Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

«Musiqa»  atamasi  yunoncha  so‘z  boiib,  «bastalash»  degan  ma’noni 

anglatadi.  Sharq  mumtoz  she’riyatidagi  aruz  vazni -   hazaj  va  ramalda 

bitilgan g‘azallar o‘zining musiqiyligi bilan kishiga yoqimlidir.

Shu bilan birga al-Xorazmiy  qadimgi  Yunoniston,  Rim,  Hindiston, 

Xitoy,  Eron,  Markaziy  Osiyo  va  Arab  xalifaligi  hududlarida  keng 

tarqalgan  musiqa  asboblari  -   organ,  gitara,  ud,  chang,  g‘ijjak,  nay, 

sumay,  rubob,  tanbuming  imkoniyatlari,  ijro  etish  texnikasi,  musiqa

225



ohanglari,  ulaming  nomlari  va  ta’riflari,  ritm  (iyqa)lar  va  ulaming 

turlari,  maqomlar  va  turlicha  bo‘lgan  ovozlaming  navlari,  ijrochi- 

musiqachi  va  bastakor  hamkorligi  to‘g‘risida  batafsil  maiumotlar 

beradi.  Bu  maiumotlaming  qimmati  shundaki,  al-Xorazmiy  yashagan 

o‘rta  asr  musulmon  Sharq  madaniyatining  gullab-yashnagan  davrida 

musiqa san’atining ahvoli haqida to ia  tasawurga ega boiamiz.

Umuman, 

Abu  Abdulloh  al-Xorazmiy  matematik  bilimlar 

tarkibidagi  arifmetikani  ta’riflar  ekan,  birlik,  o‘nlik,  yuzlik,  minglik 

sonlami  bir-biriga  ko‘paytirish,  birini  ikkinchisiga  boiish,  qo‘shish, 

birini  ikkinchisidan  ayirish  jadvallarini,  agar  bu  boiaklaming  ildizi 

boisa,  ildizini  topish  amallarini  tushuntirib  beradi.  Geometriya,  ya’ni 



«handasa»  so‘zi  -   forscha  boiib,  mndoza»  degan  ma’noni  anglatadi, 

deydi. Olim, handasa ilmi shunday ilmki, uning yordamida biz oichovni 

bilamiz, chiziqlami, qismlar yuzasini vajismlami o‘zaro taqqoslab ko‘ra 

olamiz,  deb  keng ta’riflaydi va teoremalaming fors va yunon tillaridagi 

atamalarini  qiyoslab  sharhlaydi.  Yulduzlar haqidagi  ilm -   astronomiya 

haqida  to‘xtalib,  sobit  yulduzlar  va  ular  orasidagi  12  burj  nomlarini 

birma-bir  keltiradi:  Hamal  (22  martdan),  Savr  (aprel),  Javzo  (may), 

Saraton (iyun),  Asad  (iyul),  Sunbula (avgust), Mezon (sentyabr), Aqrab 

(Oktyabr),  Qavs  (noyabr),  Jad  (dekabr),  Dal  (yanvar),  Hut  (fevral). 

Shuningdek, u Katta Ayiq va Kichik Ayiq (yetti qaroqchi) turkumlariga 

kiradigan  yulduzlaming  yoiini,  osmonda  ro‘para  turishlarini,  ularning 

harakati,  cheklanishlari  va  to‘xtashlarini  ham  aks  ettiradi.  Shu  bilan 

birga  yulduzlar  haqidagi  ilm  arabcha  (Tan-jim»,  yunoncha  esa 

«Astronomiya»  deb  atalishini  izohlab,  planeta  (sayyora)laming 

yoidoshlari va ulami kuzatuvchi asboblar -  usturloblar to‘g‘risida ham 

keng maiumotlar beradi.

Allomaning  ijodiy  merosida  logika  (mantiq)  haqidagi  fikrlari  ham 

alohida  diqqatga  sazovordir.  Mutafakkiming  fikricha,  mantiq  fikrlash 

qonun-qoidalari  haqidagi  fan  boiib,  uning  yordamida  inson  o‘z 

tafakkurini  tarbiyalaydi.  Uning  «harakat  qiluvchi  aql»,  «moddiy  aql», 



«idrok etuvchi aql» haqidagi mantiqiy va pedagogik-psixologik taiimoti 

inson  xulq-atvori  normalarini  qamrab  oladi.  Binobarin,  inson  axloqiy 

xatti-harakatlari  va  xulq-atvorlarining  negizi,  Abdulloh  al-Xorazmiy 

ta’rificha, shaxsning aql bilan amaliy idrok etishidir.

Amal  qiluvchi  aql  o‘z  navbatida  «uyg‘otuvchi»  va  «o'ylovchi» 

kuchlar bilan bogiangandir. Amal qiluvchii aqlning «uyg‘otuvchi» kuch 

bilan  aloqasining  ahamiyati  shundan  iboratki,  amal  qiluvchi  aql  ta’rifi 

ostida  undan  ba’zi  bir  tasawurlar,  chunonchi  uyalish,  or-nomus  kabi



226


tasawurlar yuzaga keladi,  « 0 ‘ylovchi»  kuch  bilan  amal  kiluvchi  inson 

faoliyatining  rejalarini  belgilab  beradi.  Demak,  Abdulloh  al- 

Xorazmiyning flkriga kra,  amal qiluvchi aql insonning yolg‘onchilik, 

z o ‘rayonUk  va  soxtalik  kabi  salbiy  axloqiy  xatti-harakatlariga  ta ’sir 

ko ‘rsatadi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy tabiblik bilan bevosita shug‘ullanmagan 

boisa-da,  uning  tibbiyot  fani  haqidagi  qarashlari  ham  ancha  diqqatga 

sazovordir. Olimning inson tani va a’zolari, har bir a’zoning sogiomligi, 

turli  kasalliklaming  sababini  va  ulaming  paydo  boiish  sharoitlarini, 

a’zolar va organizmga salomatlikni  qaytarish uchun qoilanadigan dori- 

darmonlar,  ulaming  xususiyati  va  foydasini  bilish,  tabiblik  hunarida 

qoilanadigan  barcha  vositalar  va  asboblarni  bilish  tocg‘risidagi 

maiumotlari qiziqarlidir.

«Mafotih  ul-ulum»  asarining  sakkizinchi  bobini  ikki  bo6limi  hayl 



ilmiga, ya ’ni mexanikaga bagishlangan. Olimning ta’rificha, mexanika- 

narsalami  tabiiy  holati  va  ulaming  turli  qismlari  orasidagi  o‘zaro 

munosabatiga  muvofiq  keladigan  sun’iy  buyum-narsalami  yaratish 

maqsadida  ulaming  holatini  o‘rganish  to6g6risidagi  fandir.  Asaming 

birinchi  boiimida  mehvar,  parma  asboblari,  harbiy  qurol-aslahalarini 

yasash  asboblari  va manjaq,  zambarak,  to6p,  zanjir,  o6q-yoy  tayyorlash 

qoidalari  bayon  etilgan  boisa,  ikkinchi  boiimda  esa  suv  quwati  bilan 

ishlaydigan  fawora  charxpalak,  suv  tegirmoni  kabilar  haqida  so‘z 

boradi.  Kimyo  fani  haqidagi  bob  uch  bo6limdan  iborat  boiib,  bu 

boiimlarda  «kimyo»  so6zining  kelib  chiqishi,  kimyo  sanoatida 

ishlatiladigan  asboblaming  nomlari,  turlari  va  ulaming  ishlatilishi 

to6g6risida  qisqacha  tushuntirishlar  berilgan.  Ma’danlar,  javohirlar, 

suyuq moddalar, ulaming kimyoviy xossalari, rangi, ko6rinishi,  ogirligi 

ham ta’riflangan.

Darvoqe, 

Abu 


Abdulloh 

al-Xorazmiy 

asarining 

kimyoga 


bag6ishlangan  bo6limi  materialning  joylanish  tartibi  va  bayon  uslubi 

bilan  Abu  Bakr  Muhammad  ibn  Zakariyo  ar-Roziyniiig  (875-925- 

yillar)  «Kitob  madxal  at-ta’limi»  («Kimyoni  o ‘qitishga  kirish  kitobi» ) 

asarini eslatadi.

Ar-Roziyning  bu  asarida  kimyoviy  asboblaming  tuzilishi  va 

yasalishi,  moddalaming  tasnifi  hamda  ba’zi  kimyoviy  tajribalar  bayon 

qilingan.  Bu  maiumotlar  o6sha  davrdagi  kimyo  fanining  taraqqiyot 

darajasi  haqida  yetarlicha  tasawur  hosil  qilish  imkonini  beradi,  shu 

sababdan  Abdulloh  al-Xorazmiy  tomonidan  qomusiy  asar  yaratish

227



uchun  aynan  «Kitob  madxal  at-ta’limi»  ning  tanlab  olinishi  tasodifiy 

emas, albatta.

Shuningdek,  yana  bir  xorazmlik  kimyogar  olim  Abul  Hakim 

Muhammad  ibn Abdul Malik Al-Solihiy  al-Xorazmiy  al-Qosiy  ham ar- 

Roziy  va  Abdulloh  al-Xorazmiyning  yuqorida  zikr  etilgan  asaridan 

ta’sirlangan  holda  faqat  o‘z  kuzatishlari  va  tajribalari  natijalariga 

suyangan  holda  1034-yilda  «Ayn  assan’a  va  aun  as-sana’a»  («Al- 


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish