Shunday qilib Amir Temuming «Temur tuzuklari» asarlari
olamshumul
tarixiy voqealami haqqoniy aks ettirgan
tarixiy
yodgorlikdir, undagi
odob-axloq, vatanparvarlik va adolatparvarlik
g‘oyalarini yoshlar qalbiga yetkazib berish bizning burchimizdir.
4.3. MIRZO ULUG‘BEKNING ILM-FAN VAIJTIMOIY-
PEDAGOGIK FIKRLAR T ARAQQIY OTIG A QO‘SHGAN
HISSASI
Muhammad Tarag‘ay - Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) Amir
Temur sulolasiga mansub ulug‘ zot, ulkan davlat arbobi va buyuk
dahodir. Amaliy faoliyatida davlat arboblikni olimlik, olimlikni esa
davlat arboblik bilan qo‘shib olib borish Mirzo Ulug‘bekka xos bo‘lgan
nodir fazilatdir. Ulug‘bek - podshohlar ichra donishmand, donishmand-
lar ichra podshohdir. U - insoniyat tarixida ahyon-ahyondagina
uchraydigan noyob fenomen.
Ulug‘bekning
zamondoshi
Sakkokiy
qasidalaridan
birida
Ulug‘bekning ilmu kamolotini, buyuklik cho‘qqisiga ko‘tarila olganligi,
dunyoda podshoh va olimlar ko‘p o‘tganu, ammo unga tenglasha
oladigani bo‘lmaganligini shunday odil va orif misrlarda bayon etadi:
Salotin dunyoda ko‘p keldi-yu ketdi, seningdek bir,
Falakning gar tili bo‘lsa ayitsunkim qachon kelgan.
Mirzo Ulug‘bekning olam uzra mashhur bo‘lishi va tarixda abadiy
qolishida buyuk sohibqiron bobomizning ta’lim-tarbiyasi va shaxsan
unga nisbatan boigan mehr-muhabbatining ahamiyati beqiyosdir. Amir
Temur sevikli nabirasi Muhammad Tarag‘ay tarbiyasiga alohida e’tibor
bilan qaragan. Amir Temur nabirasi Ulug‘bekning o‘tkir zehnli, aqlu
farosatli boiganligi uchun juda sevardi. «Ko ‘zimning nuri, saltana-
timning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq Ulug‘bek Mirzo nozik
boiib o‘sdi, buning ustiga ko‘p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan
o‘tkazar, davlat ishlariga rag‘bati yo‘q ko‘rinar edi.
Ulug‘bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug‘ul-
lanib, sevimli nabirasiga o‘quv-yozuvni o‘rgatgani, tarixiy mavzularda
hikoya va ertaklami so‘ylab bergani uning hayotida o‘ziga xos maktab
boidi.
U Amir Temur saroyida boiadigan maslahatlar, olimlar, sayyidlar,
ulamolar, shayxlar bilan boiadigan kengash va mashvaratlarda, chet
eldan kelgan elchi va davlat arboblarini qabul qilgan paytlarda, ziyo-
fatlar chogida, shuningdek, harbiy mashqlar paytlari va yurishlarda
339
Ulug‘bekni ko‘pincha ishtirok ettirgan.1 U nabirasini qilichboz sarkarda
emas, balki buyuk donishmand olim boiib yetishishini aniq bilgan va
shu yo‘lda unga rahnamolik qilgan.
Ulug‘bek yoshligidan ko‘p kitoblami mutolaa qilgan boiib, u
ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi. U bobosining xos
munajjimi mavlono Badriddin bilan ko‘p vaqtini o‘tkazar, undan hisob
va taqvimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan
paytlarida yulduzlaming o‘mi va harakatini kuzatish bilan mashg‘ul
boiaredi.
Taniqli olim Bo‘riboy Ahmedovning maiumotlariga ko‘ra,
mavlono
Badriddin
Samarqandda
boigan vaqtda
Ulug‘bekni
Ko‘ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi
kelib tushgan Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»sini ko‘rsatadi. Shu
yerda mavlono Badriddin Ulug‘bekka alloma al-Farg‘oniy tarafidan
bitilgan «Kitob f i javome ’ ilm an-nujum va usul al harakat as-samoviya»
(«Yulduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritgichlari harakatining asosini
(bir-biriga), qo ‘shuvchi kitob»)ni ko‘rsatadilar.
Shunday qilib, Ulug‘bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin
Tusiy yordamida al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Nasriddin Tusiy, Abu
Rayhon Bemniy, Umar Hayyom kitoblari bilan hamda Oqsulot va
Utrorda «Ziji Malikshohi» bilan tanishdi.
Fanga boigan zo‘r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi
tufayligina Ulug‘bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari
sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda
hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor boidi.
Zo‘r qobiliyat, o‘tkir xotira va asta-sekin bilimlami to‘plash shunga
olib keldiki, Ulug‘bekda fanga qiziqish va intilish rivojlana bordi.
Ulug‘bek bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o‘z ustida muntazam
ravishda ishlashi natijasida o‘zining ko‘pgina zamondoshlaridan o‘zib
ketdi. Shunday qilib, oldin o‘tgan ajdodlar - Markaziy Osiyodagi
qadimgi xalqlaming madaniy merosi Ulug‘bek bilimlarining asosiy
manbai boidi.
0 ‘sha davrda aniq fanlaming rivojlanishi, ana shu sohaga oid ajoyib
asarlaming yozilishi va, nihoyat, buyuk astronomlar va matematiklar
bilan yaqin munosabatda boiish Ulug‘bek ilmiy faoliyatining asosiy
yo‘nalishini belgilab berdi.
1411-yilda 17 yoshli Ulug‘bek Mirzo Movarounnahr va Turkiston-
ning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida uning mavqei
Do'stlaringiz bilan baham: