O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM BAZIRLIGI
TOSHKENT SHAHAR MAKTABGACHA TA’LIM BOSH BOSHQARMASI
TOSHKENT PEDAGOGIKA KOLLEJI
“Bolalar jismoniy tarbiyasi”
MAVZULAR TO’PLAMI
Pedagogika –psixologiya kafedrasi:
Nabiyeva Dilnoza Midhadovna
2020 yil
KIRISH
Hozirgi eng muhim dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z Vataniga mehr-sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir".
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bo’g’ini hisoblanib, u maktabda o’qish uchun tayyor, sog’lom bolani tarbiyalashni ko’zda tutadi. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlashda, ularni jismonan baquvvat, aqlan yetuk sog’lom qilib tarbiyalash zarur. Ushbu masalalarga oid bilimlarni jismoniy tarbiya fani o’z ichiga qamrab oladi.Bolalar jismoniy tarbiya fani maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama jismonan sog’lom, yanada barkamol bo’lishiga imkon yaratadi, jismoniy tarbiyani shakllantirishga qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o’rganadi.
Bolalar jismoniy tarbiya fanini o’qitishdan maqsad: O’quvchilarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda oilada bolalarni jismoniy rivojlantirish, ularni ilk yoshdan boshlab tarbiyalash, chiniqtirish, badan tarbiya mashqlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakat mashqlari, harakatli o’yinlarni to’g’ri bajarishdagi metod va usullari haqida bilim berish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalar jismoniy tarbiya fani bo`yicha egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini amaliyotda qo`llaydi, maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada bolalar jismoniy rivojlantirish bo’yicha ishlarni amaliy ravishda tashkil eta oladi. МТTdа vа oilada bolalar jismoniy rivojlantirishda, ertalabki badan tarbiya, asosiy harakat mashqlari, harakatli o’yinlar, umumrivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy mashqlar va massaj va chiniqtirish tadbirlari, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o`tkaziladi.
Bolalar jismoniy tarbiya faniga ajratilgan soatlar: pedagogika kollejlarida 80 soat davomida o’tiladi, shundan nazariy o’quv m’ashg’ulotlari uchun -30 soat, amaliy o’quv mashg’ulotlar uchun –50 soat ajratilgan.
Bolalar jismoniy tarbiya fani jarayonida quyidagi o`quv mashg`ulot turlari mavjud:
1) Ikkita turdagi nazariy mashg`ulot: nazariy- yangi bilimlarni egallash bo`yicha o`quv mashg`ulot va nazariy-to`liq o`quv mashg`ulot berilgan.
2) Amaliy mashg`ulot: bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish, mustahkamlash va ko`nikmalarni shakllantirish.
«Bolalar jismoniy tarbiya» fani bo`yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlar keltirilgan:
Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim. Ta’lim jarayonini tuzishda va amalga oshirishda shaxsga maqsad, sub’ekt ustunligi, natija va uning samaradorligini asosiy mezondek yo`naltirish ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining to`laqonlik rivojlanishi: ta’lim berish jarayonini shaxsparvarlashtirish va tabaqalashtirish: kasbiy tayyorgarlik yo`nalishlari bo`yicha Davlat ta’lim standartlari talablariga rioya qilgan holda ta’lim oluvchi shaxsni rivojlanish yo`liga yo`naltirish:
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnalogiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo`naltirilgan yondoshuv: Ta’lim beruvchi vazifasining o`zgarishi: nafaqat bilim berish, balki ta’lim oluvchilarni ularni mustaqil izlash, tahlil qilish, taqqoslash, o`zgartirishga, hayotiy muhim vazifalarini hal etishda qo`llash, barcha hayot yo`li davomida bilimlarini tezkor yangilash va to`ldirishni o`rgatish. Buning uchun esa, o`qituvchi barcha to`g`ri yechimlarning birinchi toifadagi namoyishchisi bo`lmasdan, balki o`quv jarayonini tashkilotchisi, maslahatchisi va nazoratchisi bo`lishi kerak; bilimlarni yetkazishning kam samarali og`zaki yo`llarini kamaytirishga keltirish.
Muloqatli yondashuv. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan teng huquqli tomonni o`rgatishi; shuncha o`qitish emas, ta’lim oluvchilarni rivojlanishiga, uning o`zi harakaatlanishiga sharoit yaratishga qancha rag`batlantirish; ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni mustaqil rejalashtirish qobiliyatini va uni yechish yo`llarini taklif etish, olingan natijalarni baholash yoki tekshirishga olinishiga tayyorgarlikni shakllantirishni ko`zda tutadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Mustaqil individual ish - guruhlarda hamorlikdagi ish- hamkorlikda ta’lim berishda bilish jarayonining dialektik o`zaro bog`liqligi shundan iborat.
Muammoli ta’lim. Yo`nalish bo`yicha mustaqil ijodiy bilish faoliyatini ta’minlash: muammoli vaziyat -muammoni shakllantirish - uni hal etish yo`li - muammoni yechish - yechimni tekshirish.
Asosiy konseptual yondashuv va maqsaddan kelib chiqqan holda hamda o`qitish texnologiyalarini loyihalashtirishda o`qitish metodlari, shakllari, vositalari hamda qayta aloqaning usul va vositalari tanlab olingan, ya’ni:
O`qitishning metodlari va texnikalari: kichik-ma’ruza, hikoya, tushuntirish,yo`riqnoma berish, namoyish, ko`rsatish, videometod, kitob bilan ishlash, INSERT, mashq, suhbat, bahs, aqliy hujum, pinbord, muammoli metod, keys-stadi, loyiha.
O`quv faoliyatini tashkil etish shakllari: Jamoaviy, ommaviy, guruhli va yakka tartibda.
O`qitish vositalari:
- O`qitishning texnik vositalari- kompyuter,yozuv slaydalar, o`quv- kompyuter tizimi.
- Yordamchi o`qitish vositalari- grafik tashkil etuvchilar, chizmalar, jadvallarлар vа h.k.
- O`quv- didaktik materiallar- o`quv topshiriqlar va uni o`quv bajarish bo`yicha yo`riqnoma berish, darsliklar, uslubiy majmua.
Qaytar aloqa usullari va vositalari:kuzatish, tezkor so`rov, savol-javob, o`quv topshiriq, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat testlari natijalarini tahlil asosida pedagogik diagnostikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |