fikrimizni Hasanmurod Qori Muhammadamin o‘g‘li Laffasiyning
«Tazkirai shuaro» asaridagi dalillar bilan isbotlashimiz mumkin:
«...Muhammad Rahimxon n tqqiz yashar bir navjuvon aqllik yigit
blg'oni bilan Xorazm taxtiga minib hukmronlig' holida Xorazm
qifasini mahkam zabt etib, yovmut, qozoq, qoraqalpoq fuqarolarining
yosh va kattalaridin ziga muhabbatlarini jalb etib mukarram qilish
bilanXorazm mamlakatin... osuda va faroatlik holda tutadi».
Haqiqatan ham, Muhammad Rahimxon Soniy Feruz o‘z atrofiga har
bir ishga adolat va haqiqat nuqtayi nazaridan qarovchi amaldorlami
to‘pladi. Avvalo, dono tog‘asi (doyisi), ya’ni bosh vazir Ibrohimxo‘ja,
shoir, tarjimon va tarixnavis olim Ogahiy, yetuk shoir va tarixnavis
Bayoniy, qobiliyatli shoir, musiqashunos, taijimon va davlat arbobi
Polvonniyoz mirzaboshi (Komil Xorazmiy), uzoqni ko‘ra biluvchi
tadbirkor Ismoilxo‘ja naqib, qozi Muhammad Latif oxun, jasur va mard
Matmurod devonbegi, uddaburon Rahmatullo yasovulboshi, Abdulla
mahram
va adolatpesha
Shayxnazarboy
kabilar
bilan
birga
hammaslahatligi tufayli mamlakatda yangi nizomlar, farmonlar, qonun-
qoidalar qabul qilinib, davlatni boshqarishda siy osiy-ma’ muriy,
iqtisodiy-madaniy islohotlar o‘tkaziladi. Soliqlar kamayadi, sug‘orish
ishlari yaxshilanadi, qurilish ishlariga e’tibor kuchayadi, savdo-sotiq
rivojlanadi.
Ayniqsa, Feruzning ma’rifat va ma’naviy, obodonchilik va qurilish
sohasidagi siyosati ham alohida tahsinga loyiqdir. Uning rahbarligi
ostida qurilgan Feruz madrasasi va «Qibla Tozabog'» yozgi dam olish
saroyi to‘g‘risida to‘xtalsak shohning ma’rifatparvarlik va obodonchilik
borasidagi ishlari ko‘lami yaqqolroq ayon bo‘ladi.
Muhammad Rahimxon madrasasi 1871-yilda qurilgan. Qurilishga
xonning o‘zi rahbarlik qilgan. Madrasada yozgi va qishki masjid,
darsxona, kutubxona, hujralar bor. Madrasa ichida talabalar uchun
barcha qulayliklar yaratilgan. Madrasa hovlisi 76 ta bir qavatli hujra
bilan o‘ralgan. Ular bir hujra uch xonaga: qaznoq, (omborxona),
yotoqxona va darsxonalarga bo‘lingan edi.
Madrasa qurilishi va bezalishida «Qibla Tozabo» saroyiga
monandlik bor. Bu har ikkala bino qurilishini Feruzning o‘zi jiddiy
ravishda kuzatib borgan. Muhammad Rahimxonning farmoniga binoan
vaqfdan tashqari umumdavlat daromadidan madrasa mudarrislari,
oxunlar, masjid imomlari va 1338 talaba, jami 1798 nafar kishi moddiy
ta’minoti uchun pul sarflangani va ularga turli in’omlar, hadyalar berib
turilgan.
497
Asrimizning boshlariga kelib, Xiva xonligi hududida 130 madrasa,
1636 masjid bo‘lgan. Xonlik hududida 1500 maktab bo ‘lib, ularda yil
davomida 45 mingdan ziyod bolalar o ‘qigan. Madrasalarda tahsil
oladigan talabalar soni 2300 kishidan ziyod edi. Madrasalarda ilohiyot
ilmlari: Qur’on, Hadis,
tafsir, fikh (din va shariat qonun-qoidalari)
bilan birga riyoziyot (matematika, xandasa, geometriya), ilmi hay’at
(astronomiya), tibbiyot, (medisina), tarix, ju g ‘rofiya, ilmi aruz (poetika),
arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham
o ‘qitilar edi. Feruzning o ‘zi tez-tez Xivadagi madrasalarda bo‘lib, u
yerdagi ta ’lim-tarbiya ishlarini shaxsan nazorat qilib borar va
madrasalarning talabalariga davlat xazinasidan moddiy yordam qilib
turardi. U madrasa mudarrisi har tomonlama bilimdon bo ‘lishini,
darslarni ta ’sirchan va qiziqarli o ‘tishini istardi. Shu maqsadda Feruz
madrasalarga oxun va mudarrislikka tayinlashdan awal nomzodni
chaqirib tanishardi va imtihon qilib bo ‘Igach, «ochiq dars» o ‘tkazishini
so ‘rardi. Feruzning olim va fozillar ichida bunday oshkora ish
tutishining ahamiyati benihoya katta edi. Chunki bunda mudarrislik
vazifasiga tayinlanayotgan kishining shaxsiyati, zukkoligi, ma 'naviy
dunyosi, fozilu donishmandligi namoyon bo ‘lardi.
Xiva madrasalarida Muhammad Yusuf Hoji-Doiy, Xudoybergan
Oxund, Ojiz Muhammad Sharif Oxund, Yusufiy, Ollaquli Oxund,
Muhammad Yoqub Oxund, Muhammad Sharif Oxund, Muhammad Yusuf
Oxund', Muhammad Rizo kabi olimu fozillar mudarrislik qilib, ycshlarga
ta ’lim-tarbiya berganligi fikrimizning isbotidir.
Feruz mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash
maqsadida 1884-yilda o‘z saroyida maktab ochdi, bu maktabda Mirzo va
Rahmonquli kabi ustozlar yoshlarga bilim berish bilan shug‘ullandi!ar*
1887-yilda bu maktabda 11 quvchi ta’lim olib, shulardan olti nafari
Feruzning shaxsiy hisobidan o6qidi. Mana shu maktabda bo6lgan rus
rassomi L.E.Dmitriev-Kavkazskiy o6z xotiralarida bunday deb yozadi:
«Eshiklardan birini ochib, to6g6ri sinf xonasiga kirib keldik. U deyarli
bo6sh bo6lib, devoriga katta jug6rofiy xarita osilgan, tokchasida bir
qancha kitoblar bor edi. Soddagina qilib qo6lda yasalgan stol, uning
ustida siyohdon, yonida ikkita o6rindiq. Sinfning butun jihozi ana
shundan iborat edi. 0 6qituvchi mashg6ulotni boshqa xonada o6tkazardi.
U xonada ham deyarli hech qanday jihoz yo6q, faqat yerga ko6rpachalar
to6shalgan edi. Hovlida 11 bolani (11 yoshdan 15 yoshgacha) va boshqa
musulmon o6qituvchisini ko6rdib>.1
1
Do'stlaringiz bilan baham: