-: T,
.
Ikkiiichi sifat: «Men har doim Islomga qafiy rioya qildim va
Alloh Taoloning amri bilan ulugiangan shaxslarga-hurmat bilan
qaradim».
Uchmclii sifat: «Men kambag(allarga ko6p xayr-ehson qildim.
Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar
to6g6ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim».
To‘rtinchi sifat: «Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga na’f yetkur-
dim. Bunda birovga nohaq ozor yetkazmadim va mendan yordam so6rab
kelganlami ko6kragidan itarmadim, Qur’ondagi parvardigoming
Allohning amriga bysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan
oyatini o‘zimga farz bilib, uqib oldim va umr bo6yi barcha
yumushlarimda unga amal qildim».
Beshinchi sifat: «Islomga taalluqli ishlami men har doim kundalik
va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim. Avval tangriga itoatni ado etib
boigandan keyingina kundalik ishlarga q o i urdim».
Oltinchi sifat: «Barcha szlarimda doim haqiqatgo‘ylikka amal
qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagi yeshitganlarimdagi haqiqatni
yolg‘ondan ajrata bildim».
Yettinchi sifat: «Men har kimgaki, va’da bersam, unga vafo qildim.
Hargiz va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq
bajarsam, shundagina odil boiishimni va kimsaga jabr yetkazmas-
ligimni angladim».
Sakkizinchi sifat: «Doimo o6zimni Allolining yerdagi mulkining
posbon deb bildim va parvardigoming iznisiz uni sarf etmadim.
Tangrining irodasisiz uning bandalarining hech biriga zarar yetkazma-
dim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriya qilishga
intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega boiishga intilmadim
va, shuningdek, hech qachon ko‘proq boylik orttirishga harakat
qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada
Amir Husayn bilan boigan voqea menga ibratli boidi. 0 ‘z
fuqarolarining mol-mulkiga nisbatan ochko‘zligi pirovardida uni
halokatga olib keldi».
To4qqizinchi sifat: «Men har doim tangrining amrini va uning
payg6ambar Muhammad (s.a.v.)ning hadislarini to ia ado etishga
intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo‘sunlariga butkul amal qildim
va nopok ishlardan butun vujudim bilan o‘zimni tiydim. Paygcambar va
uning sahobalarini o‘zimning yagona va eng yaxshi do‘stlarim deb
bildim».
337
0 ‘niiichi sifat: «Men har doim insof bayrog‘ini baland ko6tardim
va imon tarqatishni o‘z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men
inson bir onadan tuilgan deb ishonganman. Shuning uchun mustahkam
qudratga tayangan qudrat, buyuk boiadi».
0 ‘n birinchi sifat: «Men doim sayyidlarga ehtirom bilan qarardim,
ulamo va shayxlami e’zozlardim. Bu kishilami doimo majlislarimga
chakirardim. Ulami din masalasi yuzasidan aytganlarini diqqat bilan
tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan
xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi».!
Shunday qilib, sohibqiron Amir Temuming ibratli, hayotiy pand-
nasihatlari va purma’no o6gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi,
mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga
qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ulami hadsiz xazina,
odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Bu o6gitlar Sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish: goh
muvaffaqiyatli, goho muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish
anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o‘gitlar xalqlaming bir maqsad
sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirgan, sehrli
tarbiyaviy kuchga ega boigan durdona — pedagogikadir. Bu
pedagogika buyuk Sohibqironning davlatni boshqarish va uni idora
qilish, g‘olibona harbiy yurishlar qilish, raamlakatda osoyishtalik
o‘rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida
buzilmas do‘stlik, mehr-shafqat, odamiylik va axloq-odobni
tarbiyalash kabi muammolarni hal qilishga bag‘ishlangandir.
Tadqiqotchilaming fikriga ko‘ra Sohibqiron Amir Temur o‘gitlarini
uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganish
maqsadga muvofiqdir:
a) din va shariat;
b) davlat va uni idora etish;
d) kengash oikazish;
e) podsho va vazirlar.
Axloq va odob haqidagilarga quyidagilar kiradi:
- adolat va adolatsizlik;
- so‘z va ishning birligi;
- do‘st va dushmanlik;
- botirlik va qo‘rqoqlik;
- so‘z va shirinsuxanlik.2
Do'stlaringiz bilan baham: