Maktabgacha yoshda bolalarni organizmini chiniqtirish.
Chiniqtirish qo‘yilgan talablar. Havo varraklari orqali chiniqtirish. Suv vannalari orqali chiniqtirish
Quyosh nurida chiniqtirish.
Issiq iqlim sharoitida bolalar organizmini chiniqtirish
Mamlakatimizda shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish, shu jmladan, yosh avlodning jismoniy jihatdan sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Moddiy faravonlik darajasining oshayotgani, tibbiyot massasalari, dam olish uylari, sanatoriylar, bolalar oromgohlari tashkil etilganligi – O‘zbekiston aholisining sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning jismoniy tomondan rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan ishlarning bir bo‘lagidir.
Bola organizmini chiniqtirish, sog‘lomlashtirish va mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Inson jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish bilan birga suv, quyosh va havoning hayotbaxsh va yordambaxsh ta’siridan bahramand bo‘lishi kerak. Bu esa, sog‘lom avlod organizmining turli qobiliyatini mustahkamlaydi, tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashtiriladi, chidamrilikni oshiradi. Shu bilan birga turli kasalliklarga chalinishni oldini oladi.
Chiniqtirishning asosiy vositalari tabiat in’omlari - havo, suv va quyosh vannalari hisoblanadi. Havoning organizmga chiniqtiruvchi ta’siri havo harorati bilan teri harorati o‘rtasidagi farqqa bog‘liqdir. Havo vannasi hona ichida boshlash va asta -sekinlik bilan ochiq havoda bajarishga o‘tish kerak. O‘zbekistonda bolalar aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab to oktabr oyigacha yengil kiyimda havoda bo‘lishlari kerak. Havo haroratiga qarab kiyintirish lozim. Yozgi mavsumda bolalarni deyarli hamma vaqtini ochiq havoda tashkil etish lozim. Chiniqtirish tadbirlarini o‘tkazish uchn hamma sharoitlar o‘tkazish mavjud: o‘yinlar uchun shiyponlar, sport maydonchalari, suv havzasi, ochiq ayvonlar.
Suvni haqli ravishda obi-hayot deb atashadi. Ustidan muntazam suv quyib turganva ayniqsa, sovuq suvda muntazam cho‘milib yurgan kishilar muntazam ravishda jismoniy mashq bilan shug‘ullansalar bu chindan ham tetik va salomatlikning kuchli manbayi bo‘ladi. Suv tadbiri artinish, boshdan suv quyish, dush, cho‘milish (basseyn, daryo, ko‘l, dengiz) kabi muolajalardan iborat. Kontrast dush (navbat bilan iliq va sovuq suv quyish) chiniqishni samarali vositasidan biri. Dush qabul qilish va artinishda suv harorati har uch kunda 1 daraja pasaytirilib, +20dan +18 darajasigacha tushuriladi.
Ochiq suv havzalarida cho‘milish suvda chiniqtirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Cho‘milishni yozda boshlagan ma’qul, so‘ngra haftasiga 2-3 martadan cho‘miltirib, bu tadbirni muntazam davom ettirish lozim. O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida bolalarni ochiq basseynlarda iyun-sentabr oylarigacha, yopiq basseynlarda yil davomida olib borish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |