5
Mikroskopgacha bo‘lgan davrda to‘qimalar, a’zolar haqida
Aristotel (eramizdan avval VI asr), Gippokrat (Bukrot eramizdan avval
III asr), Galen (eramizdan avval III asr) larda fikr bildirib, "suyuq" va
"quyuq" to‘qimalarni ajratganlar, ularning organizmdagi roli haqida
ma’lumotlar qoldirganlar. Aslida mikroskopgacha bo‘lgan davr 250-300
yillarni o‘z ichiga oladi va XII asrgacha davom etadi.
Birinchi mikroskop 1625 yilda Stelluti tomonidan, so‘ng 1665
yilda gollandiyalik, fizik olim Robert Guk (1635-1703) tomonidan
mikroskop yaratildi. Undan oldin G.Galiley 1609 yilda teleskop ishlab
chiqdi va keyin soddagina mikroskop konstruksiyasini yaratgan edi.
R.Gukning vatandoshi Antonn van Levenguk (1632-1723) mikroskopni
ancha mukammallashtirdi. Mikroskop yaragilgach, M.Malpigi (1628-
1694), N.Gryu kabi olimlar turli a'zolar (teri, buyrak, taloq kabi) larni
mikroskop ostida ko‘rdilar. Ulardan oldin R.Guk oddiy shisha
probkasini mikroskop ostida ko‘rib, uning kichik xujayralardan
(yacheykalardan) tashkil topganligini aytib, "xujayra" tushunchasini
kiritadi. N.Gryu esa, "tuqima atamasi" haqida yozadi. Shunday qilib
M.Malpigi, N.Gryular birinchi klassik asarlar yaratdilar. L.Levenguk
juda ko‘p biologik ob’ektlar (odam a’zolaridan tashqari tabiat jismlari)ni
ham ko‘rishga sazovar bo‘ladi va o‘zining ilmiy ishlari sharofati bilan
Britaniya qiroli kompaniyasiga a’zo bo‘lib kiradi.
Birinchi mikroskopistlarning ko‘plari metafizik olimlar bo‘lishgan.
Lekin ular topgan yangiliklar fan taraqqiyotida katta rol o‘ynaganlar.
Ular avvalgi hayvon va o‘simlik a’zolari "donalar" dan tuzilgan iborasini
hamda "tanachalar" tushunchasini kiritishgan. Mikroskopgacha bo’lgan
davrda
amaliy tibbiyot, nazariy tibbiyotdan ustunroq bo‘lgan.
Mikroskopik davr tarixan boy davr bo‘lib, bu davrda asosiy
tushunchalar va juda ko‘p nazariyalar yaratildi. To‘qima tushunchasini
N.Gryu kiritadi. Ya.Purkine (1825-1827) birinchi bor tovuqning tuxum
xujayrasini ko‘rdi va keyin juda ko‘p hayvon va o‘simlik xujayralarini
o‘rgandi. U "protoplazma" tushunchasini 1830 yilda fanga kiritdi. 1833
yilda R.Broun xujayra yadrosini birinchi bor yozdi va "yadro" atamasini
kiritdi. 1800-yillarga kelib, fransiyalik anatomlar K.Bish 21 xil to‘qima
haqida yozdi. Va nihoyat gistologiyaning fan sifatida rivojlanishida
mikroskop va uning asosida yaratilgan sitologiya fani katta rol o‘ynadi.
Dastlabki davrlarda sitologiya va gistologiya fani taraqqiyotida rus
olimlari ham katta rol o‘ynadilar. M.M.Terexovskiy (1740-1796)
birinchi bo‘lib mikroskop ostida tajriba o‘tkazgan. Rus gistologiyasining
asosichilaridan bo‘lgan A.M.Shumlyanskiy a’zolar tuzilishini mikroskop
7
Moskva, Qozon, Kiev, Xarkov kabi shaharalardagi universitetlarda
mustaqil gistologiya kafedralari paydo bo‘la boshladi. Gistologiya fani
sohasida iqtidorlik olimlar to‘plana boshladi. Keyinchalik bu shaharlarda
mashhur gistologik ilmiy maktablar rivojlandi. Bu maktablarning
mashhur olimlari gistologiyani turli sohalarida sitologiya, to’qimalar
gistologiyasi sohalarida turli g‘oyalar, nazariyalar yaratdilar va dunyo
gistologiya fanini boyitdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: