Yong‘inga qarshi himoya tizimi – yong‘in o‘chirish jihozlari va texnikalaridan, уоng‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in o‘chirish tizimining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, оbyektning konstruksiyalari va materiallariga yong‘indan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish, tutunga qarshi himoya tizimlari, evakuatsiya уo‘llаri bo‘lishini ta’minlash, binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi – yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o‘chirish hamda qo‘shish jihozlaridan va yong‘indan to‘suvchi vositalardan, yong‘in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavf- sizligi bo‘yicha оbyektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha уo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yong‘inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakka suv aralashsa, harorat 800oС gacha yetishi mumkin); statik elektrzaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalan-maslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 А tok kuchi miqdorida elektr zaryadlarihosil bo‘lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni zo‘riqtirish; isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish; bug‘ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ hamda changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |