Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


-rasm. Interdigitirlovchi xujayra (sxema)



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/178
Sana12.08.2021
Hajmi2,97 Mb.
#145934
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178
Bog'liq
umumiy va xususiy sitologiya

36-rasm. Interdigitirlovchi xujayra (sxema) 
1 - yadro; 2 - donachalar; 3 - o‘siklar, 4 - limfotsitlar (Q.R.To‘xtaev 
rasmi) 
Interdigitirlovchi  xujayralarning  faoliyati  to‘la  aniqlanmagan. 
Ularda  1a  va  boshqa  retsepgorlarning  borligi  bu  xujayralarning 
limfotsitlarga antigen to‘g‘risidagi ma'lumotni yetkazib berishda ishtirok 
etishidan  dalolat  beradi.  Bundan  tashqari,  ular  T  –  limfotsitlarning 
ko‘payishi  va  differensiallanishini  boshqaruvchi    moddalar  ham  ishlab 
chiqaradi.  
Periferik  immun  himoya  a'zolarining  V-zonalarida  yordamchi 
xujayralarning yana bir turi - dendritli xujayralar uchraydi. Ular ko‘proq 
limfatik  follikullarda  joylashganligi  tufayli  follikulyar  dendritli 
xujayralar  deb  ham  ataladi  (FDH).  O‘zlarining  ko‘p  sonli  o‘siqlari 
yordamida  bu  hujayralar  limfotsitlar  va  plazmotsitlar  bilan  kontaktda 
bo‘ladi  (41-rasm).  Dendritli  xujayralarning  sitoplazmasida  ko‘p  sonli 
erkin ribosomalar, oz miqdorda mitoxondriyalar, donador endoplazmatik 
to‘r  kanalchalari  ko‘rinadi.  Golji  kompleksi  atrofida  va  sitoplazmaning 
boshqa qismlarida mayda, lizosomalarga o‘xshash donachalar uchraydi. 
Xujayra yadrosi noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lib, o‘zida yadrocha saqlaydi.  
Dendritli xujayralarda G‘s, Sz - retseptorlari borligi aniqlangan. Bu 
xujayralarning asosiy vazifasi - antigen haqidagi axborotni V-limfoblast 
xujayralariga  yetkazib  berish  hamda  limfotsitlarning  shakllanishini 


 
123 
boshqarib  turishdir.  Dendritli  xujayralarning  fagotsitoz  qilish  qobiliyati 
dsyarli yo‘qdir. Ularning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil fikr mavjud. 
Birinchi  fikrga  binoai  bu  xujayralar  makrofaglar  singari  monotsitlardan 
hosil  bo‘ladi  deb  hisoblanadi.  Ikkinchi  fikr  esa  ularning  retikulyar 
xujayralardan kelib chiqishini oldinga suradi.  
Immunitet  jarayonida  eoziiofil  va  bazofil  leykotsitlar  hamda 
to‘qima  bazofillari  (semiz  hujayralar)  ham  ishtirok  etadi.  Bazofil 
leykotsitlar  va  to‘qima  bazofillari  ishlab  chiqargan  gistamin,  geparin 
moddalari  T  -  va  V  -  limfotsitlarning  ko‘payishi  va  shakllanishini 
kuchaytirish  xususiyatiga  ega.  Eozinofil  leykotsitlar  organizmga  ko‘p 
miqdorda antigenlar tushganda ko‘payadi va makrofaglarning faoliyatini 
kuchaytiradi.  Shuningdek,  immun  himoya  jarayonlarining  kechishida 
neytrofil  leykotsitlarning  ahamiyati  ham  katta.  Ular  limfotsitlarning 
ko‘payishi  va  shakllanishini  kuchaytiruvchi  moddalar  ishlab  chiqaradi 
hamda antigenlarni aktiv fagotsitoz qiladi. Neytrofillar xaqida yuqorida 
to‘liq ma'lumot berib o‘tilgan. 
Shunday  qilib  organizmda  sodir  bo‘ladigan  immun  himoya 
jarayonlari  to‘qimalar  va  a'zolarda  joylashgan  turli  xil  xujayralarning 
o‘zaro birlikda (kooperativ) faoliyat ko‘rsatishi tufayli amalga oshadi.  
Immunitet  jarayonlariga  tegishli  (ya'ni  immunokompetent) 
xujayralarning  immun  himoya  reaksiyalari  davomida  o‘zaro  uzviy 
bog‘lanishi hali to‘la o‘rganilmagan. Bu to‘g‘rida bir qancha nazariyalar 
mavjud  bo‘lib,  ularning  orasida  R.  V.  Petrov  va  Xaitovlar  oldinga 
surgan  nazariya  alohida  o‘rin  tutadi.  Bu  nazariyaga  asosan  immunitet 
jarayoni asosiy uch xil xujayralarning o‘zaro birlikda faoliyat ko‘rsatishi 
yoki  k o o p ye r a s i ya s i tufayli amalga oshadi (38 - rasm).  
 


 
124 
Immunokompetent hujayralar bo‘lib T - V limfotsitlar va ularning 
subpopulyasiyalari 
hamda 
yordamchi 
hujayralar 
(makrofaglar, 
interdigitlovchi  va  dendritik  hujayralar)  hisoblanadi.  Sxemada 
ko‘rsatilganidek, organizmga tushgan antigen dastavval antigenni «tanib 
olish» qobiliyatiga ega bo‘lgan T – va V - limfotsitlarning retseptorlari 
bilan  bog‘lanadi.  Shu  bilan  birga  antigen  bu  limfotsitlarning  bir-biri 
bilan  aloqa  qilishini  ham  ta'minlaydi.  Antigen  T  -  limfotsitlarning 
yuzasida  bo‘lgan  retseptorlar  bilan  bog‘liq  holda  makrofaglarga 
uzatiladi.  Makrofaglar  bilan  T-limfotsitlarning  o‘zaro  ta’siri  natijasida 
antigenga  qarshi  sitotoksik  T  -  limfotsitlar  hosil  bo‘ladi.  Keyingi 
bosqichda  T-limfotsitlarning  retseptorlari 
bilan  bog‘langan  va 
makrofaglar  tomonidan  qayta  ishlangan  antigen  V  -  limfotsitlarga 
yetkaziladi. Ammo bu ma'lumotning o‘zigina V - limfotsitlarning 
antitelolar  ishlab  chiqaruvchi  plazmatik  hujayralarga  aylanishi  uchun 
kifoya  qilmaydi.  V  -  limfotsitlarning  ko‘payishi  va  plazmotsitlarga 
shakllanishi  uchun  shu  antigenga  xos  bo‘lgan  yana  bir  signal  bo‘lishi 
talab  etiladi.  Bu  signal  T-  limfotsitlar  tomonidan  berilib,  «immunopoez 
induktori» deb ataladi. Ikki tomondan antigen to‘g‘risida ma'lumot olgan 
V-limfotsitlar o‘z navbatida blast xujayralarga aylanib, mitoz yo‘li bilan 
ko‘payadi. Natijada, ma'lum bir antigenga nisbatan V  - limfotsitlarning 
kloni 
hosil 
bo‘ladi. 
Ular 
o‘z  navbatida  plazmoblastlarga, 
proplazmotsitlarga va nihoyat yetuk plazmatik xujayralarga aylanib, shu 
antigenga nisbatan antitelolar ishlab chiqaradi.  
Shunday qilib, immunitet jarayonlarida turli xil hujayralar ishtirok 
etadi.  Bu  jarayonlarning  faol  hujayralari  bo‘lmish  T-  va  V  -limfotsitlar 
qon  va  limfa  orqali  ko‘chib  yurish  (migratsiya)  qobiliyatiga  egadir. 
Immun  sistemaning  markaziy  a'zolarida,  ya'ni  timusda  va  qizil  suyak 
ko‘migida  ushbu  limfotsitlariing  ko’payishi  va  takomili  ro’y  beradi. 
Qizil  suyak  ko‘migidan  kelgan  o‘zak  xujayralar  gimusda  maxsus 
mikromuhit  ta'sirida,  ya'ni  timik  garmonlar:  timulin,  timozin  va 
timektominlar  ta'sirida  yetuk  T-limfotsitlarga  aylanadi.  Bu  jarayonda 
timusda bo‘lgan retikllo-epitelial xujayralar ( REX ) va makrofaglarning 
roli  kattadir.  Umuman,  bu  jarayonda  neyrogumoral  va  endokrin 
faktorlarning ta'siri asosiy o‘rin tutadi. 
 
Testlar:  

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish