Jismoniy tayyorgarlik - bu jismoniy tarbiyaning professional yo‘nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt va boshqalarning jismoniy tayyorgarligi). U aniq kasb xususiyatiga ko‘ra o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarining vazifalari, vositalari, o‘tkazish uslubiyatining spesifikasi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy kamolot - bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog‘liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori bosqichidir. “Jismoniy kamolot” tushunchasi belgilari o‘sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar - ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o‘sishiga qarab o‘zgarib turadi. Har bir tarixiy davr o‘zining jismoniy kamolot darajasi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |