orasida urf-odatlarga oid janjallashishlar haqida menga ma'lumot
berib tursin, deb adolat amrini tayinladim. Shu tariqa dinni
rivojlantirib, shariatni musulmon mamlakatlariga yoydim»l.
Mustaqil Turkiston davlati ichki va tashqi siyosatini amalga
oshirishda Amir Temur Qur’on va Hadis talablariga qatiy amal qilgan,
ularga zid ish qilishga zinhor yo‘l bermagan. U islom dinini, shariat
qonun-qoidalarini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik, razolat,
shakkoklik, diyonatsizlik kabi illatlardan astoydil turib himoya qilgan.
Amir Temur diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlami ham
mukammal o‘zlashtirgan. Ilm-fan va madaniyatning u xabardor
bo‘lmagan biron-bir sohasi bo‘lmaganligiga uning keng qamrovli,
mazmunan nihoyatda chuqur «Temur tuzuklari» misoldir.
Ilmiy, falsafiy, tarixiy manbalarda, hozirgi zamon muarrixlarining
asarlari, ilmiy tadqiqotlarida Amir Temurning Movarounnahr,
Xurosonning bir necha ming yillik ilm-fan, madaniyati, tarixi, urf-
odatlari, an’analari, milliy qadriyatlarini chuqur bilganligi va astoydil
hurmat qilganligi haqida aniq maMumotlar berilgan. U o‘z Vatani
tarixini, ayniqsa, qadimiy Turon va Turkiston xalqlari davlatchiligi
masalasida keng bilim va ma’ lumotga ega bo‘ lgan.
Amir Temur mislsiz yorqin tarixiy shaxs sifatida o‘zini
tarbiyalagan, o‘ziga ma’naviy oziq bergan, buyuk ishlarga chorlagan el-
yurtining ilmiy-falsafiy ta’limotlariga katta qiziqish bilan qaragan.
Ayniqsa, Sharq donishmandlari - Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu
Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari buyuk mutafakkirlarning
tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlaridan to‘la xabardorligi
bugun hech kim uchun sir emas.
Amir Temur Sharqona an’analarga sodiq qolib, vaqti-vaqti bilan
olimlar, faylasuflar, hokimlar, tabiblar, munajjimlar, muhaddislar,
amirlar, vazirlar, dongdor san’at namoyondalari, turfa kasb-hunar egalari
bilan kengashib, ulaming maslahatini olib ish yuritgan. Nizomiddin
Shomiyning «Zafarnoma» asarida Eron imomlarining ulug‘lari va Turon
sohibi ixtiyorlarining fozillaridan bo‘lmish nomdor ulamolar va fozilu
fuzalolar bilan Amir Temur o‘tkazgan kengash haqida hikoya qilingan.
Unda Amir Temur, «o ‘tgan asrlardagi ulamolar sultonlarga yaxshilik
va adolat bobida y o ‘l krsatganlar, sizlar esa menga rahnomolik
qilmaysizlar va men bajarishim vojib va lozim blgan narsalami
menga aytmaysizlar... Menga tahsin aytish va mening mijozimga
muvofiq gapirishingiz menga xush kelmaydi, vazifa shuki, sizlar har
Do'stlaringiz bilan baham: