Bad tiynat ulus bum kibi shumdurur.
Tarbiyat anchakim yetsa mazmundurur.
Zaqqum niholi ichsa gar obi hayot,
Oxiri berajak mevasi zaqqumdurur.
Demak, Ogahiy fikricha, bolaning yaxshi va yomon boiishi keyingi
tarbiyasiga bogiiq. Shuning uchun ham bola yaramas odatlami kasb
qilmasligi, yaxshi oila va jamoada tarbiyalanishi, badxulq odamlardan
o‘zini tortishi, ular bilan hamsuhbat boimasligi darkor. Bola har kungi
hayotda zarur boiadigan insoniy xislatlar: xushmuomalalik, yurish-
turish qoidalari, salomlashish, ota-onani hurmat qilish, yolg‘on gapirishga
o‘rganmasdan doimo to‘g‘ri va rost gapirishni, shirinsuxanlikni puxta
o‘rganishi lozim. Bola boshqalar oldida o‘zini kamtar tutishi, sergap va
mahmadona boimasligi, gapirishdan oldin puxta o‘ylab olishi lozim.
Ko‘p va me’yoridan ortiq so‘zlashni u kishining katta nuqsoni deb
hisoblaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |