Tuzalish usuliga ko`ra balanslar netto va brutto balanslarga bo`linadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z mablag'larining to'liqligini ta'minlash bilan birga xo'jalik faoliyatidagi o'zgarishlarni mablag'lar holatiga ta'sirini ham nazorat qilib borishi kerak.
Mablag'lar holatidagi har bir o'zgarish mulk egasini u yoki bu mablag'ga bo'lgan ehtiyojini aniqlash imkonini beradi. Xo'jalik faoliyati davomida amalga oshirilgan har bir operatsiya, o'z navbatida, mablag'lar holatiga o'z ta'sirini o'tkazib boradi. Buxgalteriya balansida shunday o'zgarishlar amalga oshiriladiki, ular bir vaqtda mablag'larning joylanishi va tashkil topish manbalarining o'zgarishiga olib kelsa, ikkinchi bir o'zgarish bir turli mablag'larni o'zgarishi bilan namoyon bo'ladi.
Buxgalteriya balansida xo'jalik operatsiyalari ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlarni aniqlashdan asosiy maqsad birinchidan, mablag'lar to'liqligini nazorat qilish bo'lsa,
ikkinchidan, ularni turlari bo'yicha mulk egasini xabardor qilishdir.
Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxona, tashkilot, muassasa O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunlarga asosan choraklik, yillik buxgalteriya hisobotini tuzadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil topgan korxonalar yillik moliyaviy hisobot topshiradilar. Choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997- yil 15- yanvardagi 5-son buyrug'ida korxonalarning choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllarini to'lg'azish tartibi belgilangan.
Hisobotlar quyidagi shakllardan iborat.
Yillik hisobot uchun:
„Buxgalteriya balansi" shakli.
„Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot" shakli.
2a. „Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lu- motnoma" shakli.
„Asosiy vositalarning harakati haqidagi hisobot" shakli.
„Pul oqimlari haqidagi hisobot" shakli.
„Xususiy kapital haqidagi hisobot" shakli.
Hisobotga doir tushuntirishlar.
Yarim yillik hisobot uchun:
„Buxgalteriya balansi" shakli.
„Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotlar" shakli.
2a. „Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lu-
motnoma" shakli.
„Pul oqimlari haqidagi hisobot" shakli.
Choraklik hisobot uchun:
„Buxgalteriya balansi" shakli.
„Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotlar" shakli.
2a. „Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lu-
motnoma" shakli.
Korxonalarning (kichik korxonalardan tashqari) yillik buxgalteriya hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinadi. Unda hisobot yilida korxona faoliyati pirovard natijalariga ta'sir qiluvchi asosiy omillar, korxona moliyaviy holati hamda korxona yillik hisoboti muhokamasi bo'yicha qabul qilingan qaror va sof foydani taqsimlashi o'z aksini topadi.
Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisoboti haqidagi Nizomga asosan vazirlik o'z tuzilmasidagi korxonalar uchun Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobotining maxsus shakllarini yuritishlari mumkin.
Korxonalar (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik buxgalteriya hisobotini quyidagi tashkilotlarga topshiradilar.
1. Mulk egalariga (davlat mulkini boshqarish topshi- rilgan tashkilotlarga, qatnashchilarga, tashkilotchilarga tashkil qilish hujjatlariga asosan).
1.Mahalliy davlat soliq nazorati tashkilotiga.
Mahalliy davlat statistikasi tashkilotiga.
Kredit shartnomalariga asosan bank tashkilotiga.
Amaldagi qonunlar bo'yicha korxona faoliyatining alohida tomonlarini tekshirish va kerakli hisobotlarni olish yuklatilgan boshqa davlat tashkilotlariga (bunday tashkilot- larga, jumladan, budjet ajratmalari hisobiga korxona xarajatlarini moliyalashtiruvchi moliya tashkilotlari kiradi).
Chet el investitsiyasi ishtirokida tuzilgan korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini korxonaning bir ishtirokchisi (mulk egasi)ga, tashkil qilish hujjatlarida ko'rsatilgan tartib bo'yicha davlat soliq nazorati tashkilotiga (korxona joylashgan shahardagi), davlat statistika tashkilotiga (korxona joylashgan shahardagi) taqdim qiladi.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda qat- nashuvchilar bilan kelishilgan holda kerakli nazoratni amalga oshirish uchun hisobotlarga qo'shimcha ma'lumotlar kiritilishi mumkin.
O'zining sho'ba korxonalariga ega bo'lgan korxonalar ushbu buxgalteriya hisobotlari bilan birga korxonalar hisobotlarini o'z ichiga oluvchi yig'ma hisobotni ham taqdim qiladilar.
Korxonalarning yillik buxgalteriya hisoboti yuqorida sanab o'tilgan tashkilotlarga taqdim qilingungacha tashkil qilish hujjatlarida belgilangan tartib bo'yicha ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Xo'jalik faoliyati yakunlari haqidagi yillik buxgalteriya hisobotini qiziquvchi tashkilotlar (birjalar, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va boshqalar) uchun ochiq e'lon qilish mumkin.
E'lon qilinadigan hisobotning ishonchliligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisoboti shakllarida keltirilgan ko'rsatkichlar korxonada yo'qligi tufayli ular ustidan chizib qo'- yiladi.
Choraklik, yillik hisobot tuzishda mulk shaklidan qat'I nazar, davlat manfaatlariga rioya etish, xalqaro standartlarga rioya etish, amaldagi qonun va farmonlarni bajarish bilan birga buxgalteriya hisobi va hisoboti to'g'risidagi yo'riq- nomalarga to'liq rioya qilish talab qilinadi.
Korxona balansida o'z ifodasini topgan mablag'lar va ularning manbalari yo'qlamadan o'tkazilgan bo'lishi kerak. Buning uchun korxona va tashkilotlardagi tovarlar va moddiy boyliklarni yo'qlama qilish va natijalarini aniqlash jadvalini to'liq bajarish kerak. Yillik va choraklik hisobotda tegishli buxgalteriya hisobidagi yozuvlarga maxsus dalolatnomasi tegishli bo'lgan korxonalar bilan o'zaro hisob-kitoblarning to'g'riligini tasdiqlovchi muqobil dalolatnomalar, tushuntirish xati ko'rsatiladi.
Yillik, choraklik hisobotni tuzish va topshirish mud- datlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv tomonlarining har bir bo'limi turlicha manbalarni o'z ichiga oladi va pul o'lchov birligida ko'rsatiladi.
Misol uchun, buxgalteriya balansi aktiv tomonining birinchi bo'limidagi moddalarni ko'rib chiqaylik. Birinchi bo'limga asosiy vositalar (boshlang'ich qiymatda), asosiy vositalarning eskirish va ularning qoldiq qiymati, nomoddiy aktivlar, sho'ba korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiyalar va boshqalar o'z ifodasini topgan.
Buxgalteriya balansini tuzish uchun asosiy ma'lu- motlar bevosita schotlardan olinadi. Hisobot davrining oxirida har bir schotning oxirgi, ya'ni hisobot davri bo'yicha qoldig'i aniqlanadi, ana shu qoldiq buxgalteriya balansining tegishli moddalarida o'z ifodasini topadi. Fikrimizning isboti sifatida quyidagi misolni ko'rib chiqamiz.
Hisobot davrining «Asosiy vositalar» schotining qoldig'i 1.01.200 yil holatiga _ 150000 so'm.
Asosiy vositalarning eskirish schotining 1.01.200
yil qoldig'i _ 40000 so'm.
51
Yanvar oyida 30000 so'mlik asosiy vosita dalo- latnomaga asosan qabul qilindi.
Qabul qilingan asosiy vositalarga oylik eskirish summasi hisoblanadi — 1500 so'm.
Misolimizdan kelib chiqqan holda 1- chorak buxgalteriya balansida asosiy vositalar moddasi bo'yicha aks ettiriladigan summani aniqlab, ya'ni buxgalteriya schotlarida tegishli yozuvlarni berib aniqlaymiz. Buning uchun hisobot davrida qabul qilingan asosiy vositalarga debet «Asosiy vositalar» schoti — 30000 so'm kredit. Eskirish summasiga debet «Davr xarajatlari» kredit «Asosiy vositalarning eskirish» schoti yozuvi beriladi.
Buxgalteriya hisobi schotlar chizmasida quyidagicha ko'rsatiladi:
Buxgalteriya hisobi schotlarida o'z ifodasini topgan ma'lumotlar (summalar) hisobot davrining oxiriga har bir schot bo'yicha alohida-alohida hisoblanib, uning hisobot davridagi oylik aylanishi, oy oxiriga qoldig'i aniqlanadi. Ya'ni har bir schot bo'yicha yuritiladigan jurnal-orderdagi yozuvlar tartibga olinib, qoldig'i ko'rsatiladi. Buxgalteriya balansini hisobot davri uchun tuzish tegishli tayyorgarlik ishlaridan boshlanadi. Bunday tayyorgarlik vaqtida sintetik va analitik schotlardan yozuvlarni bir-biri bilan taqqoslash, to'g'riligini aniqlash, oylik aylanishlarini har bir schot bo'yicha hisoblab, hisobot davri oxiriga qoldiqlarni aniqlash, hisobot davridagi aylanish va qoldiqlarni bosh daftarda aks ettirish ishlari bajariladi.
Bosh daftar har bir buxgalteriya schoti bo'yicha yuritiladi, unda har bir schotning oylik aylanishi qoldig'i o'zaro schotlarning debet aylanishi bo'yicha ko'rsatiladi, kredit aylanishi umumiy summada tegishli jurnal-orderdan olinadi.
Korxonalarning xo'jalik faoliyatini o'zida aks ettirgan buxgalteriya schotlari bosh daftarda o'z aksini topgandan so'ng bosh daftar bo'yicha ham har bir schotning hisobot davridagi aylanishi schotning debet-kredit aylanishi qoldig'i ko'rsatiladi va hisobot davri bo'yicha jami bosh daftardagi aylanish, qoldiq aniqlanib, balans tuzish uchun to'liq ma'lumot yig'iladi. Bosh daftarga jami aylanish, qoldiq har oylik ko'rsatkichlari bilan yozilib yuriladi. Bosh daftardagi yozuvlar bevosita xo'jalik faoliyati bilan muammolarni, ya'ni ikki yoqlama buxgalteriya yozuvlari bilan asoslangan muammolarni o'zida ifoda etadi.
Buxgalteriya balansida ko'rsatilgan ma'lumotlar hisobotga yozilgan tushuntirish xatlarida chuqur va har tomonlama tahlil qilinib, korxona xo'jalik faoliyatiga ta'sir qilgan omillarga va mablag'lar holatiga baho beriladi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan Nizomga asosan tuzilgan balans yuqori tashkilotga topshiriladi. Agar yillik buxgalteriya balansi vazirlikka topshiriladigan bo'lsa, u holda vazirlik yillik buxgalteriya balansini topshirish muddatlarini belgilab beradi. Yillik buxgalteriya balansini belgilangan muddatlarda topshirilishini ta'minlash bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |