4. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama jismoniy tarbiyalash.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga erishish va binobarin xalq farovonligini yaxshilashga yo‘naltirilmoqda. Shuning uchun ham aholini jismoniy tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik ishdir.
Mamlakatimizning barcha aholisi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etiladi. Buning uchun zarur sharoitlar yaratilyapti: stadionlar, basseynlar, sport mashg‘ulotlari xonasi va h.k. Barcha O‘zbekiston fuqarolari millati, ma’lumoti, lavozimidan qat’iy nazar jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish huquqiga egadir.
Mamlakatimizda aholini jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga keng jalb qilish sportda katta yutuqlarga erishishga imkon yaratilgan. Bizning mamlakatimizda jismoniy tarbiyani boshqarishning rahbarlik organi davlat sport qo’mitasidir. Bunga taalluqli tarmoqlar viloyatlarda, shaharlarda, tumanlarda mavjud. Bundan tashqari, jismoniy tarbiya jamoatchilik asosida ham olib boriladi.
Oxirgi yillarda jamoatchilik jismoniy tarbiya tashkilotlarining tashabbusi bilan bir qator tashkiliy shakllari vujudga keldi. “Salomatlik guruhlari”, “Havaskor yuguruvchilar klubi”, “Aerobika”, “Salomatlik so’qmoqlari”, “Hamma birgalikda stadionga”, katta yoshdagi aholi uchun. Bolalar uchun “Quvnoq startlar”, “Charm to‘p”, “Oltin shayba ” va ko‘pgina boshqa musobaqalar.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga ommaviy infarmatsion manbalar: radio, matbuot, televideniyaga katta e’tibor berilib, jismoniy tarbiya sohasida maxsus bilimlar va axborotlar tarqatish imkoni yaratilgan. Maxsus sport kanali ajratilgan. “Sport”, “Futbol” gazetalari, “Kurash” jurnallarida aholini jismoniy rivojlantirish orqali ularning sog‘lig‘ini saqlash va sportni targ‘ib qilish borasida ish olib borilmoqda.
Keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport bo’yicha ko’pgina kitoblar, maqolalar chop etildi. Masalan: Usmonxo’jayev T.S –“Sog’lom bola-el boyligi”, T. 2005 yil, “Milliy harakatli o’yinlar” T. 2000 yil, Usmonxo’jayev T, S. Islomova “Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya” T. 2000 yil, Jismoniy tarbiya. “Bolalar bog’chalari uchun dastur” T. 1996 yil va boshqalar. Chop etilgan adabiyotlar ota-onalar, keng aholini bolalarni jismoniy rivojlanishi, bola organizimining o’sish jarayonidagi qonuniyatlarini ochib, jismoniy tarbiya bo’yicha bilimlarni targ’ibot qilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |