13
homilaning o‘zidan to‘liq preparat ham tayyorlanadi. O‘likdan material
olish autopsiya, tirik organizmdan material olishga biopsiya deb ataladi.
Biopsiya materiali zudlik bilan bemorga tashhis qo‘yishda qo‘llaniladi.
2. Qotirish (fiksatsiya). Bu jarayon olingan materialning dastlabki
(tiriklik) holatini saqlash uchun ishlatiladi. Fiksatsiya vaqtida oqsillar
denaturatsiyaga uchrab, to’qima, xujayralar ularni qismlarini dastlabki
tuzilish holati saqlanib qoladi. Agar material zudlik bilan qotirilmasa
oqsillar chirishi bilan tuzilmaning holati o‘zgaradi va tashhisda
xatolikka
yo‘l qo‘yiladi. Fiksatsiya qiluvchi suyuqliklar fiksatorlar deb ataladi.
Fiksatorlarning turlari ko‘p va ulardan qay birini ishlatish maqsadga
bog‘liq bo‘ladi.
Ob'ektlar ba’zi fiksatorlarda uzoq saqlanadi, ba’zilarida esa qisqa
muddat saqlanadi. Formalin va spirt klassik fiksatorlar bo‘lib
hisoblanadi. Bazida maxsus fiksatorlar ham ishlatiladi. Masalan: gisto-
sitoximyaviy reaksiyalarda. Kup fiksatorlar bir necha eritmalarning
aralashmasidan tayyorlanadi. Elektronmikroskopiya uchun alohida
fiksatorlar ishlatiladi. E'tibor berish kerakki bazida tuliq fiksatsiya
qilinadi va qotiriladi. Bu holda maxsus moslamadan foydalaniladi.
Fiksatorlar asosan material olishdan oldin tayyorlanadi.
3. Yuvish. Fiksatsiya vaqtida material tarkibida fiksator o‘tirib qoladi va
ayrim fiksatorlar keyingi jarayonlar uchun xalaqit beradi. Shuning uchun
yuvish orqali to‘qima tarkibidan chiqarib tashlanadi. Bu oqib turgan
vodoprovod suvida 24 soat davomida amalga oshiriladi.
4. Zichlashtirish. Yuvilgan vaqtda material tarkibiga suv o‘tadi. Suvni
yo‘qotish uchun suvsizlantirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun
material konsentratsiyasi ortib boruvchi spirt eritmalardan o‘tkaziladi.
5. Quyish. Suvsizlangan materialni zichlashtirish-qotirish keyingi
bosqich ya'ni kesish uchun kerak bo‘ladi. Buning uchun material
tarkibiga astalik bilan organik eritma (benzol, atseton yoki xloroform
kiritiladi), ko’pincha xloroform ishlatiladi. Keyin xloroform o‘rnini
parafin bilan almashtiriladi. Buning uchun 36*li termostatdan
foydalaniladi. To‘qima ichiga kirgan parafin past gradusda material
bilan qotib, qotirilgan material oson kesiladi.
6. Kesish. Kesish vaqtida materialdan yupqa, 5-10 mkm qalinlikdagi
kesmalar olinadi. Kesmalar maxsus mikrotomlarda kesiladi. Hozirda
mikrotomlarning turi ko’p: a)chanali mikrotom, b)ko‘p kesmalar
oladigan
mikrotom
s)muzlatib
kesadigan
mikrotom,
d)elektronmikroskoplar uchun kesmalar tayyorlanadigan ultramikrotom.
Ultramikrotomlarda tayyorlanadigan kesmalar qalinligi 2-7 nm atrofida
14
bo‘ladi. Yorug‘lik mikroskopida ko‘rish uchun tayyorlanadigan
kesmalar buyum oynasiga o‘tkazib qo‘yiladi.
7. Bo’yash. Mikroskopda ko‘rish uchun kesmalar bo‘yaladi. Xujayra va
to‘qimalar tarkibi bir xil bo‘lmagani uchun buyoqlarni bir necha turi bir
vaqtda ishlatiladi. Eng ko‘p ishlatiladigan gemotoksilin - yadroni
buyaydi, eozin esa - sitoplazmani bo’yaydi. Buyoqlar har xil bo‘ladi;
ishqoriy (gemotoksilin), nordon (eozin). Ko‘p bo’yoqlar maxsuslikka
ega. Sudan yog‘larni, tironin - RNK ni, azot, qo‘rg‘oshin eritmalari -
nerv to‘qimasini bo’yaydi. Bulardan tashqari bir necha bo‘yoqlar
aralashmasi maxsus moddalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Gistologiyada
olimlar nomi bilan ataladigan usullar ham mavjud. Masalan: Shabadash
usuli bilan - glikogen, Nessle usuli bilan - neyronlar bo‘yab ko‘riladi.
Bo‘yash muddati turli usullarda turlicha bo‘ladi.
8. Suvsizlantirish. Ko‘p bo‘yoqlar suvda eritilgan bo‘ladi. Shuning
uchun kesmalar bo‘yalgan vaqtda uning tarkibiga suv o‘tadi.
Suvsizlantirish 90-1000 spirtda 2-5 minut oralig‘ida olib boriladi.
9. Tiniqlashtirish. Bo‘yash jarayonida kesmalarda ayrim qoldiqlar
qolishi, kesmalar ifloslanishi mumkin. Kesmalar 2-3 minut (ba’zan 5-6
minutgacha) ksilol yoki toluolda saqlansa u tiniqlashadi va ko‘rish oson
bo‘ladi.
10. Yakunlash. Buning uchun kesmaga bir tomchi ksilolda eritilgan
balzam tomiziladi va uning ustidan yopqich oyna bilan berkitiladi. Shu
bilan preparat ko‘rish uchun tayyor bo‘ladi. Tayyorlangan gistologik
preparat qorong‘i joyda, maxsus karobkalarda saqlanadi. yerug‘likda
rang o‘cha boshlaydi.
Albatta yuqorida keltirilgan mikrotexnika bosqichlarini ayrim
hollarda maqsad va sharoitga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Mikrotexnika
bosqichlari amaliy darsliklarda to‘liq keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: