O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
“TOSHKENT RRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOTLAR UNIVERSITETI BUXORO TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
FAN NOMI: Suv xo’jaligi qurilishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish.
KAFEDRA: __________________________________________________
YO’NALISH: SXMIM 4/1-guruh sirtqi
MAVZU: Qurilayotgan suv xo’jaliklari obyektlarini qurish zahiralarining
bazalari.
Bajardi: Xudoyberdiyev S.S
Tekshirdi: Vafoyev R. S.
Buxoro 2022
Mundarija
Kirish………………………………………………………..…………….…3
1. O’zbekiston Respublikasi oliy majlisining suvga doir munosabatlari.......7
2. Tuproq, suv va havo mikroflorasi ……………………………….……...9
Xulosa…………………………………………………………………...14
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...15
MAVZU: SUV XO’JALIGI OBYEKTLARIGA OID BO’LGAN XALQARO VA MAMLAKATLARARO DASTURLAR VA HUJJATLAR
Reja:
1. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tabiatning barcha boyliklari
2. O’zbekiston Respublikasi oliy majlisining suvga doir munosabatlari.
3. Tuproq, suv va havo mikroflorasi
4. Xulosa
5. Foydalangan adabiyotlar
KIRISH
Tabiat boyliklari orasida suv alohida o'rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo’lishi mumkin emas. Hattoki ota bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e'tibor berganlar.
Har doim odamlanni suv bilan ta'minlash masalasi muammo bo'lib kelgan. Hattoki, hozirgi paytda ham Gretsiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya, AQSH va boshqa ko’plab mamlakatlarda ichimlik suvi bilan ta'minlash bosh masaladir.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va ekologik tanglik bor paytda mustaqil O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tabiatning barcha boyliklari qatori, suv resurslariga ehtiyojlari benihoya katta. Kelajak avlo-dimizning taqdiri, baquvvatligi, sog'ligi obi-hayotimiz bilan bog’liq ekan, demak, ayni shu kunlarda qabul qilinayotgan suv tog’risidagi qonun, qaror va farmonlar, suv boyliklaridan oqilona foydalanish, uni bulg’anish va ifloslanish hamda kamayib ketishidan saqlash ishiga ko'maklashishi lozim. Asosan suv resurslarini huquqiy ekologik muhofaza qilish maqsadida huquqiy ilmiy yo’nalishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi talablar hamda suv resurslaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda suv resurslari bilan bog’liq barcha muammolar.
Joriy yil 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “2022-yilda Respublika aholi punktlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv chiqarish tizimlarini takomillashtirish yo‘nalishidagi ishlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda “O‘zsuvta’minot” AJ rahbariyati va mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida joriy yilda respublika aholi punktlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Xususan, joriy yilda respublika aholi punktlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv chiqarish tizimlarini rivojlantirish maqsadida 791 ta ichimlik va oqova suv obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun respublika budjetidan 2,0 trln so‘mdan ortiq va xalqaro moliya institutlari tomonidan 245,2 mln dollar miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi va ushbu mablag‘lar doirasida 6,5 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 763 ta ichimlik va oqova suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Aksiyadorlik jamiyatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida hududiy suv ta’minoti korxonalari uchun 88 ta maxsus texnikalar xarid qilindi.
- Sohani transformatsiya qilish doirasida aksiyadorlik jamiyatimiz Sifat menedjmenti (ISO 9001) va Korrupsiyaga qarshi kurashish (ISO 37001) bo‘yicha xalqaro sertifikatlar oldi, yangi billing tizimi ishga tushirildi, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi, - dedi “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Raxmatullayev. – Qolaversa, iste’molchilarning to‘lov madaniyatini yuksaltirish hamda sohada korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida respublikamizning 70 dan ortiq shahar va tumanlarida to‘lovlarni nazoratchilar tomonidan qabul qilish amaliyoti to‘xtatilib, ushbu hududlarda to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlari elektron shaklga o‘tkazildi.
Tizimni raqamlashtirish maqsadida suv sizib chiqish nuqatalarini tezkorlik bilan aniqlash va suv yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida joylardagi bir qator suv ta’minoti ob’ektlarida SCADA axborot yig‘ish va dispetcherlik nazorat tizimi, geoaxborot tizimi joriy qilindi.
Bundan tashqari, sohani modernizatsiya qilish doirasida quyosh energiyasi, quvurlarning ichini torketlash orqali eskirgan tarmoqlarni rekonstruksiya qilish, chastotali o‘zgartiruvchilar o‘rnatilgan energiya tejamkor nasoslar, suv tozalash inshootlarida seolitdan tayyorlangan filtrlash materiallarini, suvni yupqa qatlamli tindirish texnologiyalari qo‘llanilmoqda.
Tadbirda ma’lum qilinganidek, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tizim tashkilotlariga barcha manbalar orqali, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, turli vazirlik va idoralar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari hamda respublikadagi 12-55 qisqa raqamli yagona koll-markazi orqali jami 75 197 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 85 foizi ijobiy hal etildi. Shuningdek, hisobot davrida Jamiyat va uning tizim tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida respublikaning turli hududlaridagi 85 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor qabullar o‘tkazilgan bo‘lib, qabullar davomida kelib tushgan jami 218 ta murojaatdan 143 tasi ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar bosqichma-bosqichma hal etilishi tushuntirildi.
Sohada kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O‘zsuvta’minot” AJ va uning hududiy suv ta’minoti korxonalari rahbar xodimlari uchun qisqa muddatli “Ichimlik suvi va kanalizatsiya sohasida zamonaviy boshqaruv” maxsus o‘quv kurslari tashkil etilib, 32 nafar xodimning malakasi oshirildi. Shuningdek, hududiy suv ta’minoti korxonalari raxbar va mutaxassislarini mehnat muhofazasi bo‘yicha malakasini oshirish o‘quv kurslalari bo‘yicha 66 nafar, ekspluatatsiya rejalashtirilgan joriy va mukammal ta’mirlash (PPO, PPR), qurilish sifatini nazorat qilish bo‘yicha hududiy suv ta’minoti korxonalarining jami 1400 nafar xodimining malakasi oshirildi. Hududiy suv ta’minoti tashkilotlaridagi laboratoriya xodimlarini lavozimga loyiqligi aniqlash maqsadida 50 nafar laboratoriya xodimi ichki attestatsiyadan o‘tkazildi.
Suv manbalarini ifloslanishdan muhofaza qilishning eng yaxshi yo’li markazlashgan suv ta'minotini tashkil qilishdan iborat. Ochiq suv havzalaridan suv olinadigan joyni tanlashda suvning ifloslanmasligi, suv havzasiga yetarli miqdorda suv tushib turishini, suvhavzasi atrofining tef silganligini, qirg’oqning buzilmasligini hisobga olish kerak. Suv olinadigan joyni tanlash har safar murakkab sanitariya masalasi hisoblanadi. Muhimi, suv olinadigan joy oqava suvlar tushadigan joydan va aholi yashaydigan territoriyadan ancha yuqori yerda bo’lishi kerak.
Ob-hayotdan foydalanishdagi boshboshdoqlik va mas'uliyatsizlik yomon oqibatlarga olib kelishini o’rta osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar hamda qozog’iston respublikasi melioratsiya va suv xo’jaligi xizmati rahbarlari obdon mulohaza qilib kovrdilar. Bu masalaning ahamiyati va murakkabliklarini tushinib yetdilar. 1992-yilining 18-fevralida qozog'iston respublikasi poytaxti olmaota shahrida mintaqadagi davlatlararo suv zahiralarini birgalikda boshqarish va muhofaza qilish yuzasidan ahdlashuvga kelishildi. Ahdnoma hujjatini o’rta osiyo respublikalari hamda qozog’iston respublikasi melioratsiya va suv xovjaligi vazirlari imzoladilar. Hujjatda suv manbalaridan oqilona foydalanishga, suv zahiralarini muhofaza etishda mintaqadagi barcha davlatlar teng huquqli hamda baravar mas'uliyatga ega ekanliklari ko’zda tutildi. Har bir Respublika o’z hududida ahdnomaga asosan amal qilish majburiyatlarini oldi.
Jumladan, ahdlashuvchi tomonlarning manfaatlarini hurmat qilish, suvdan foydalanishda bir-biriga ziyon yetkazmaslik, suvdan foydalanish va uning zahiralarini ifloslantirmaslik haqida ahdnomada ko’zda tutilgan talablarga og'ishmay amal qilish majburiyatlari nazar-e'tiborda tutiladi, deb kelishib olindI.
Tomonlar suvni isrof qilmaslik, bu bebaho boylikdan samarali foydalanish xususida, shuningdek, ekologiya muammolari, orol dengiziga har yili zarur miqdorda suv o'tkazib turish haqida bamaslahat bir fikrga keldilar.1993-yil 6-mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "suv va suvdan foydalanish to’g’risida"gi qonuni qabul qilinib u suv va suvdan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga solishdan, aholi va xalq xojaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishdan, suvni bulg'anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlashdan, suvning zararli ta'sirini oldini olish va uni bartaraf qilishdan, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishdan iborat bo’ldi. Mazkur, qonunda birinchi marta yagona davlat suv fondi masalasi ko'rsatib berildi.
O’zbekiston Respublikasining yagona davlat suv fondi: daryolar, ko’llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlaridan; yer osti suvlari va muzliklardan iboratdir. Davlatlararo daryolar - amudaryo, sirdaryo, zarafshon daryosi, orol dengizi va boshqa suvlardan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi. Shuningdek, qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari ham aniqko'rsatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |