bayrami. Sizlarni shu bayram bilan hammangizni tabriklaymiz va bizning kichik bayram tadbirimizga taklif etamiz.
Mayli shamol esaver
Barglari uchaver
Birgalikda biz bilan
So`ng raqsga tushaver.
Ashula “Kuz”
-
Ichim to`la dur marjon
Anorman shirin, nordon
Bolalar sevishadi
Yeb mazza qilishadi.
|
Quyonlarga oziqman
Yer tagida qoziqman
Hech kim bo`lmaydi rozi
Oshda bo`lmasa sabzi.
|
“Juftlik raqsi”
-
Meni olma deydilar
Foydali deb yeydilar
Bog`da pishdim bo`la qol
Savatchaga tusha qol.
|
Kuzda shamol esadi
Barglar yengil uchadi
Shoxlaridan bard uzilib
O`ynab yerga tushaver.
|
Ashula: “Oltin paxta”
-
O`zim qavat-qavatman
Xuddi katta savatman
Barglarim taram-taram
Menman foydali karam
|
Meni derlar pomidor
Juda ko`p foydasi ham bor
Tomorqada ko`p pishdim
So`ngra bankaga tushdim.
|
“Harakatli o`yin”
Tinglang haqiqat so`zim
Atashar meni uzun
Navlarim kishmish, charos
Nasafi etar xalos.
Topib olmasin deya
Yashil to`n kiyib oldim
Uzib olmasin deya
Barg ostiga yotib oldim
Lekin sen topqir bola
Meni tez topib olgin
Kel tanishib olaylik
Meni nomim-chi Bodring.
Ashula: Raqs “Xo`rozimga”
Tarbiyachi: Shuning bilan bugungi bayram tantanamiz nihoyasiga yetdi.
Toshkent shahar Chilonzor tumani
XTMFMT va TEB ga qarashli
“SHODLIK” nomli
526-bog`cha maktab majmuasi
Guruh: Katta
Toshkent.
Bayramona bezatilgan zalga musiqa sadolari ostida bolalar kirib keladilar va yarim doira shaklida turib oladilar.
G`ir-g`ir shamol yelibdi
O`lkamga kuz kelibdi
Bog`bonlar-u dehqonlar
Hosilni yig`ib terib
Keldilar mehmon bo`lib
Bugun Mehrjon bayram
Xursand qilar hammani.
Assalomu alaykum aziz mehmonlar va bolajonlar bugun bog`chamizda katta bayram bu Mehrjon bayramidir. Sizlarni shu bayram bilan tabriklayman, yurtimiz tinch, dasturxonimiz hamisha to`kin bo`lsin.
Kuz kezar o`lkam bo`ylab
Mardlik qo`shig`in kuylab
Oltin savat qo`lida
To`kin sochin yo`lida.
|
Oltin kuz oltin kuz
Doim to`kin-sochin kuz
Hosil mo`l-ko`l bo`ladi
Omborlar liq to`ladi.
|
Mevalar ham mo`lu chog`
To`kin sochindir har chog`
Ne yesang ham bol yesang
Kuzga ofarin yesang.
Qo`shiq “Kuz” S.Abramova
Kuzda shamol esadi
Barglar yengil uchadi
Shoxlaridan barg uzib
O`ynab yerga tushadi.
|
Aylanaver binodek
Sariq, qizil, yashil barg
Mayli keyin shivirlab
Tushaversin yerga barg.
|
Mayli shamol esaver
Barglarni uchiraver
Birgalikda biz bilan
So`ng raqsga tushaver.
Raqs: “Barglar.”
Biz yomg`irdan qo`rqmaymiz
Tepamizda soyabon
Qo`l ushlashib yuguramiz.
Kamalak turar hamon.
Raqs: “Soyabonlar”
Quyosh:
Mening ismim quyosh
Tanidi katta-yu yosh
Hamma yerni qizdiraman
Men hammaga kerakman
Hatto oppoq paxtaga
Ishoning menga albat.
Raqs: “Paxta”
Bulut:
To`xta quyosh to`xtagin
Men tomonga bir boqqin
Mening ichimda suv ko`pdir
Suv hammaga kerakdir
Buni bilgin sen quyosh
Demak men sendan aziz.
(Quyosh va bulut o`zaro bahslashadi)
Kuz: Voy-voy to`ztanglar, uyat bo`ladi, men axir sizlarni bu yerga bolalarni bayram bilan tabriklash uchun yuborgan edim. Sizlar bo`lsa, urishmanglar azizlarim.
Boshlovchi: Salom kuz kelganing yaxshi bo`ldi. Kuz biz seni anchadan beri kutayotgan edik. Senga atab she`r qo`shiqlar tayyorlaganmiz. Men ham sizlarga bir ertak olib kelganman, hozir aytib beraman.
Qalin bir o`rmonda
Muxamar o`lgan joyda
Qali archa va tanka
Orasida bir uycha
Erta-yu kech turadi
Mehmonlarni kutadi.
(Musiqa ostida quyoncha sakrab chiqadi)
Quyon:
Mana kuzgi kulbacha
Na balandda na pastda
Kim yashaydi uychada?
Kim yashaydi kulbada?
(Musiqa ostida sabzi yugurib chiqadi)
Sabzi:
Malikaman yer ostida
Sochlarim yer ustida
Tovlanaman rang-barang
Jonginam menga qarang.
Quyon:
Men tongdan beri ochman
Sabzixon seni yeyman
Sabzi:
Yordam bering menga tezroq
Quyondan qochaman shu choq.
(Musiqa ostida sabzi qochib uyga kirib oladi, quyon uni quvlaydi)
Musiqa chalinadi, echki paydo bo`ladi.
Echki:
Mana kuzgi kulbacha
Na balandda na pastda
Kim yashaydi uychada?
Kim yashaydi kulbada?
|
Karam:
Men chiroyli karamman
Ko`ylaklarga ham boyman
Shirin do`lma pishiring
Mazza qilib tushiring.
|
Echki:
Karam bo`lsang juda soz
Uni yeyman qornim och.
|
Karam:
Menga yordam bering tezroq
Echkidan qochay tezroq.
|
Qo`zichoq:
Mana kuzgi kulbacha
Na balandda na pastda
Kim yashaydi uychada?
Kim yashaydi kulbada?
|
Kartoshka:
Men kartoshka, kartoshka
Kerakdirman har oshga
Men sho`rvani joniman
Kuch quvvatni koniman.
|
Qo`zichoq:
Uni yeyman qornim och
Qornim to`yar erta kech
|
Kartoshka:
Yordam bering menga tezroq
Qo`zichoqdan qochay tezroq.
|
Kuz: Bu nima degan gap, bugun bayram bo`lsa sabzavotlar uychaga berkinib olsalar.
Bugun bilsangiz bayram
Do`stlar urishmang hech ham
Qani tezroq chiqinglar
Davraga qo`shilinglar
Unutmangiz yarashni
Do`stlarni chog` etishni.
O`yin: Musiqa ostida sabzavotlar qo`l ushlashib o`ynashadi.
Kuz: Endi men boraqolay boshqa bolalarni ham bayram bilan tabriklashim kerak.
Kuz xayrlashib zaldan chiqib ketadi.
Bosh:
O`ynab raqsga tushdik
Kulib xo`p yayradik
Endi choyga marhamat
Mehmon bo`ling siz albat.
Musiqa ostida bolalar “Tinchlik” qo`shig`ini kuylab chiqib ketishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |