Murattib ayla xush mazmun kitobi,
Balog‘at parvari, hikmat maoni...
Ayniqsa, Ogahiyning inson kamolotida ilm-ma’rifatning muhim
omil ekanligiga e’tibor berishi, uning bolalarga dunyoviy ilm-fanni,
ya’ni mantiqiy (logik) bilimlami o‘rgatish haqidagi fikrlari muhim
ahamiyatga egadir. Uning fikricha, asosan mantiq ilmi barcha bilimlami
o‘rganish uchun haqiqat kalitidir.
Ogahiy o‘z asarida ilmni egallash haqidagi da’vatlar bilan
kifoyalanib qolmadi, balki birinchi navbatda, uning jamiyat uchun
amaliy ahamiyati haqida ham qayg‘urdi. Uningcha, ilm agar jamiyat
manfaatiga xizmat qilsa, xalq farovonligi yoiida qoilansa, kishilarga
ro‘shnolik keltiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |