ulfatim», «Do ‘st», «Estaliklar» va boshqa she’rlari muhim ahamiyatga
ega.
U teatr, konsert, klub binolarini, madaniyat o‘chog‘i sifatida
tasvirlaydi va kishilaming ana shunday madaniy hordiq olishlari,
ulaming xulqiy ko‘rkamliklariga yordam berishini aytib, bulaming
hayotiy va didaktik ahamiyatini yoritadi.
Furqat tarbiyaning maqsadi, uni amalga oshirish shartlari va
uslublari to‘g‘risida ham ajoyib fikrlami yozgan. Uning ta’biricha, kishi
o‘z vatanining sodiq farzandi, insonparvar, rostgo‘y, madaniyatli va
ma’lumotli shaxs boiib yetishishi lozim va tarbiya shunga qaratilgan
boiishi kerak:
Ramzi dahonidin so‘z nadurki hech asar yo‘q,
Yo‘q so‘zni bor demoqlik el ichra.
Maiumki, tarbiyaning asosiy usuli ishontirishdir. Shunday ekan,
Furqat yoshlarga mehr-muhabbat bilan munosabatda boiish zarurligini
va bunday samimiy munosabatning taiim-tarbiyadagi ahamiyatini
bayon qilish bilan birga taiim maskanida yoshlar o‘zlarini erkin,
quvnoq tutishlari kerak, deb bilgan. Umuman, ularga tazyiq ko‘rsatish,
zug‘um qilishdek salbiy munosabatlar o‘qitishj o‘rganish ishlarida
nihoyatda zararli ekanini asoslab bergan o‘z davrining ilg‘or fikrli
ma’rifatparvarlaridandir.
6.3. BERDIMUROD BERDAQNING PEDAGOGIK
QARASHLARI
Iste’dodli
qoraqalpoq
shoiri va
mutafakkiri
Berdimurod
Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq (1827-1900) o‘z asarlarida qoraqalpoq
xalqining XVIII-XIX asrlardagi ijtimoiy turmushini aks ettirarkan, davr
hodisalariga xalqparvar va ma’rifatparvar shoir sifatida baho berdi va
osoyishtalik, ilm o‘rganish, axloq, odob, adolat, mehnatsevarlik va
vatanparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdi. Uning «Bo‘lgan emas»,
«Yaxshiroq», «Xalq uchun», «Izlar edim», «Soliq», «Bu yib>, «Umrim»,
«Ahmoq poshsho», «Menga kerak», «Avlodlar», «0limga», «Ahmoq
bo ‘lma»,
«lzlarim»,
«Yoz kelarmi»,
«Aydosbiy»,
«Otangeldi»,
«Yernazarbiy» kabi she’r va dostonlarida ijtimoiy-siyosiy va pedagogik
qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Berdaq moddiy olamga (dunyoga) munosabat masalasida qadimgi
grek (yunon) faylasuflari Aristotel, Platon g‘oyalaridan tashqari Forobiy,
Beruniy, Ibn Sino. Bedil, Firdavsiy, Farididdin Attor, Abdurahmon
493
Jomiy, Alisher Navoiy, Fuzuli, Mahtumquli kabi allomalaming
asarlaridan bahramand boidi va puxta o‘rgandi. Shu bois Berdaq «Izlar
edim» she’rida
«o ‘tgan Arastu, Aflotun, Yaratib ilmning kalitin», «Bedil,
Attor, «Bidon»ni, takrorlab ottirdim tongni», «Bir sababkor yoliz
Alloh, Firdavsiyday dono bormi?» — deb yozgan pedagogik fikrlari
asosida zulm va tengsizlik tub mohiyatini anglab yetdi va bilim berish,
madaniyat va ma’rifiy tashviqot-targ‘ibotni rivojlantirish, kishilami ilmli
qilish tufayli rushnolik qilish mumkinligiga to ia tushundi.
Berdaq
taiim-tarbiya
haqidagi
qarashlarida
donolik
va
bilimdonlikni yuksak qadrlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: