Ayniqsa, Nishotiyning til va adabiyotga oid muhira nazariy
masalalar to‘g‘risidagi xulosalari yuksak ilmiy-ma’rifiy va axloqiy-
ta’limiy ahamiyatga egadir. Uning fikricha, so‘z duri jon gavharidan
ham aziz bo‘lib, so‘z kishiga jon bag‘ishlaydi. Kishi jismonan nuqsonli
bo‘lsa ham, lekin shirin va ba’mani so‘zlay bilsa, kishilar uning bilan
doimo hamsuhbat bo‘lishga intilishadi:
So‘z duridur javhari jondin aziz,
Balki erur ikki jahondin aziz-
S o ‘zdin erur har tan aro jon dag‘i,
Jon demayin gavhari imon dag‘i,
Bo ‘Isa birov shakli zabundin zabun,
Qomat esa ham ango andoqki nun.
Do'stlaringiz bilan baham: