tarbiyasidagi maktab shogirdlarining tovushini sotdi, bundan faqat shu
yil ichidagina loaqal ikki ming so ‘m kirsa kerakdir»x.
Xullas, Munawar qori va safdoshlari bu jamiyat orqali qashshoq va
kasalmand
kishilar,
o‘quvchilarga
yordam
ko‘rsatish
bilan
cheklanmaydi, Rusiya va Turkiyadagi oliy o‘quv yurtlariga talabalar
yuborish bilan ham shug‘ullanganlar. U millat bolalarini savodxon
qilishdek bunday savob ishga faqat «Turon» jamiyati a’zolarini jalb
etibgina qolmasdan, balki mahalliy boylaming ham boshini qovushtirib,
ulaming e’tiborini bu xayrli ishga tortadi. Bu haqda jamiyatning faol
a’zosi, keksa san’atkor Abdurahmon Akbarov shunday deb yozadi:
«Jamiyatimizdagi jadidlaming bosh rahbari boigan Munawar qori bir
kuni jamiyatimizning majlisiga kelib: «Ziyoli yoshlardan bir nechtasini
Germaniyagayuborib o ‘qitish kerak», deb uzoq nutq so‘zladi. Shundan
keyin jamiyatning rahbarlaridan 7-8 kishi Orifxo‘jaboyning yangi
shahardagi hovlisida shu haqda birinchi marta majlis o‘tkazadilar.
Ammo «Toshkent bayonlarining ko ‘pchiligi bo ‘lishi maslahatliroq
bo‘ldi» deb ikkinchi kattaroq yig‘in majlisini shayx Xovand Tahurlik
Kattaxo‘ja Xo‘jayevning uyida o‘tkazishga qaror qildilar.
...1916-yil oxirlari edi. Oradan chamasi 15 kunlar keyin Kattaxo‘ja
Xo‘jayevning uyida ikkinchi marta katta yig‘in boidi. Bu majlisga
Toshkentning
eng
mashhur
boyonlari
yig‘ildilar.
Jumladan,
Orifxo‘jaboy, Saidkarimboy, Komiljonboy choyfurush, Asil oqsoqol,
Boqijonboy va boshqalar.
Bu yerga to‘planganlaming
soni 50-60 ga yetardi. Buni tashkil
qilishda ko‘proq tashabbus ko‘rsatgan Munavvar qori bilan Ilhom
samovarchi va Murodxo‘ja Solixo‘ja o‘g‘illari edi. Hamma yig‘ilib
boigandan keyin majlis ochilib, birinchi boiib Munawar qori so‘zga
chiqdi.
Munawar qori:
« 0 ‘zbek ziyoli bolalarini Germaniyaga yuborib
o ‘qitishga juda muhtojmiz, bolalar o ‘quv, ilm-tahsil olib kelsalar,
millatiga katta xizmat qila oladilar», degan so‘zlar bilan uzoq nutq
so‘zladi. Uning ketidan Munavvar qorining so‘zini quwatlab Samig‘
qori chiqib so‘zladi, oxirida savollar tushdi: kim, necha kishini
yuboramiz, deb Samig‘ qori «boradigan kishilaming ro‘yxati bor, deb
domla Murodxo‘ja Solixo‘ja o‘giidan ro‘yxatni o‘qib berishni so‘radi:
Germaniyaga o‘qib kelish uchun boruvchilar shular ekan: 1. Shayx
Xovand, Tahur dahasidan Abdulvahob Murodiy yana bir kishi,
Beshyog‘och dahasidan ham ikki kishi; birinchisi - Chaqar mahallalik
1 Sirojiddin Ahmad Munawar qori. «Sharq yulduzi», 1992-yil, 5- son.
551
Muhammadjon, ikkinchisi Yalanqori mahallalik A’zam soatsoz o‘g‘li,
jami 4 kishi ekan.
Munawar qori yana o‘midan turib: jamoat, mana bu-yosh o‘smir
bolalarimizning Olmoniyaga borib o‘qib kelishlari
faqat siz
boyonlarimizning yordami ostida vujudga chiqadi»,— deyish bilan
o‘tirgan boylardan biri Munawar qorining qoMiga anchagina pul berdi...
Pul to‘planib, sanalib bo‘lgandan keyin Munawar qori o‘midan turib:
«Millatimizning kelajakdagi baxtu saodati uchun shunday katta
xizmatlaringizga ko ‘pchilik tomondan rahmatlar aytaman, deh
tashakkur bildirdi»\
.
E1 murabbiysi Munawar qori har bir xalqning millat sifatida
shakllanishining birinchi belgisi mazkur xalqning o‘zligini tanish va
o‘zini himoya qilish tuyg‘usining uyg‘onishi, milliy qadriyatlarini
saqlash va taraqqiy ettirishida ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi va bu
yo‘lda turli-tuman jamiyat hamda uyushmalami vujudga keltirish
zarurligi haqida yozadi: «Madaniy millatlaming butun taraqqiyoti
diniya va ehtiyoj mayllari uchun eng ishonchli suyanchiq va mutakka
attehoz (qabul — mualliflar) o ‘linmish va ulardan madaniyat
narvonining birinchi bosqichi maktab, ikkinchisi jamiyat ekan»2.
Demak, Munawar qori har ikki bosqichga ham jiddiy e’tibor beradi. U
mana shu ikki tayanch bilan millat bolalarining ko‘zini ochadi, chor
hukumatiga qarshi kurash olib boradi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, u
maktab va madrasalarda o‘qish va o‘qitish ishlarini takomillashtirish,
imtihonlar o‘tkazish haqida yozar ekan, «maktab va madrasalarda
imtihon joriy bo ‘Isa, ko ‘p shogirdlaming va bir necha mudarrislarning
madrasadan chiqarmaqlari lozim kelur» , deydi.
0 ‘zbek xalqini ma’rifatli qilishga intilgan Munawar qori 1918-yil
may oyida Toshkent shahrida «Turk o‘chog‘i» ilmiy-madaniy jamiyatini
tuzadi. Ushbu jamiyat Turkiston turklarini milliy tug‘ ostiga to‘plab,
ularga milliy ruh, milliy g‘oya va milliy tarbiya berish, milliy urf-odatlar
asosida ilm-ma’rifatli, tijorat, adabiyot va san’atni rivojlantirib, chin bir
turk madaniyatini vujudga keltirishni va shu tariqa millatimizning ruhiy
va jismoniy quwatini orttirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Munawar qori ana shu g‘oya asosida astoydil ish olib boradi.
Ma’lumki, 1918-yil boshida Toshkentda ovro‘palik aholi uchun so‘l
eser, Turkiston xalq maorif komissari K. Uspenskiy tashabbusi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: