Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov


‘islom Kaiimov. 0 ‘zbekiston buyuk kelajak saii. -  T.: « 0 ‘zbeki  an»,  1998,13-bet



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet568/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   564   565   566   567   568   569   570   571   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

‘islom Kaiimov. 0 ‘zbekiston buyuk kelajak saii. -  T.: « 0 ‘zbeki  an»,  1998,13-bet.

591


an’analaming  tiklanganligida  ham  ko‘rishimiz  mumkin.  Bulami 

qadrlash  va  asrash  mustaqillikni  mustahkamlash  yo‘nalishida  qator 

vazifalami belgilaydi.

Nazarimizda, an’analar, umuminsoniy an’analar va milliy an’analar 

bo‘yicha  talabalaming  tushunchalarini  rivojlantirib  borish  mazkur 

vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Adabiyotlarda  keltirilishicha,  an’analar -  

jamiyat  hayoti  turli  sohalarining,  moddiy  va  ma’naviy  faoliyat 

shakllarining  kishilar  o‘rtasidagi  aloqalar  va  munosabatlaming 

avloddan-avlodga  o‘tishi,  ajdodlar  hayoti  va  xususiyatlarining 

takrorlanish tarzi.

Vatanga  muhabbat,  oilaga  sadoqat,  ota-onaga  izzat-hurmat, 

kattalarga,  qariyalarga  ehtirom  kabi  an’analar  umuminsoniydir. 

Chunki ular har bir millatda, elatda va el-yurtda bor. Ulaming namoyon 

bo‘lishi  esa,  har  bir  xalqda  turlicha.  Bunday  xilma-xillik  xalqning, 

elning tarixi va hayotiy shart-sharoitlari bilan mushtarak.

Milliy  an’analar  -   millat  hayotining  turli  sohalarida  namoyon 

bo‘ladigan  tushunchalar,  belgilar,  xususiyatlar,  faoliyat  turlari,  odatlar 

va  xislatlaming  avloddan-avlodga  o‘tish  hamda  meros  bo‘lib  qolish 

ko‘rinishi.  Milliy  an’analar  umuminsoniy  an’analaming  bir  millat 

darajasida  namoyon  bo‘lishidir.  Ular  orqali  har bir  millat  bir  davrdagi 

o‘ziga  xos  xususiyat,  hayot  tarzi,  madaniyati,  fani,  adabiyoti  hamda 

boshqa  sohalardagi  erishilgan  natijalar  va  yutuqlami  boshqa  davrda 

yashayotgan avlodlarga yetkazadi.

Miliiy an’analarda millatning  betakrorligi,  millat hayotining o‘ziga 

xosligi, vorislikning muhim milliy jihatlari namoyon bo‘ladi. Millatning 

har bir avlodi milliy an’analami  o‘tmishdan kelajakka etkazib beruvchi 

insonlar  ruhida  tarbiyalanishi  kerak.  Millatning  tanazzuli  milliy 

an’analaming ham tanazzulidir.

Xalqimizning 

tarixiy 


qadriyatlaridan 

hisoblangan 

Navro‘z 

bayramini  milliy  ana’analardan  biri  sifatida  keltirishimiz  mumkin. 

Navro‘z  (forschada  «navro‘z»  -   yangi  kun  ma’nosini  anglatadi)  -  

Turkiston,  o‘rta va yaqin  Sharqda yashovchi  o‘zbek,  ozarbayjon,  tojik, 

hind, fors va boshqa xalqlaming qadimiy an’anaviy Yangi yil bayrami. 

Shamsiya hisobida yilning birinchi  kuni  bo‘lib,  bahorgi tun va kunning 

tengligiga,  ya’ni  21-22  martga  to‘g‘ri  keladi.  Tarixiy  manbalarda 

keltirilishicha,  Navro‘zni  bayram  qilib  o‘tkazish  ahamoniylar  davri 

(miloddan awalgi VI-V asrlar)dan boshlangan.

Mustaqillik  sharofati  bilan  1991-yilning  31-avgustida  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Kengashi  tomonidan  « 0 ‘zbekiston  Respublika-

592



sining  davlat  mustaqilligini  e’lon  qilish 

to‘g‘risida»gi  va 

« 0 ‘zbekiston 

Respublikasining 

davlat 

mustaqilligi 

asoslari 

to‘g‘risida»gi  qonunlar  qabul  qilindi  hamda  1-sentyabr  O‘zbekiston 

Respublikasining  Mustaqillik  bayrami  va  dam  olish  kuni  deb  e’lon 

qilindi.


Eng  quvonarli  joyi  shimdaki,  Mustaqillik  kuni  xalqimizning  eng 

katta bayramiga, ya’ni milliy an’anaviy bayramiga, aylanib bormoqda.

Xulosa  qilib  aytadigan  boisak,  ildizi  uzoq  an’analarga, 

qadriyatlarga  borib  bog‘lanadigan  asosiy  tushunchalar  talabalarda 

mustaqillik  tarbiyasini  amalga  oshirishda,  shuningdek,  mustaqillik 

tafakkurini  shakllantirish va  rivojlantirishda muhim  omil  boiib  xizmat 

qiladi.

7.2.  MUSTAQILLIK 0 ‘ZBEKIST0NDA TA’LIM-TARBIYA 

TIZIMIDAGIISLOHOTLAR VA KADRLAR TAYYORLASH 

MILLIY MODELI

0 ‘zbekiston  Respublikasi  mustaqil  boigandan  so‘ng  mamlakati- 

mizda  milliy  taiim  tizimidagi  tub  islohotlar  1992-yilda  qabul  qilingan 

«Ta’Iim  to‘g‘risida»gi  birinchi  qonun  asosida  boshlandi.  Qonun, 

avvalo,  milliy ta’lim tizimida ilgaridan mavjud  ijobiy jihatlami,  istiqlol 

davrida jamiyatni ma’rifiy va ta’ lim-tarbiyaviy bo‘shliqdan omon saqlab 

qoldi.  Taiim-tarbiya  sohasida  vujudga  kelishi  muqarrar  ‘ma’rifiy- 

g‘oyaviy  bo‘shliqning  qanday  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishini  endi 

mustaqillikka erishgan 0 ‘zbekiston Respublikasi jamiyati juda teran his 

qilib va anglab yetgan  edi.  Ana  shu  g‘oyaviy  xavfning oldi  olinganligi 

dastlabki 

«Ta’lim 

to‘g‘risida»gi 

qonunning 

huquqiy-amaliy 

ahamiyatini favqulodda oshirib yubordi. Ayni paytda, qonun sobiq sovet 

totalitar  tizimini  mafkurasi  illatlami  anglab  olishimizga  va  shu  orqali 

eski  tizimdan  yangi  demokratik  tizimga  o‘tishning  ma’rifiy-g‘oyaviy 

ko‘prigiga  aylandi.  Eng  muhimi  qonun  yaratgan  huquqiy-amaliy 

imkoniyatlar oiaroq,  taiim  tizimiga qator jiddiy yangiliklar kirib keldi 

jumladan,  oliy  va  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlariga  kirishning  test  tizimi 

joriy etildi.

Milliy  istiqlol  taraqqiyoti  taiim-tarbiya  sohasida  yanada  jiddiy 

yangilanishlar  qilishni  taqozo  eta  boshladi.  Ana  shu  ijtimoiy  talab 

asosida  1997-yil  29-avgustda  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonun  yangi 

tahrirda  qabul  qilindi.  Ana  shu  Qonunning  mantiqiy  -  amaliy  davomi 

sifatida  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»  ishlab  chiqildi.  Milliy

|

593



dastur  bevosita  Qonunning  ijrosi,  shakli,  vositasi  hamda  usullarining. 

yig‘ma  amaliy-tashkiliy  majmui  bo‘lib,  ular yaxlit  holda ta’lim-tarhiya 

sohasidagi  islohotlaming  asosiy  yo‘nalishlari,  tamoyillarini,. talab *va 

maqsadlarini, muammoni yechimi bilan bog‘liq rejalami belgilab berdi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  «Kadrlar  tayyor- 

lash  Milliy  dasturi»  bosqichma-bosqich  ro‘yobga chiqarish yuzasidan 

kompleks rejasini ishlab chiqib, hozirgacha, amalga oshirmoqda.

Ta’lim-tarbiya  sohasida  bosqichma-bosqich  islohotlar  tamoyili 

qonunlaming  bosh  huquqiy-amaliy  sharti  sifatida  tub  yangilanishning 

bir-birini  uzviy  mantiqiy-tashkiliy  davomi  bo‘lmish  uch  bosqichini 

belgilab berdi.

Birinchi  bosqich  1997-2001-yillarda  amalga  oshirilgan  islohotlar 

tizimi 

bog‘liq bo‘ldi va u Milliy dasturda rasman o‘tish davri baholandi.

Birinchi  bosqichda  ta’lim  tizimi  salohiyati  saqlanib  qolgan  holda, 

awalo,  uning  amaliy-tashkiliy  takomili  bilan  konstitutsiyaviy  va 

huquqiy-me’yoriy  zamin  yaratilib,  ilmiy-uslubiy,  moddiy-moliyaviy 

shart-sharoitlari 

mustahkamlandi. 

Natijada 

birinchi 

bosqichda 

belgilangan quyidagi vazifalar ijrosi to‘la ta’minlandi:

-  Milliy dastur ijrosi samarali boshlab yuborildi;

-  yangicha talablarga javob beradigan pedagogik kadrlar tayyorlana 

boshladi;

-  umumta’lim  maktablari  qaytadan  tuzildi,  uch  yillik  ta’lim  (o‘rta 

maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari, ya’ni kasb-hunar kollejlari  hamda 

akademik  litsey)  tizimiga  o‘tilib,  uzluksiz  ta’lim-tarbiya  tizimi 

shakllandi;

-  ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq ijtimoiy himoya rasman kafolatlandi;

-  davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning 

kafolatiga aylandi va h.k.

Ta’lim-tarbiya tizimi islohotining 2001-2005-yillarga mo‘ljallangan 

ikkinchi  bosqichda,  Qonunga ko‘ra va  Milliy  dastumi  keng  miqyosda 

to‘liq amalga oshirishi bilan bog‘liq vazifalar bajarildi.

2005-yiI  va  keyingi  yillarga  mo‘ljaIlangan  uchinchi  bosqichda, 

mohiyatan  ta’lim-tarbiya  tizimi  tashkiliy-amaliy  islohotlarining  o‘ziga 

xos,  ya’ni  yakuniy  sifat  bosqichi  mavjud  ilg‘or  va  istiqbolli 

tajribalaming 

tahliliy-tashkiliy 

umumlashmasi 

sifatida 

islohiy 


jarayonlaming yangi  sifat darajasiga ko‘tarish, yanada takomillashtirish 

bosqichiga aylanishi zaruratidan iboratdir.

Demak,  mustaqil  0 ‘zbekiston  Respublikasida  ta’lim  va  tarbiya 

tizimidagi 

islohotlar  yalpi 

umumma’rifiys 

umumma’naviy 

va

594




umummadaniy  yuksalishga,  zamonaviy  bilim  va  mustaqil  tafakkur 

tarbiyasi  shakilanishiga,  «Kuch  — bilim  va  tafakkurda»  tamoyilining 

to‘liq  amal  qilishiga  erishiladigan  bu  bosqichda  barkamol  avlod,  ya’ni 

komil  insonning jamiyatda  o‘z  munosib  o‘mini  topishi  ta’minlanishi, 

muhimi  -   «Biz  hech  kimdan  kam  emasmiz,  biz  hech  kimdan  kam 

boimaymiz»  prinsipining amaliy ifodasi ko‘zda tutilgan.

«Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»da  uzluksiz  taiim   tizimiga 

alohida  e’tibor  qaratilgan.  Maqsad  -   uzluksiz  taiimni  davlat  taiim  

standartlari  (DTS)  va  muayyan  taiim   dasturlari  bilan  ta’minlashda 

ulaming jahon talablari darajasida boiishiga, yuksak ma’rifiy-ma’naviy 

zaminda qurilishi lozimligiga erishishdir.

Aynan  shu maqsadga mos keluvchi, unga xizmat qilib, ko‘zlangan 

samarani beruvchi taiimni bir-biri bilan uzviy bogiangan beshta tizimi 

asos  qilib  olindi.  Ulardan  oliy va o‘rta maxsus  taiim  vazirligi  maqomi 

va  faoliyati  doirasi  bilan  bogiiq  o‘rta  maxsus  va  kasb-hunar  taiimi 

hamda oliy mutaxassislik taiimi tizimlari diqqatga sazovordir.

0 ‘qish  muddati  3  yildan  kam  boimagan  akademik  litseylar  va 

kasb-hunar kollejlari  o‘rta maxsus  bilim va kasb-hunar taiimi  tizimiga 

kiritildi.

To‘rt  yildan  kam  boimagan  muddatda  davom  etadigan  oliy 

mutaxassislik  taiimi  bakalavr  va  magistratura 

yo‘nalishlarida 

belgilandi.

Bakaiavrlik  yo‘nalishi  bazaviy  oliy  ta’lim  berib,  to‘rt  yil 

muddatda talabaga oliy m aium ot va tayanch mutaxassislik diplomi 

beriladi.  Magistrant  o‘qishi  ikki  yil  davom  etadigan  magistratura 

aniq 

mutaxassislik  bo‘yicha 



yakuniy  kvalifikatsion 

daviat 


attestatsiyasi  va  magistrlik  dissertatsiyasi  himoyasi  bilan  yakun 

topuvchi oliy kasbiy taiim  beradi.




Ayni  paytda,  Milliy  dasturda  uzluksiz  ta’limning  rasmiy  tizimida 

ikki  daraja  -   aspirantura  va  doktoranturadan 

iborat  quyidagi 

yakunlovchi bosqich joriy etildi.

Nihoyasiga yetkazilgan magistrlik negizida uch yil davom etadigan 

aspiranturadan  maqsad  -   muayyan  mutaxassislik  bo‘yicha  oliy 

klassifikatsiyali  ilmiy  va  pedagogik  kadrlami  shakllantirishdir. 

Aspirantura  akademik  va  kvalifikatsioji  imtihonlari  hamda  nomzodlik 

disertatsiyalarini  himoya  qilish  bilan  yakunlanadi  va 

tanlangan 

mutaxassislik bo‘yicha «fan nomzodi» ilmiy darajasi beriladi.

Doktorantura  -  fan  nomzodi  ilmiy  darajasi  negizida  3  yil  davom 

etadi,  dissertatsiyani  himoya  qilish  bilan  yakunlanadi.  Yakunga  ko‘ra 

tanlangan mutaxassislik bo‘yicha «fan doktori» ilmiy darajasi beriladi.

Milliy dasturda ko‘zda tutilgan bilim berish va kasb-hunar o‘rgatish 

bilan  bogiiq  uch  yillik  taiimning  mazmuij  -  mohiyati  tayanch 

umumtaiim  bosqichini  tugatgan  o‘quvchiga  o‘z  xohish-irodasi  va 

intilishiga  ko‘ra  ikki  turdagi  uch  yillik  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlarida 

taiimni  majburiy  -  ixtiyoriy  davom  ettirishning  huquqiy  imkonini 

beradi.


0 ‘rta maxsus bilim yurtlari (akademik litseylar) o‘quvchilar o‘zlari 

tanlagan taiim  yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini oshirish, muayyan oliy 

o‘quv  yurtlariga  o‘qishga  kirishi  uchun  aniq  maqsadga  yo‘naltirilgan 

fanlami chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan.  Uch yillik taiim  muddatidan 

iborat  kasb-hunar  kollejlarida  talabalarga  o‘zlari  tanlagan  kasb-hunar 

yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilim olish huquqi berildi.

Shuningdek,  Milliy  dasturda  taiim   va  kadrlar  tayyorlash,  taiim  

muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda  akkreditatsiya qilishning 

xolis tizimi joriy etildi.  Dasturda ko‘zda tutilgan kadrlar tayyorlashning 

amaldagi  ijrosi  bilan  bogiiq  vazifalar,  taiim   sifatini  nazorat  etish 

yoilari belgilab berildi.

Dasturda  taiim   oluvchilar  ma’naviy  tarbiyasini  samarali  shakl  va 

usullari  ishlab  chiqilib,  ulami  joriy  etish,  pedagog  va  mutaxassis 

kadrlaming professional salohiyatini oshirish nazarda tutilgan edi.

«Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»  mundarijasi  shaxs-davlat  va 


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   564   565   566   567   568   569   570   571   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish