qo‘zg ‘ovchisi tovushlardir. Havo ularni kishiga yetkazadi. Hid bilishni
qo‘zg ‘atuvchi hidlar havo orqali burun teshiklariga boradi...» Shu
tariqa Beruniy sezgi organlarining fiziologik asoslarini ochib, ulaming
narsalarai idrok etishdagi ahamiyatini ifodalab beradi. Nazariy bilish
hissiy bilishga asosianishini isbotlar ekan, agar sezgi, hissiyot boimasa,
bilish ham boimas edi, degan xulosaga keladi.
Beruniy inson tashqi olamni bilishda asosan aqlga tayanishini va
shu bilan yer yuzidagi barcha mavjudotlardan ustun turishini uqtiradi.
Olimning fikricha, aql hodisalaming sirini anglashga yordam beradi.
Inson aqlga muvofiq, bilish orqali olamning mohiyati haqidagi
bilimlami o‘zlashtiradi. Lekin bilimning cheki yo‘q va hamma
bilimlami birdan egallash mumkin emas. Shuning uchun inson o‘zi bilib
olgan narsalar bilan kifoyalanib qolmay, doimo yangi bilimlami
o‘rganishga intilishi kerak.
Beruniy insonning tabiati haqida so‘z yuritar ekan, «Odam tabiati
jihatidan bir-biriga zid a’zolar qo‘shilmasidan tarkib topgan murakkab
tanaga ega...» va shu boisdan «uning holati o‘z xarakteriga ko‘ra xilma-
xil va turli-tuman boiadi». Bu tafovut «ular mijozlarining, tabiiy
xususiyatlari va hokazolaming ziddiyatli boiishi tufayli ulaming his
etish-sezishlari zamirida yotadi»,— deb yozadi. Bundan ko‘ramizki,
olim insonning tabiati to‘g‘risida fikr yuritganda, u inson xatti-
harakatining axloqiy sabablari asoslarini insonning o‘zidan qidirgan,
o‘zidan oldin o‘tgan mutafakkirlar kabi shaxsning tabiatidan keltirib
chiqargan.
Maiumki, qadimgi yunon mutafakkirlari «inson tanasida to‘rt xil
suyuqlik modda: qon, shilimshiq safro va qora safro mavjud boiib,
mijoz ana shu suyuqliklarga bogiiq deb tushunganlar. Ushbu
moddalardan biri odamda ko‘proq boiib, ustunlikda boisa, muayyan
mijoz turini belgilaydi. Beruniy bu fikmi e’tirof etgan holda, kishilarda
muayyan mijoz turining vujudga kelishini iqlim sharoitiga bogiiq deb
hisoblagan. U ekvatorda yashaydigan odamlarning mijozi muvozanatli
boiadi degan fikrga e’tiroz bildirib, haddan tashqari issiqda rangi,
sochlari, tovushi va aqli bilan farqlanib turadigan mazkur odamlaming
mijozi muvozanatli boiishi mumkin emas, deydi.
Psixologiya fanining hozirgi kundagi yutuqlari nuqtayi nazaridan
inson tanasida to‘rt xil suyuqlikni mavjudligi haqidagi taiimotning
noto‘g‘riligini isbotlash qiyin emas, albatta. Lekin shunga qaramay,
mijozning mohiyatini inson organlari ichidagi fiziologik o‘zgarishlar
216
orqali tushuntirishga urinishning ziyoq Beruniy yashagan davr uchun
katta ahamiyatga ega edi.
Beruniy psixologik taiimotining muhim jihatlaridan biri shuki, u
oliyjanoblikni kishining mijozi bilan belgilanadigan shunehaki
psixologik xususiyat emasligiga, oliyjanoblik kishining axloqiy xatti-
harakatlari va ezgu ishlari natijasida vujudga kelishiga qattiq ishongan.
Shuningdek, u tashqi olamni ijodiy ysinda anglashning bir shakli
xayolga bogiiqligiga, xayolning xotirada saqlangan obrazlami
o‘zgartirish, qayta ishlashdan iborat vazifasiga katta ahamiyat berdi.
Uning taiddlashicha, xotira yordamida eslab qolish, esda saqlash, qayta
tiklash va bilib olish jarayonlari ro‘y beradi. Bemniy «Saydana
(«Farmakognoziya») nomli asarida «xotira dalillar bilan ifodalangan
narsalami yaxshi qamrab oladi, tez va oson eslab qoladi» deydi.
Bemniyning xotira ilgari o‘tgan voqealami bilib olish va ongda
qayta tiklashni ta’minlashi bilan inson ruhiy faoliyatining ajralmas qismi
ekani haqidagi flkrlari hozirgi zamon psixologiya fanidagi xotiraning
vazifasi va ahamiyati to6g‘risidagi tushunchaga aynan muvofiqdir.
Bemniy psixologiya masalalarini bilish faqat tarbiyachi, o‘qituvchi
va ota-onalar uchungina emas, balki munajjimlar uehun ham zamrligini
uqtiradi. Buning sababini esa munajjim o‘z oldiga kelgan kishining
so6zlaridagi va xarakteridagi har bir faktni hisobga olishi, shundan
keyingina psixologik tajriba va hayotiy bilim asosida to‘g‘ri mantiqiy
xulosa chiqarishi kerak, deb izohlaydi. Shubhasizki, Beruniyning o‘zi
ham o‘tkir zehnliligi, ko‘p masalalar xususida bashoratli so‘zlarni
aytishi bilan shuhrat qozongan.
Xullas, Abu Rayhon Bemniy o‘z asarlarini mol-davlat orttirish va
soxta shuhrat uchun emas, balki ilmu fanga sidqidildan xizmat qilish,
dunyp sirlarini ochish, haqiqat tantanasi va yosh avlod kamoloti uchun
yozgan edi. Uning ilm-fanning jamiyat taraqqiyoti va inson
kamolotidagi ahamiyati to‘g‘risidagi bebaho fikr-mulohazalari, ma’rifiy-
pedagogik va psixologik g‘oyalari juda katta nazariy va amaliy
ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davrining eng mashhur mutafakkiri
Abu Ali al-Husayn ibn Ahdulloh ibn Sino (980-1037) falsafa, tabobat,
tabiatshunoslik, falakiyot, tilshunoslik, mantiq, adabiyot, pedagogika,
psixologiya, fiziologiya, fiqh, musiqa kabi fan sohalariga bagishlab 450
dan ziyod yozgan asarlari bilan jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa
Do'stlaringiz bilan baham: