3. Harakatli o’yinlarga bolalarni uyushtirish va rahbarlik qilish.
I-II kichik guruhlarda o’yinlar har kuni o’tkazilib, 10-15 minutgacha davom etadi. O’yinlar 8-12 kishidan iborat guruhchalar bo’lib o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Kunning birinchi yarmida nonushtagacha, mashg’ulotgacha bo’lgan vaqtda o’rtacha harakatli o’yinlar olinadi.
qurilish materiallari bilan ishlash ya’ni bir yerda uzoq muddat o’tirib, diqqatni bir yerga jamlashni talab qiladigan mashg’ulotlardan so’ng, qoidaga asoslangan, murakkab harakatli o’yinlami bolalar tez o’zlashtiradilar, chunki ular hali charchamagan bo’ladilar.
Bunda honani changi, polini avvaldan artib, havosi yangilanadi va kerakli jihozlar maskalar, qo’llanmalar tayyorlab qo’yiladi. Shu kuni bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulot turiga etibor berish kerak bo’ladi, ayni she’r yodlashi, sur’at ko’rishi, rasm chizish,
Sayr vaqtida esa bolalarni hilma-hil faoliyatni uyg’otuvchi mazmunli, serharakatli va tinch o’yinlar rivojlantiriladi va o’tkaziladi. O’yinlar havo ochiq bo’lgan kunlari guruh maydonchasida ochiq havoda, yog’ingarchilik, sovuq mavsumlarda esa binoda, zalda, guruh honasida o’tkaziladi.
Musiqa, jismoniy tarbiya, sayr, ekskursiyalardan so’ng, o’rtacha va kam harakatli o’yinlar o’tkaziladi.kechgi sayr vaqtida har qanday o’yinlarni o’tkazish mumkin. Kechki soatlarda ashulaviy o’yinlar, musiqa, qofiyali so’zlar jo’rligida o’yinlar o’tkazish ular kayfiyatini yaxshilaydi.
Bu guruhda bolalarni o’z hohishi bilan o’yinga jalb qilish lozim, zo’rlamaslikka, hamda o’yin davomida alohida munosabatda bo’lishiga ahamiyat berish lozim.
3-4 yoshli bolalarni harakatli o’yinlarning hususiyatlari oddiy, sodda va bolalarga tanish bo’lgan hayvonlar, qushlar, hashoratlar, transport turlariga taqlid qiluvchi o’yinlardan iborat bo’ladi. Bu guruhda o’yinda yetakchi vazifasini asosan tarbiyachi bajaradi.
Bu guruhlarda tarbiyachi ko’proq o’yin mashqlaridan foydalanadi. M-n: koptokni irg’itib, unga yetib olish, stulchalar ustiga chiqish va ustida cho’qqayib o’tirish kabilar. Mazkur guruhlarda ashula aytib o’ynaladigan o’yinlar orqali bolalarni umumiylikka, harakatlarni birgalikda bajarishga o’rgatiladi.
Yil davomida tarbiyachi o’yin davomida, mazmunini va qoidasini tushuntirib ko’rsatib beradi, avvalgi o’zi keyinchalik butun guruh bolalariga boshlovchi vazifasini o’rgatadi, kam harakatchan, indamas, uyatchang bolalarni o’yinga tayyorgarlik ko’rish, unda aktiv qatnashishga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |